Mavzuni boshlashga hozirlik:
Infarmatika darsligi. Infarmatikadan 5 – sinf elektron darsligi va mavzuga mos electron qollanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. PAINT dasturi ishga tayyorlanadi.
Mavzuni yoritish :
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi shaklida olib boriladi.
PAINT dasturi menyularidan foydalanib rasm qismini faylga saqlash, fayldan olib qo’yish, fonni o’zgartirish kabi amallarni bajarish darslikdagi mashqlar orqali ko’rsatiladi.
O’quvchilar grafik muharrir yordamida avval hosil qilingan tasvirlar ustida amallar bajaradilar. Masalan: rasm qismini faylga saqlash, fayldan olib qo’yish, fonni o’zgartirish.
Darsning ko’p qismi amaliy vazifalar bajarishga qaratilgan bo’lishi, o’quvchilarning darslikdagi amallarni o’zlar i mustaqilbajarib ko’rishlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |