G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005.
llm sahroda do ‘s(, hayot yo ‘llarida tayanch, yolg'izlik damlarida yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg'uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi ku- rashda quroldir.
MUQADDIMA
0‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o'zining milliy iqtisodiyotini mustahkamlash, uni har tomonlama rivojlantirish yo'lida dadil qadamlar tashlay boshladi. Bu borada 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov yangi davlat - hur 0‘zbekiston obro‘-e’tiborini xalqaro miqyosga ko‘tarish, chet el investitsiyasiga keng yo‘l ochish, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash kabi katta ishlarni amalga oshirish borasida tashabbuskor bo‘ldi. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida esa shubhasiz talay muammolarni ilk bora hal etishga to‘g‘ri keldi.
Mustaqillikning dastlabki va undan keyingi yillarida 0‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivoj- lantirishga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko'rsatish va uni rag‘bat- lantirish va 0‘zbekiston Respublikasida mulkchilik, tadbirkorlik qonuni, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari, «Lizing to‘g‘risidagi» qonuni mikroiqtisodiyot ilmini yanada rivojlantirish borasida ko‘rsatilgan g‘amxo‘rliklarning yorqin ifodasi bo‘ldi. Tadbir- korlikka bag‘ishlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar esa 0‘zbekistonda yetarli darajada qabul qilingan. «Xususiy tadbirkorlik va o‘rta biznesning rivojlanishini yanada rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida», 0‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining «0‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qonun va Farmonlari qabul qilindi.
2005-yilning iyun-iyul oylarida esa tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida, ular topshiradigan hisobotlarni yengillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar, ular faoliyatini tekshirish tartibini belgilash va o‘tkazishni takomillashtirish to‘g‘risidagi va
1993.
shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish tartibini suddalashtirish haqidagi (2005-yil, avgust), tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini tako- millashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari qabul qilindi.
Mustaqil 0‘zbekiston iqtisodiyotini har tomonlama mustah- kamlashda Iqtisodiyot fanini puxta egallash, ayniqsa, Mikroiqti- sodiyotning sir-asrorlaridan xabardor bo'lish maqsadga muvofiq deb bilamiz. Biz ana shu niyatda mamlakatda mikroiqtisodiyotning nazariy va amaliy ravnaqini belgilab beruvchi omillarni tahlil va tadqiq etib, unga ko‘pchilikka tushunarli tilda ta’rif berishga harakat qildik.
Ma’lumki, AQSH va boshqa G‘arb davlatlarida iqtisodiy fanlar qatorida awalgidek tarmoqlar iqtisodi hamda siyosiy iqtisod fanlari ham o'qitiladi. Lekin, o'quv fani sifatida ma’lum darajada barcha iqtisodiy fanlar qo‘lga kiritgan yutuqlarni sintez qiluvchi fan ham yaratilganki, bu fanning nomi ekonomiksdir.
asrning mashhur ingliz iqtisodchisi Alfred MarshallI (1842— 1924) 0‘zining «Iqtisodiyot prinsiplari» kitobida (1890-y.) iqtisodiyot faniga Ekonomiks (economics) deb yangi nom berdi. U «Siyosiy iqtisod» iborasida urg'u berilayotgan «Davlat» so‘zini tushirib qoldirdi. Ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall iqtisodiyotni «Insoniyatni normal hayotiy faoliyati to‘g‘risidagi fan» deb ko'rsatgan.
Ekonomiks — hozirgi zamon iqtisodiyoti nazariyasini ifodalaydigan fan bo'lib, biznes ishlarini amalga oshirish qonuniyatlarini, xo'jalik yuritish usullarini, iqtisodiy siyosatni, amaliyotdagi muammo va nuqsonlarni yoritib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |