0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot



Download 2,36 Mb.
bet107/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   266
Soliqlar — o‘z mohiyati bilan asosiy (budjet) va budjetdan tashqari fondlarni shakllantirish (yaratish) bo'yicha zaruriy pul muno- sabatlaridir. Soliqlar shakli bo‘yicha esa budjetga ega nobudjet fondlarga davlat qonunchiligi asosida soliq to‘lovchilarning zaruriy to‘lovlarini (vznoslari) o‘z ichiga oladi.

Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to‘lovchi bilan davlatning o‘zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog‘liqligiga ko‘ra to‘g‘ri va egri soliqlarga bo'linishiga doir zamonaviy yondashuvga muvoflq, to‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ulami sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi.

Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘ri soliqlarning pirovard to‘lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yoki yuklab qo‘yiladigan tovarning iste’molchisi esa egri soliqlarning pirovard to'lovchisi hisoblanadi.

Amaliyotda nafaqat egri soliqlar, shu bilan birga to‘g‘ri soliqlarni ham iste’molchilar zimmasiga o‘tkazish imkoniyati mavjuddir. Ma- salan, korxonalar to‘laydigan soliqlar yuki inflatsiya davrida ko'pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi.

To‘g‘ri soliqlarga tortishda mablag'laming safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o‘z huquqlari bilan da’vo qiladi.

Soliq to‘lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va h.k. uning mol-mulkining (yer, uylar, qimmatli qog'ozlar va h.k.) qiymati to‘g‘ri soliqlar obyekti bo’ladi.

Soliqqa tortishning bu shakli egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq toiovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, to‘g‘ri soliqlarga tortishda soliq to‘lovchi o‘z solig‘ining summasini aniq biladi.

Tarixiy jihatdan olganda to‘g‘ri soliqlar XVIII asrda va XIX asming birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi.

Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o‘z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan farqli ravishda to'lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog‘liq boimaydi. Tovarlar, odatda, shaxsiy iste’mol to- varlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko’rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish obyekti bo‘ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.

Xaridor-iste’molchi egri soliqlarning to‘lovchisi bo‘ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko'rsatadigan shaxs aslida soliqni yig'uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo'shiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo'yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo'lganida va talab barqaror bo'lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to‘lanadi. Egri soliqlarning asosiy to‘lovchisi pirovard oqibatda iste’molchilar bo'ladilar.

Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o‘z daromadlarining miqdoridan qat’iy nazar, bunday soliqlarni to‘laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur boigan tovarlarni iste’mol qilishadi va xiz- matlardan foydalanishadi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda xulosa qilib aytish mumkinki, to‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy va haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs hi- soblanadi. Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchisi esa mahsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko‘rsa- tuvchilar, haqiqiy to‘lovchisi esa iste’molchilar hisoblanadi.

Respublikamizda amal qilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, budjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. So‘ngi yillarda to‘g‘ri soliqlarning salmog‘i yalpi ichki mahsulot qiymatida biroz kamayib, egri soliqlar salmog‘i oshgan. Bu holda to'g’ri tendensiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to‘g‘rida- to‘g‘ri korxonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. To‘g‘ri soliqlar salmog'i YAIM qiymatida pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishiga imkon yaratadi.

Keyingi yillarda resurs soliqlarining salmog‘i ham ancha oshmoqda. Ular yer, suv va boshqa resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.



5-jadval



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish