O‘lchov vositalarini kalibrlash
Ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda
qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizasiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditasiya
qilingan metrologiya xizmatlariga, akkreditasiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga) berilishi mumkin.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun akkreditasiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini kalibrlash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslarni metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditasiya qilish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiѐtlarining metrologik attestasiyasini o‘tkazish, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, sinash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslarni akkreditasiya qilish belgilangan tartibda «O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiѐtlarining metrologik attestasiyasini, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazishni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditasiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyatining inspeksiya nazorati belgilangan tartibda O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |