1- reja fungsiya haqida
Funksiya (lotincha: functio — „bajarish“, „amalga oshirish“) (tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlarida uning birliklari oʻrtasidagi bogʻliqlik yoki munosabatlar. Til birligi funksiyasini belgilash uning muayyan til (til tizimi)dagi rolini aniqlashni koʻzda tutadi, mas, gapda kommunikativ (biror narsa, voqea haqida xabar berish) va nominativ (ushbu voqeani atash) funksiyalar ajratilishi mumkin. Har bir til birligi maʼlum maqsad uchun xizmat qiladi, yaʼni muayayn funksiyani (vazifani) bajaradi, shuning uchungina boshqa til birligidan farq kilgan holda mavjud boʻladi. Til birliklarining koʻplab funksiyalari — oʻxshatish, ajratish, farqlash funksiyalari ajratiladi; ana shu funksiyalarga muvofiq ravishda til birliklarining oʻzlari ham farqlanadi, ajratiladi. Mac, fonema turli soʻz va morfemalarni farklash yoki ular orasiga chegara qoʻyish uchun xizmat qiladi.
Funksiyalar nafaqat til birliklarini, balki tilning oʻzini tizim sifatida tavsiflashda ham oʻrganiladi. Tilning asosiy funksiyalari: kommunikativ (muomala, aloqa qilish funksiyasi), bilish, aks ettirish, shakllantirish, aloqa oʻrnatish, nominativ (borlikdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash), ekspressiv (ifoda, bayon funksiyasi), apellyativ (murojaat, undash, daʼvat funksiyasi) va boshqa Til funksiyalari qatorida uning sathiy funksiyalari — fonologik, morfologik va boshqa funksiyalari ham koʻrsatiladi. Funksional nuqtai nazardan til tizimi koʻp oʻlchovli tuzilma boʻlib, uning namoyon boʻlish shakllari (ogʻzaki va yozma til), ijtimoiy maqsadvazifasi (adabiy til, ijtimoiy guruxlar tillari, argo va boshqalar), estetik yunalganligi (poetik til) va boshqa jihatlari farklanadi.
2- koordinatalar haqida
K oordinatalar (lotincha: co — „birgalikda“, ordinatus — „tartiblangan“, „aniqlangan“) — nuqtaning toʻgʻri chiziq, tekislik, fazo va turli yuzalardagi holatini aniqlovchi sonlar. Masalan, geografiyada maʼlum nuqta joylashgan kenglik va uzunlikni koʻrsatuvchi sonlar (qarang: Geografik koordinatalar); astronomiyada yoritqichning osmon sferasidagi holatini belgilovchi sonlar. Nuqtaning koordinatalari biror koordinata sistemasida aniqlanadi. Masalan, bir nuqtadan oʻtuvchi oʻzaro tik uch toʻgʻri chiziq fazoda koordinatalar sistemasini tashqil qiladi. Bunda nuqtaning koordinatalari , , boʻladi (qarang: Dekart koordinatalar tizimi)
Do'stlaringiz bilan baham: |