Turkistonda bolshevistikdiktatura va uning mohiyati
Musbyuroga «Ishtirokiyun» (hozirgi «O'zbekistonovozi») gazetasiga muharrirlik qilish vazifasi ham topshirildi.
Musulmonlar byurosi atigi 10 oy davom etgan faoli-yati davrida o'lka miqyosida musulmon kommunistiktaslikilotlari faoliyatini yo'lga qo'yishga, katta taslikiliyishlarni amalga oshirishga erishdi. U Turkistondagi tubxalqlarning manfaatlarini himoya qilishga qattiq kirishgan edi.
Turkiston respublikasidagibolshevistik rahbariyat o'rta-sida hokimiyat uchun o'zarokurasli qizib ketdi. Guruh-bozliklar, mojarolar va janjallar avjga chiqdi. 1918-yiloktabr oyida F.Kolesov, I.Tobolin, A.Solkin va boshqa«eski kommunistlar» o'z vazifalaridan chetlaslitirildi.
1918-yil oktabrda bo'lib o'tgan sovetlarning fav-qulodda VI s'yezdida RSFSR Konstitutsiyasi asosidaTurkiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.Konstitutsiyaga ko'ra, mudofaa, tasliqi aloqalar, pochta-telegraf, dengiz ishlari, temir yo'llar, bojxona, savdo-sotiq, sanoat va moliya masalalari kabi davlatchilikning muhim shakllari Rossiya federal hukumati boshqaruvida qoldirildi.
Shunday qilib, Turkistondagi siyosiy hukmronlik,birinchidan, o'lkada «sovetcha andozadagi avtono-miya»ning o'rnatilishi bilan yo'lga qo'yilgan bo'lsa, bujarayonning ikkinchi bosqichi, davlat boshqaruvi asosiyfunksiyalarining federal hukumatga topshirilishini konstitutsiya yo'li bilan «qonuniy« rasmiylaslitirilishi bo'ldi.
1919-yil 19-yanvarda harbiy komissar K.Osipovboshchiligida isyon ko'tarildi. Ular 14 komissarni otibtaslilaslidi. K.Osipovning xalqqa qilgan murojaatidako'plab va'dalar berilganligiga qaramay, tub aholi betarafqoldi. Biroq isyon tezda Toslikent temir yo'l ustaxonalariishchilari va boshqa kuchlar tomonidan bostirildi.Osipov Farg'ona vodiysiga qochib ketdi. To'ntarishgabo'lgan urinish yangi qatag'on va terror usullariningpaydo bo'lshiga olib keldi.
O'lka bolsheviklari 1919-yil mart oyi boshida so'l eserlarni hukumatdan siqib chiqardilar. Turkiston MIKva XKS tarkibi nuqul kommunistlardan iborat qilib tuzildi.
Markaz bolsheviklari Turkistonning siyosiy va iqti-sodiy qaramligini huquqiy yo'l bilan «qonuniy» mus-talikamlagach, o'lkani boshqarish uchun Markaz man-faatlarining so'zsiz ijrochisi bo'lgan o'z emissarlarinijo'nata boshladi. Turkiston bilan Markaz vaqtinchalik bog'lanib turgan qisqa muddat ichida (1919-yil yanvar-aprel) Kreml hukumati bu yerga ana shunday emissarlaryuborishni muntazam yo'lga qo'ydi.
1919-yil 12-fevralda RKP(b) MK va RSFSR XKS-ning Turkiston ishlari bilan shug'ullanuvchi alohidamuvaqqat komissiyasi (raisi — Sh.Z.Eliava) tuzildi. Ko-missiya a'zolaridan P.Kobozev boshchiligidagi bir guruhxodimlar 4-mart kuni Toslikentga yetib kelishdi.Kobozev sovetlarning favqulodda VII s'yezdida (1919-yilmart) shunday da'vo qilgan edi: «RSFSR hukumatiningqabul qilgan har bir qonuni MIK tomonidan Turkistonda so'zsiz amalga oshirilishi shart».
Markazdan kelgan bolsheviklar bilan Turkiston dagisovet amaldorlari o'rtasida hokimiyat uchun kurasli qay-tadan avj olib ketdi. Bu holat, xususan, sovetlarning VIIIs'yezdida (1919-yil 6-sentabr — 3-oktabr) yaqqolnamoyon bo'ldi. A.Kazakov boshchiligidagi TurkistonMIK raisi bilan Markaz vakili P.Kobozev o'rtasidahokimiyat uchun bo'lgan kuraslida Kobozev zo'rg'ag'olib chiqdi. Tub xalqlarga nisbatan shovinistik muno-sabatini oslikora namoyish qilgan A.Kazakov va o'rin-bosari Uspenskiy, ularning hamtovoqlari o'z lavozimlaridan olib taslilandi. A. Kobozev Turkiston MIK ningyangi raisi I.Apinga mustamlakachilik siyosatini o'tanoziklik bilan yuritish, tub xalqlarning manfaatlarigaoslikora qarshi chiqmaslik xususida ko'rsatmalar berdi.
Turkiston o't-olov ichida yonayotgan bir paytda—1919-yil 8-oktabrda V.I.Lenin buyrug'i bilan butun Ros-siya MIK va RSFSR XKS ning Turkiston ishlari bo'yi-cha komissiyasi — Turkkomissiya (raisi — Sh.Z.Eliava) tuzildi. 1919-yil 4-noyabrda Eliava, V.Kuybishev,F.Goloshchekin, Ya.Rudzutakdan iborat tarkibdagi
Turkkomissiya Toslikentga yetib keldi. M.Frunze vaG.Bokiy keyinchalik bu yerga kelishdi. Turkkomissiyaamalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo'jalik vaharbiy taslikilotlarga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshe-vikcha siyosatni qat'iy ravishda amalga oshirishga kirish-di. Turkkomissiyaning tazyiqi bilan 1920-yil yanvaroyining oxirida Musbyuro o'z faoliyatini to'xtatdi.
Turkkomissiya o'lkamiz yangi tarixida o'ta masli'umrol o'ynadi. U bolsheviklar hukmronligini kuchaytirishva o'lkaning sovet Rossiyasiga qaramligini kengaytirishbilan jiddiy shug'ullandi. Turkkomissiyaning Toslikentgakelishi bilan Turkistonda bolshevistik diktaturani o'r-natish jarayoni muayyan marraga yetdi. Bolshevistik dik-taturaga asoslangan sovet rejimi tub aholining manfaat-lari va intilishlariga zid bo'lgan, faqat sinfiy kurasligaasoslangan va xalqqa qarshi qaratilgan totalitar rejim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |