2. O‘LCHAM BIRLIKLARI, ULARNI QAYTA HOSIL QILISH VA QO‘LLASH
O‘lcham birliklari O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. O‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni ѐzish va qo‘llash qoidalari «O‘zstandart» agentligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro o‘lchamlar tizimiga
kiritilmagan o‘lchamlarni qo‘llashga ruxsat berishi mumkin. Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida kontrakt shartlariga muvofiq o‘lchamlarning o‘zga birliklari ham ishlatilishi mumkin.
O‘lchamlar birliklarining etalonlari O‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayѐrlanadi.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi.
O‘lchov vositalari va sinov vositalari Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari va sinov vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.
Texnika vositalarini o‘lchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi.
O‘lchovlarni bajarish uslubiѐtlari O‘lchovlarni bajarish uslubiѐtlari o‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestasiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiѐtlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
O‘lchovlarni bajarish uslubiѐtlarini ishlab chiqish va metrologik attestasiya qilish tartibini «O‘zstandart» agentligi belgilaydi.
3.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING METROLOGIYA XIZMATLARI O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
«O‘zstandart» agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi.
Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi.