0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Korxonaning iqtisodiy samaradorligi



Download 2,36 Mb.
bet70/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   266
Korxonaning iqtisodiy samaradorligi — barcha iqtisodiy ko'rsat- kichlarning (masalan, ishlab chiqarish hajmining o'sishi, xarajat- larning kamayishi, foydaning o‘sishi va boshqalarning) yaxshilanishidir. Ish joylarida alohida operatsiyalar va texnik xizmat operatsiyalar yoki xizmat ishlari bajariladi.

Ishlab chiqarish uchastkasi deb texnologik jihatdan o‘xshash operatsiyalarni bajaradigan ish joylarining yig'indisiga aytiladi. Yirik va o‘rtacha korxonalarda ishlab chiqarish uchastkalari sexlarga birlashadi. Sex — bu mahsulot ishlab chiqarish, asosiy sex yoki butun korxonaga ma’lum xildagi texnikaviy yoki xo‘jalik xizmatlarini bajara oladigan korxonani ma’muriy jihatdan ajratilgan bir qismidir.

Korxonaning sex va uchastkalari asosiy, yordamchi, xizmat ko'rsa- tuvchi, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha va jamoa a’zolariga xizmat qiluvchi sex va xo jaliklaiga bo'linadi. Asosiy sex va uchastkalarda asosiy mahsulot ishlab chiqariladi. Masalan, mashina- sozlik korxonalarida quyuv sexi, temirni preslash, mexanik ishlov berish, yig'uv sexlari kiradi. Tikuv va poyafzal ishlab chiqarish korxonalarida - bichuv, tikuv sexlari kiradi.

Yordamchi sexlar — korxonaning normal faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xizmat qiladi va mahsulot ishlab chiqaradi. Mashinasozlikda ular - remont, asbobsozlik sexlari, energetika xo'jaligi va boshqalar. Xizmat ko'rsatuvchi sex va uchastkalar barcha asosiy va yordamchi sexlarni uzluksiz ishlashi uchun sharoit yaratadi (masalan, transport va ombor xo'jaligi).

Qo'shimcha sex va uchastkalar ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlab xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaradi. Ayrim korxonalarda yordamchi materiallar, idishlar, upakovka mahsulotlari ishlab chiqa- ruvchi xo'jaliklar ham yaratilishi mumkin. Bir korxonada asosiy hisoblangan sex boshqa korxonada yordamchi yoki ikkilamchi — qo‘shimcha sex xo‘jalik vazifasini bajarishi mumkin. Bunga mahsulot xususiyatlari, murakkabligi, ishlab chiqarishni ixtisoslashish darajasi, mahsulot turining o‘zgarib turishi, korxona yirikligi, bozor sharoitlari, texnologiyadagi o'zgarishlar ta’sir etadi.



    1. Mulk va muJkiy munosabatlar

Korxona mulkini uning mustaqil balansida aks etadigan asosiy fondlari, oborot mablag‘lari qiymati va boshqa boyliklar tashkil etadi. Korxona to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlarga ko‘ra, qo‘yidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manbalardir:

  • ta’sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;

  • mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek, xo'jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;

  • qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromadlar;

  • bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;

  • kapital mablag‘ va budjetdan dotatsiyalar;

  • tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida bergan badallari, ionalari, shuningdek, meros to‘g‘ri- sida, ayirboshlash va sovg'a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari;

  • 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan o‘zga manbalar.

Demak, mulk — jamiyat rivojining, xo‘ja!ik hayotining mahsuli va turli xildagi ishlarni bajarishdan olingan daromadlardir.

Shaxsiy mulkdan xususiy mulkning farqini bilish lozim.



Shaxsiy mulk uni egasi tomonidan o'zlashtirishga mo'ljallangan, daromad topishga qaratilmagan bo‘ladi, ya’ni iste’mol uchun ish- latiladi.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish