1-§. Diyorimiz jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri siz ushbu darslikda iv–xv asrlar



Download 0,58 Mb.
bet49/110
Sana26.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#473087
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
Bog'liq
7-SINF O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA KITOB

Sirdaryo (Sayhun) havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari, Amudaryo (Jayhun) o‘rta oqimining o‘ng sohilidagi viloyatlar zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni Xorazmshohlar davlatining markaziy qismi – Xorazmga tashlaydi.
Urganch qamali. 1221-yilning boshlarida Chingizxon qo‘shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Xorazmshohlar poytaxtida xorazmliklarning 110000 nafar qo‘shini turardi. Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining
ustunligiga qaramay o‘z ona shahrini yetti oy mudofaa qiladilar. Jaloliddin Maguberdi va Temur Malik singari sarkardalar xalq qasoskorlari bilan bir safda jang qildilar. Bu janglarda zamonining buyuk allomasi shayx Najmiddin Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy o‘z do‘st-u shogirdlari va izdoshlari bilan ishtirok etadi. U o‘z muridlarini yovga qarshi kurashga ilhomlantirib turdi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan “Yo Vatan, yo sharofatli o‘lim” deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko‘cha-ko‘y, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har bir xonadon janggohga aylanadi. Ko‘cha janglarida minglab mo‘g‘ul askarlari halok bo‘ldi. Mo‘g‘ullar to shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar.
Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a’yonlari, barcha yor-u do‘stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan. Ammo shayx Chingizxon taklifni rad qilib, “shu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!” degan ekan. Oqibat son jihatidan teng bo‘lmagan dushman bilan olib borilgan shiddatli jangda og‘ir yaralangan Najmiddin Kubro o‘lim oldida tig‘ tutgan mo‘g‘ul sarboziga tashlanib, qahramonlarcha halok bo‘ladi. Jangchi mo‘gullar jonsiz shayx qo‘lidan bayroqni tortib ololmaydilar.
Mo‘g‘ullar hiyla ishlatib ham ko‘rdilar. Bir cho‘ponga 100-150 qo‘y, echki berib, shahar darvozasi yonidan haydab o‘tishni buyuradilar. O‘zlari pistirmada turadilar. Och qolgan aholi darvozadan chiqib suruv ketidan quvib ketadilar. Shahardan ancha uzoqlashib qolganlarida mo‘g‘ullar ularga hujum qiladilar. Yuz mingga yaqin odam qatl etildi. Mo‘g‘ullar qolgan aholini quvib kelib shaharga kirib jang qiladilar. Biroq shahar himoyachilari mo‘g‘ullarni shahardan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ladilar. Keyinchalik ilojsizlikdan holi tang bo‘lib, taslim bo‘lgan Urganch bosqinchilar tomonidan talon-toroj qilinadi. Yuz ming nafar san’at, hunar arboblarini, yosh bolalar va ayollarni ajratib olib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natadilar. Qolgan xalqni shahardan haydab chiqib, askarlarga 24 nafardan bo‘lib berdilar. Mo‘g‘ul jangchilari yuz ming nafardan ziyod edi. Shaharning bosh ihota to‘g‘oni buzib yuboriladi. Urganchni suv bosib vayron bo‘ladi.

Najmiddin Kubro (1145–1221) – ulug‘ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi. Uning taxallusi “dinning ulug‘ yulduzi” ma’nosini beradi. Kubroning karomat ko‘rsatish, voqealarni oldindan bilishi, o‘tkir nazari bilan ta’sir eta olish xislatiga ega inson bo‘lganligi haqida rivoyatlar tarqalgan. Keksa shayx va donishmand insonning mo‘g‘ullarga qarshi jangdagi qahramonligi, jasorati avlodlarga ibrat bo‘lib qoldi. Kubro shaxsi va uning merosi O‘zbеkistоndа mustаqillik tufаyli o‘rgаnilа bоshlаndi. 1995 yildа O‘zbekistonda Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi nishonlandi





Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish