Qisqa muddatli davr — o‘zgarmas quwatlar davri.
Uzoq muddatli davr — o‘zgarib turadigan quwatlar davri.
Amal qilib turgan korxona (firma)lar nuqtai nazaridan uzoq muddatli davr ancha uzun bo‘lgan davr, bunda band bo‘lgan barcha resurslar va ishlab chiqarish quvvati miqdorini ham o‘zgartirish mumkin. Tarmoq nuqtai nazaridan olinsa, uzoq muddatli davr o‘z ichiga uning tarkibida amal qilib turgan firmalar bo‘lib, tarmoqni tark etib ketishi, yangilari esa yaratilib, tarmoq tarkibiga qo‘shilishi uchun yetarli vaqtni o‘z ichiga oladi. Mahsulot ishlab chiqarishning kamayib borishi yoki «nisbatlar o‘zgarishi» qonuni shuni tasdiqlaydiki, ma’lum vaqtdan so‘ng o'zgaruvchan resurslar birligining (masalan, meh- natning) o'zgarmas resurslarga (masalan, yer, kapitalga) sarflni
oshirib borish har bir keyingi o‘zgaruvchan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan qo'shimcha pirovard mahsulotni ishlab chiqarishni kamay- tiradi. Dernak, xarajatlar ortadi, ishlab chiqarish pasayadi.
Boshqacha qilib aytganda, agar shu mashinalarda xizmat qiluvchi ishchilar soni oshib borgan sari mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham pasayib boraveradi.
Masalan, uncha katta bo‘lmagan mebel ishlab chiqarish usta- xonasida ma’lum miqdordagi tokarlik, randalovchi, kesuvchi va shunga o'xshash dastgohlar mavjud. Agar shu firma atigi ikki ishchini ishga jalb etadigan bo‘lsa, umumiy ishlab chiqarish hajmi va mehnat unum- dorligi darajasi pasayib ketgan bo‘lardi. Bu ishchilar bir ishdan ikkinchi ishga o‘tib, ish vaqtini bekor ketkazib yurar edilar va ishlab chiqarish samarali bo'lmay qolardi. Ishchilar sonini 0‘stirish bilan bu kamchiliklar bartaraf etilardi. Dastgohlardan foydalanish to4iq bo‘lib, ishchilar aniq operatsiyalarni bajarishda ixtisoslashar edilar. Natijada bekorchi vaqtlar kamayib, samaradorlik ortardi.
Ishchilarning keyinchalik yana ko‘payib borishi ularning ortiqchaligi muammosini keltirib chiqaradi. 0‘zgarmas ishlab chiqarish quwati sharoitida har bir ishchiga shuncha kam dastgohlar to‘g‘ri kelardi. Ishchilar sonini yanada oshirib borish butun ishlab chiqarishni ular bilan to‘ldirib yuborish zarur bo‘lar edi. Natijada ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi. Bu qonun bo'yicha pirovard mahsulot yo‘qolib ketmoqda.
Boshqa misol. Dehqon (fermer)ning ixtiyorida o‘zgarmas 80 ga yeri bor. U tuproqni kultivatsiya qilmasdan har gektardan 40 sentner hosil oldi. Birinchi ishlov berilgandan so‘ng hosil gektaridan 50 sentnerga oshdi. Ikkinchi ishlovdan so‘ng hosil 57 sentnerga, uchinchi ishlovdan so‘ng 61 sentnerga, to‘rtinchidan so‘ng 63 sentnerga yetdi. Dalaga keyingi ishlov berishlar hosildorlikni unchalik oshirmadi. Agar ish boshqacha bo‘lganda edi, butun dunyoning donga bo‘lgan talabini atigi shu 80 ga yerni faqat intensiv ishlash yo‘li bilan qondirish mumkin bo‘lar edi. Haqiqatan ham ishlab chiqarishning natijasini kamayib borishi ro‘y bermaganda edi, butun yer yuzini bitta guidon hajmidagi yerdan olingan hosil bilan boqish mumkin bo'lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |