Iqtisodiy munosabatlar, xo'jalik faoliyati
O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati o z davn talabi darajasida bo'lib, ko'p sonli savdo-sanoat jamiyatlari, banklar, firmalar, birjalar faoliyati bilan qamrab olingan edi. Ular paxta xom asliyosi-ni sotib olish, uni tozalasli, tolasini Rossiya to'qimachilik korxonalariga yetkazish bilan shug'ullanganlar. Xuddi shuningdek, pilla, jun, teri, qorako'l terisi, quruq meva-lar tayyorlanib, Rossiyaga jo'natilgan. Neft, tosliko'mirkonlari, temir yo'lning faoliyati ham mana shundayjarayonga yo'naltirilgan edi. 1917-yili Turkiston o'lkasida 270 ta paxta tozalasli zavodi bo'lib, ulardagi ishchilar soni 10849 kishini taslikil qilardi. Bularning ko'pchiligiFarg'ona viloyatida edi. Shuningdek, o'lkada tog' sanoati, pillakaslilik, ko'nchilik, spirtli ichimliklar va pivo,sovun, cho'yan eritish korxonalari, g'isht zavodlari —jami 300 ga yaqin korxonalar bo'lgan.
Qishloq aholisi paxtachilik, pillachilik, bog'dorchilik,chorvachilik bilan shug'ullangan. Buxoroning qorako'l terilari jahonga maslihur bo'lgan. Turkistonning uchta viloyatida paxta maydoni 466 ming desyatinaga borib yetdi, buning eng ko'pi — 226 ming desyatina yer Farg'ona viloyatiga to'g'ri keldi.
Turkistonda hunarmandchilik keng yoyilgan joylarToslikent, Samarqand, Andijon, Qo'qon, Namangan, Marg'ilon shaharlari, Chust va boshqa aholi yasliaydiganmarkazlar edi. O'lkada, umuman, O'zbekiston hududida hunarmandchilik an'yanalari uzoq vaqtlardan davometib kelgan, bunda ishlab chiqarilgan ko'pgina hunarmandchilik buyumlari sifat va ko'rinish jihatidan san'at asarlari darajasida bo'lgan. Shuning uchun qator mahsulotlar, chunonchi, Chust qilich, xanjar, pichoqlari, Marg'ilon atlaslari, tilla baldoq va taqinchoqlar, zardo'zlikbuyumlari chet ellarga olib ketilgan, ajnabiy tujjorlar uchun xaridorgir bo'lib kelgan.
O'zbekistonning icliki savdosi, uning tarkibiy qismlari o'rtasida iqtisodiy aloqalar ham avj oldi. Bunda temir yo'lning ahamiyati tobora kuchaydi. Hunar-mandchilik, joylarning muayyan mollar ishlab chiqarish-ga ixtisoslasliuvi kengayib bordi. Hunarmand-kosiblar uy-ro'zg'or jig'ozlari, xo'jalik mollari, mehnat vositalari,kiyim-kechak, oziq-ovqatlar, bayramona mollar va zeb-ziynat taqinchoqlarini ishlab chiqib va yasab bozorga chiqarar edilar. Farg'ona vodiysida to'qilgan turli xilmatolar, xususan, xonatlas, yasalgan asl pichoqlar, tikilgan do'ppilar chiroyi va sifati bilan ajralib turardi.Buxoro yagona zardo'zlik markazi bo'lib dong taratdi.
Chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar jarayonidaO'zbekiston hududida yangi mollar, ya'ni gazlamalar,metall, tikuv masliinalari, shuningdek, yog'och-taxta,g'alla keltirish yo'lga qo'yildi. Bu yerdan esa ba'zi hunarmandchilik mahsulotlari, paxta tolasi, pilla, qorako'lteri, quritilgan mevalar chet el bozorlariga olib borib sotilgan. O'zbek savdogarlari Eron, Afg'oniston, Qasli-g'ar, Hindiston va boshqa davlatlar bilan aloqa qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |