0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot



Download 2,36 Mb.
bet220/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   266
70-chizma. Monopol sharoitda ishlaydigan firmalarning uzoq davrda normal
foyda ko'rishiga moyilligi.

qoldi va har bir ishlab chiqaruvchi mahsulotni ko‘p miqdordagi o'xshash, o'rnini bosa oladigan turlariga duch keladi. Bunday bozor holati iqtisodiy foydalilikning kamayib borish tendensiyasiga (qonu- niyatiga) ega bo‘ladi. Natijada 70 d-chizmadagi holat yuz beradi va korxona muvozanati (MR=MC) holatiga tushadi. Korxona shunchaki o‘z xarajatlarini qoplab qo‘ya qoladi, ya’ni zararsiz ishlagan bo‘ladi. Tadbirkorlikda bu «normal foyda» deb yuritiladi; baho pirovard xarajatlardan ortib ketadi, ishlab chiqarish hajmi bir muncha kama- yadi. Bu esa bahoni yuqoriroq belgilashga olib keladi. Ishlab chiqa- riladigan mahsulotning 70 d— chizmadagi hajmidan har qanday chetga chiqishi o‘rtacha xarajatlarni АТС mahsulot ishlab chiqarish bahosidan (P) oshirib yuboradi, o‘z navbatida korxonaga zarar keltiradi.

Xulosa: «foyda ko‘raman» deb a) tarmoqqa qo‘shilgan yangi korxonalar raqobatchilik mobaynida tugatilib ketadi; b) koTilgan zarar korxonalarni normal foyda olishga erishmagunlaricha tarmoqdan yoppasiga ko‘plab chiqib ketishlariga olib keladi. Qisqa davrda zarar koTilganda (70 b-chizma) asta-sekinlik bilan uzoq davr mobaynida korxonalar tarmoqdan ajralib chiqa boshlaydilar. Bunda raqobatchi mahsulot xillari kamayib, korxona bozordagi talabning ko‘proq qismini egallab boradi, asta-sekin uning zarari oTnini normal foyda egallaydi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqadigan boTsa (70 d- chizma), yakka hokimlik raqobati sharoitida ishlab chiqaruvchilar uzoq davr mobaynida muvozanat (MR=MC) holatida uzoq saqlanib turish, ya’ni faqat normal foyda ko'rishni yoki foyda ko‘rmaslikni xoh- lamaydilar. Shu tufayli ular mahsulot bahosini raqobat bahosidan ancha yuqoriroq belgilashga majbur bo'ladilar. Ular kelajakda maksimal foyda koTish choralarini koTadi. Buning uchun nima qilish kerak? Javob mahsulotni defferensiatsiyalashtirishda.

Mahsulotni diffensiatsiyalashtirish har qanday holatda iste’molchiga ko‘p tipdagi, markadagi va sifatdagilariga o‘xshash mahsulotini taklif etilishini bildiradi.

Awal ishlab turgan korxona yoki firma reklama va mahsulotni iste’molchiga yetkazish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish yoTi bilan, foyda, mahsulot sifatini yaxshilash va uni navlarini kengaytirish ko‘rsatkichlari bo'yicha raqobatchilari unga etib olmasligiga harakat qiladi. Albatta, mahsulotni takomillashtirish va reklama flrmaning xarajatlarini oshiradi. Ammo uning mahsulotiga bo’lgan talab ham oshadi. Natijada firma foyda ko‘rish bo‘yicha o‘z holatini yaxshilab olishi mumkin.

Xulosa: monopol raqobat sharoitidagi tarmoqda bozor mexanizmi foydasiz bo‘lib chiqadi. Bunga sabab:

Birinchidan, sof raqobatlashadigan bozor bahosidan farq qilgan holda monopol bozordagi muvozanat baho pirovard xarajatlardan, xaridorlar iste’mol qiladigan qo‘shimcha birlik mahsulot uchun to‘lanayotgan haq uni ishlab chiqarish xarajatlaridan ortib ketadi.

Ikkinchidan, monopol raqobat bozoridagi firmalar o‘z ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanmaydilar, quvvatdan foy- dalanish rezerviga ega bo‘ladilar. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi mo‘ljallangandan kam.

Firma quvvatdan to‘liq foydalanmaslik oqibatidagi yo‘qotishlarni (isroflarni) mahsulot narxini oshirish yo‘li bilan qoplamoqchi, bularning hammasi monopol raqobatlashish xarajatlari hisoblanadi. Bunday rezerv quwatlarining bo‘lishi samarasizdir. Rezerv quwatni ishga tushirish uchun tarmoqdagi firmalar sonini kamaytirish lozim.

Shuning uchun 1996-yil 27-dekabrda «Tovar bozorlarida raqo- batchilik va monopol hokimlikni cheklash to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi va Oliy Majlis qarori bilan ishga tushurildi.

Shunday ekan, davlat boshqaruvi lozim bo‘lgan monopol raqo- batlashishning ijtimoiy zururiyati bormi yoki yo‘qmi?

Albatta zaruriyati bor. Sabab:


  1. Ko‘pgina bozorlarda yakka hokimlik uncha katta emas, demak, ko‘rilgan zarar ham, natijada rezerv quwati ham unchalik katta emas.

  2. Bozor mexanizmining samarasizligi yakka hokimlik raqobatining muhim afzalligi bo'lgan tovarlar assortimentining kengligi hisobiga qoplanib ketadi.

Firmalar monopol raqobat sharoitida haqiqatan maksimal foyda ko‘rish choralarini qidirishda o‘zgarib turuvchi uch xil omil - baho, mahsulot va reklama-tashviqot faoliyatlari bilan ish koTishi lozim. Firma bu omillarning maksimal foyda beradigan eng optimal kombinat- siyalarini topishi zarur.

    1. Bozor ojizligi sharoitida davlatning roli

Shunday qilib, xulosa qiladigan bo‘lsak, takomillashmagan bozor belgilarini bilgan holda iqtisodchilar fikr-mulohaza qilib, bozor iqtisodiyoti samara bermagan sharoitda davlatning faolashuvini zarur deb hisoblaydilar. Bozor iqtisodiyoti hal qilaolmaydigan ijtimoiy- iqtisodiy muammolar qo‘yqdagilar:

  1. Iqtisodiyotni zarur miqdordagi pul mablaqlari bilan ta’min- lanmay qolishi. Demak, davlatning eng muhim vazifasi — mamlakatda pul muomalasi harakatini tashkil etish. .

  2. Bozor mexanizmini jamiyat talablarini qondirolmasligi (bu ayrim individlarning to‘lov qobiliyati emas).

Bu yerda ijtimoyi ne’matlarga bo‘lgan talabni qondirishi nazarda tutiladi. Ne’matlarni bir kishi iste’mol qilsa, undan foydalansa, boshqalar uchun kamayib qolmaydi. Ijtimoiy ne’matlardan foy- dalanishda raqobatchilik yo‘q, xususiy ne’matlardan farqi ham shunda.

Bunday ne’matlar - milliy mudofaa, jamoat tartibini muhofaza qilish, davlatni boshqarish, fundamental fan sohalari, atrof muhitni himoya qilish, ko‘chalarni yoritish, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va shunga o'xshashlar.

Masalan, sud organlarini bozor tizimiga o‘tkazish, xususiy armiyani yaratish mumkin emas. Haqiqiy bozor mexanizmi mutlaq tako- millashmaganligi uchun amaliyotda iqtisodiy muammolarni hal etish davlat aralashuvini talab etadi. Ayniqsa davlatning roli ijtimoiy sohada katta o‘rin tutadi. Masalan, soliq tizimi boylardan ko‘proq, kambag1- alardan kamroq soliq undirishga qaratilgan.



  1. Download 2,36 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish