Shunday qilib korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi omiNar quyidagilar:
davlat;
xomashyo yetkazib beruvchilar;
iste’molchilar;
raqobatchilar (bunda bozor ham korxona uchun raqobat muhiti bo‘ladi);
iqtisodiyotning holati;
siyosiy holat;
iqtisodiy o'sish;
to‘lov balansi;
aholini ish bilan bandlik darajasi;
texnik va texnolagik muhit.
5-chizma. Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi muhit (makro muhit) omillari.
Asosiy iboralar va tushunchalar
Korxona — mehnatkashlar jamoasi mulkidan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molchiga sotadigan yoki sanoat xarakteridagi turli xil xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik subyekti.
Do'stlaringiz bilan baham: |