Mavzuni mustahkamlash va yakunlash :
Bu bosqichda o’quvchilarga darslikdagi savollar bilan murojaat qilish yoki darslikdagi amalliy topshiriqni bajarishni topshirish mumkin.
Uyga vazifa :
Bunda o’quvchilarga quyidagi shakldagi vazifa topshirish mumkin:
Darslikdagi 7 - topshiriq.
Halqa rasmini faylga saqlash, shu fayldan foydalanib olimpiada nisjonini hosil qilish uchun bajarish kerak bo’lgan amallar ketma - ketligini yozish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor muovini: ___________ sana _____________
14 – dars Paintda amalliy vazifalar bajarish
Dars maqsadi :
O’quvchilarda Paint dasturi va sichqonchadan foydalana olish ko’nikmasini hosil qilish.
Asosiy tushunchalar :
Menyular, uskunalar paneli, palitra, matn joylashtirish, nushalash, joylashtirish, burish, akslantirish, saqlash, fonni o’zgartirish, birlashtirish.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi ishga tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |