O'zaro shaxsiy munosabat omillari
Odatda iste’molchilar (iste’molchi tashkilotlar, markazlar, agentlar) tarkibiga turli xil nomdagi, huquqdagi turlicha tushuntirish, ishontirish, boshqalar oTniga o‘zini qo‘ya bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar kiradi.
Sotuvchilarni iste’molchilarning xatti-harakatlari to‘g‘risida har qanday ma’lumotlarga ega bo'lishiga qaramasdan ularning tovar xarid qilish vaqtidagi harakatlari, fikrlarining o‘zgarishini bilishlari ancha qiyin bo‘ladi.
Har bir shaxsning individual (yakka tartibdagi)
xususiyat omillari
Tovar xarid qilish to'gTisida bir qarorga kelish mobaynida har bir xaridor, iste’molchi o‘zining shaxsiy dalillarini, asoslarini, tovarni yoqtirishi va xohishlarini yuqori qo'yadi. Bular aniq bir shaxsning yoshiga, xizmat mansabiga, uning xususiyatlariga tavakkal ish tuta bilishiga bog‘liq.
Xarid qiluvchi agentlar o‘z ishlarini tashkil etishga turlicha yon- doshadilar. Ba'zi bir oliy ma’lumotli xaridorlar (yoki ta’minlovchilar) sotuvchining tovar tanlash bo'yicha xilma-xil takliflarini yuzaki tahlil qilib, masalan, faqat kompyuterlar sotib olishga intiladilar. Boshqalari
ko‘p yillardan beri ishlab kelayotgan «pishiq yigitlar» esa o‘z bil- ganlaridan qolmay tovar sotuvchini (yoki yetkazib beruvchilarni) bir- biriga qarshi qilib qo'yadilar. Shuning uchun sotuvchilar o‘z xari- dorlarini yaxshi bilishlari, o‘z taktikalarini (tovar sotish usullarini) tashqi muhit sharoitlariga, xarid ishlarini tashkil etish xususiyatlariga, o‘zaro shaxsiy munosabatlar va boshqa omillaiga moslashtirishlari zarur.
Iste’molchining tovar afzalligini ajratishi (babolashi)
«Iste’molchilar xatti-harakati nazariyasi» quyidagi uchta taxminga asoslanadi:
Birinchi taxmin. Bunda «xaridorning tovar tanlashi bo‘yicha fikr- mulohazasi shakllanib bo‘ldi» deb hisoblash mumkin. Buyumning bahosidan qat’iy nazar iste’molchi bir necha tovar to‘plamidan birontasini tanlashga qaror qildi yoki shunday xohish paydo bo‘ldi. Harbir to'plami 10, 20 yoki 30, 40 xildagi tovarlarni o‘z ichiga oladi. 5-jadvalda iste’mol tovarlarning bir qancha assortimentlar bo‘yicha to‘plamlari keltirilmoqda. Наг bir tovar to'plami (masalan: А, В, C va hokazolarni) 10, 20, 40 xil tovarlardan iborat bo‘lib, ularning miqdorlari ham bo'ladi. Bular bir xildagi kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari yoki uy-ro‘zg‘or buyumlari bo‘lib, har ma’lum vaqtlarda xarid qilib turiladi. Demak, xaridor tovarlar guruhini solishtirish, A va В tovar to‘plami ma’lum bo‘lsa, ulardan В tovar guruhi o’rniga A to‘plamini yoki aksincha, A o'rniga В guruhdagi tovarlarni ma'qul ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |