0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


Soliq siyosatini yuritishdagi muammolardan yana biri



Download 2,36 Mb.
bet104/266
Sana16.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#378371
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   266
Soliq siyosatini yuritishdagi muammolardan yana biri xorijiy va milliy investorlarga bir xil soliq sharoitining yaratilmayotganidadir. Respublikamizda xorijiy investorlar va milliy investorlarga bir soliq imtiyozlari taqdim etilishi, shuningdek, boshqa iqtisodiy imkoniyat, shart-sharoit ham yaratilishi lozimdir.

Chunki soliq qonunchiligiga asosan, ular 0‘zbekiston to‘lamagan soliqlarini, o‘z davlatida soliqqa tortiladigan daromadlar o‘rtasidagi

farq sifatida to'laydilar. Biz o‘zimizning mamlakatda olib qolish mumkin bo'lgan daromadni, boshqa mamlakatga borib to‘lashga imkoniyat beramiz. Hozirgi paytda ularni jalb qiluvchi asosiy omillar valuta konvertatsiyasining ochilishidir. Bundan tashqari, hozirgi bosqichda respublikamizda davlatning vazifasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirishdir:


  • erkin savdo tartibini joriy etish;

  • joriy schyotlar bo'yicha valuta konvertatsiyasidan foydalanishni erkinlashtirish va uni murakkablashtirmaslik;

  • davlat monopoliyasini qisqartirish;

  • narxlarning asosiy qismini boshqarishni chegaralash va ularni talab va taklifdan kelib chiqishini ta’minlash;

  • soliq tizimini soddalashtirish va yuqori darajada aniq tushunarli bo‘lishini ta’minlash; soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish; soliq yukini ishlab chiqarishga nisbatan real pasaytirish;

  • obyektiv, neytral qonunchilik tizimini yaratish.

Bular davlat kafolati orqali emas, bevosita xorijiy investitsiya- larining kelishini ta’minlaydi. Ular bizda taqchil bo‘lgan kapital va texnologiya olib kiradilar.

Respublikamizda davlat soliq siyosatiga xos xususiyatlardan biri shundaki, qo‘shimcha soliqlar va yuqoriroq stavkalar o'rnatish orqali budjetga qo‘shimcha daromadlar keltirish maqsad qilib qo‘yiladi. Ammo bunda soliq tushumlarini kutilgan darajada ko^paytirib bo‘l- maydi, ya’ni soliqlarning fiskalli samaradorligi pasayib boradi. Bir soliqning joriy etilishi boshqalarining bazasiga, binobarin tushumiga ta’sir etadi. Masalan, resurs soliqlarining ko‘tarilishi foyda solig’i bazasini kamaytiradi, egri soliqlar xo'jalik subyektlarida foydalilik darajasini pasaytiradi va hokazo. Soliqlami cheksiz ko‘paytirish mumkin emas. Xo'jalik subyektlaridan undirish mumkin bo‘lgan soliqlarning maksimal chegarasini qonuniy o’rnatib qo‘yish lozim. '

Respublikamizda oxirgi yillarda foyda solig‘ining kamayishi kuza- tilmoqda. Foyda soligi tushumlari mamlakatda ishlab chiqarish holatini aks ettiradi. Demak, iqtisodiyotimizning hozirgi davri uchun soliq tushumlarini ko‘paytirishning eng real yo‘li faqat soliq to‘lovchilar sonini ko‘paytirish, ularning daromadga ega boMishiga imkoniyat yaratishdir. Chunki soliq tushumlari, eng awalo, ishlab chiqarish va tovar aylanishining o‘sishiga bog’liq. Bunda faqat aholi turmush darajasiga va xarid qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi egri soliqlar emas, balki foyda solig‘ining ko‘payishiga imkoniyat yaratiladi.


  1. Soliqlarni soliq yukiga ta’siri va soliq yuldni belgilovchi omillar

Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq yukining eng qulay holatini aniqlash muammosi doimo mavjud bo‘lib kelgan.

Soliq yuki darajasi, uning iqtisodiy taraqqiyot jarayoni aholining turmush darajasiga ta’siri ko'pgina xorijiy iqtisodchi olimlar, ilmiy- tekshirish institutlari tomonidan o‘rganilib chiqilgan. Soliq muno- sabatlarini optimallashtirish yo'nalishlaridan biri iqtisodiyot tarmoq- lari o'rtasida iqtisodiy muvozanatni (daromadlarga ega bo'lish shart- sharoitlarini, sarmoyalar oqimini boshqarishni ta’minlash maqsadida, turli soha va tarmoqlarda soliq yukini optimal (eng maqbul) holatini ta’minlashga e’tibor berish lozim bo'ladi.

0‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 4-moddasida soliqqa tegishli qonun hujjatlarining tamoyillari berilgan bo'lib, unga ko‘ra «Belgilanayotgan soliqlar va yig'imlar (tovarlarning, ishlaming, xizmatlarning) yoki pul mablag'larning 0‘zbekiston Respublikasi hududiy doirasida erkin muomalada bo‘lishni bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yish yoki soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yish yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas» deb yozib qo'yilganI. Amaliyotda soliqlarning qo‘llanilishi natijalari, mavjud soliq yukini darajasi ushbu tamoyilga rioya qilinayotganligini ko‘r- satadimi? Soliq tizimi, shu jumladan soliq yuki korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga qanday ta’sir ko'rsatmoqda, yangi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil topishiga, investitsiya jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatmoqda?

Bu savollarga javob berish uchun amaldagi barcha soliqlar, yig‘im- lar va majburiy to'lovlarning birgalikda va bir-biriga bog'liqlikda olib, ularning korxonalar faoliyatiga va aholining ijtimoiy sharoitiga ta’sirini tahlil qilish lozim bo’ladi.

Soliq yukiga baho berishda foizli tahlillar bilan chegaralanish mavjud holatni real aks ettirmasligi mumkin. Gap korxonalarning va fuqarolaming daromadlilik darajasi va daromadning real miqdori ustida ketmoqda. Aytaylik, 60-70%li soliq stavkasi darajasi bilan korxona­larning normal iqtisodiy faoliyatini va aholining yaxshi turmush darajasini ta’minlash imkoniyatini berish mumkin. Aksincha, stavkalar past bo'lgani holda korxonalarning moliyaviy ahvoli yomon va aholi xarid qobiliyati past bo‘lishi mumkin. Bu holda tadbirkorlikni rivoj- lantirish, daromadlilikni ta’minlashning boshqa yo‘llarini aniqlash lozim bo'ladi. Bunday holat yuzaga kelishining sabablari aholi daro- madlarining, korxonalar rentabelligining pastligi, iqtisodiy boshqa- ruvda erkinlikning yo'qligi, tadbirkorlikni olib borishda sun’iy to‘- siqlarning mavjudligi, monopoliya, davlat xarid narxlarining pastligi, xullas davlatning iqtisodiyotni tartiblash siyosatidagi ayrim no- mukammalliklar sabab bo‘ladi. Наг yili korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga soliqlarning ta’sirini o‘rganish va tahlil natijalaridan kelib chiqib, soliq yukining amaldagi darajasiga xolisona baho berish, uni eng ma’qul holatga keltirish choralarini ko‘rish lozim.

Soliq yukiga baho berishdan awal, uni real holatini aniqlash lozim bo‘ladi. Soliq yukini aniqlash unga ko‘pgina omillar ta’sir etishi tufayli ancha murakkabdir. Shuning uchun ko‘p hollarda soliq to‘lovchilar va uni undiruvchilar soliq yuki darajasi bo‘yicha fikrlari yaxlit emas.

Umuman, soliq yukini soliqlar va yig'imlar yig‘indisining har bir yuridik shaxs yoki ijtimoiy shaxs daromadidagi ulushi sifatida ba- holashimiz mumkin. Lekin bunda aynan qanday daromaddagi ulushi degan masalani hal qilish zarur, chunki daromad deyilganda turlicha miqdoriy ko‘rsatkichlarni tushunish mumkin (buni quyiroqda ko‘rib chiqamiz).


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish