1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet65/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Ahmad al-Farg‘oniy. Bayt ul-hikma”da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy (797–865). U Farg‘ona vodiysining Quva shahrida tavallud
topgani uchun ⦁ Sharqda Al-Farg‘oniy, ⦁ Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U astronomiya, matematika va geografya fanlari bilan shug‘ullandi. Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832–833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar­Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasi uzunligini o‘lchashda qatnashdi.
861-yilda al-Farg‘oniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini belgilaydiganMiqyos an-Nil” inshooti va uning darajoti qayta tiklandi.
Bizning davrimizgacha Ahmad al-Farg‘oniyning sakkiz asari saqlangan bo‘lib, ular orasida Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujumkitobi ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Yevropada mashhur bo‘lgan alloma nomi XVI asrda Oydagi kraterlardan biriga berilgan.



* O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.

Islom Karimovning 2014-yil 16-mayda Samarqandda bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi so‘zlagan nutqidan.


Mustaqillik yillarida Ahmad al-Farg‘oniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. 1998-yil oktabrda alloma Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. Farg‘ona shahrida al-Farg‘oniy nomi bilan bog‘ yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish