0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta'lim vazirligi 0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 0,91 Mb.
bet1/74
Sana15.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#552876
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Kitob bekat va tugunlari


0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 0‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
A. Sh. SHORUSTAMOV, R. Ya. ABDULLAYEV
TEMIR YO‘L
BEKATLABI VA TUSDNLARI
Temir yo 4 kollejlari uchun darslik
Cho‘Ipon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Tashkent — 2007

Oliy va о ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi
о ‘quv metodik bir/ashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan
Taqrizchilar:
M.X.RasuIov — Toshkent temir yo 7 muhandislari instituti "Tashishni tashkil etish va boshqarish " fakuiteti dekani, texnika fanlari nomzodi.
M.S.Sakiyev — Toshkent temir yo ‘I kolleji о ‘quv ishlari bo ‘yicha direktor о ‘rinbosari.
Darslikda temir yo‘Ilar, bekatlar va tugunlar, ularning tarkibiy tuzilishi, konstruksiyalari, yo'l uchastkalarida va bekatlarda temir yo‘llarning tuzilishi, ostki va ustki tuzilmalaming me’yorlari va ularga qo'yiladigan talablar, yo‘Ilaming joriy holatini ta’minlash bo'yicha yoi xo'jaligining vazifalari haqida chuqur ma’lumotlar beriladi. Ularda bekatlardagi asosiy inshoot va qurilmalar, yo'llar tarmoqlari, saralash vositalari, yuk, lokomotiv va vagon xo'jaligi inshoot- larini hisoblash asoslari tushuntiriladi. Bekatlar va tugunlarni ijobiy rivojlantirish, ularni loyihalashda ilg‘ortexnologiyalarni qo‘llash, temir yollarning avtomobil va boshqa transport turlari bilan hamkorligini tashkil qilishda bekatlar hanida tugunlarning ahamiyati voritiladi.
Darslik temir yo‘1 kollejlari talabalari va boshqa temir yo'l xodimlari uchun mo'ljallangan.
3202020000 - 10
K 360(04)'~'2007 2007
ISBN 978-9943-05-047-1
© Choipon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007-y.
KIRISH
Temir yo‘llarning mamlakatimizda yuk va yo‘lovchilarni tashishdagi ulushi katta bo‘lib, tashish hajmlarining muntazam o‘sishi temir yo‘llarning texnik jihozlanishi va texnologiyalari- ning takomillashib borishini taqozo etmoqda.
Temir yo‘l transportining tarkibiy tuzilishida temir yo'llar, bekatlar va tugunlarning taraqqiyoti alohida ahamiyatlidir. Temir yo‘llar bo‘ylab tashishlarning muvaffaqiyati va harakat xavfsizli- gi ko‘p jihatdan yo'lning holatiga bog‘liq. Bekatlar va tugunlar esa rivojlangan yo‘1 tarmoqlariga, yo‘lovchi va yuk inshootlariga, lokomotiv va vagon xo‘jaligi, energetika va suv ta’minoti in­shootlariga, ombo.rxonalar, ma’muriy-texnik binolar va boshqa qurilmalarga ega bo‘lib, aholining, yuk jo‘natuvchilar va oluvchi- larning temir yo‘l transporti bo‘ylab barcha aloqalari bekatlar orqali olib boriladi.
Bekatlar va tugunlarda poyezdlar qabul qilinadi, jo‘natiladi va 0‘tkazib yuboriladi, ularda yuklar va yolovchilarni tashish bi- lan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar: poyezdlarni tarqatib qayta tuzish, harakat tarkiblarini ta’mirlash, lokomotivlarni, yo‘lovchi va ayrim maxsus vazifali vagonlarni moddiy ta’minlash; korxona- larning shoxobcha yo‘llariga xizmat ko‘rsatish kabi ishlar bajari- ladi. Bekatlar boshqa davlatlar temir yo‘llari bilan vagonlar ayir- boshlashda tutashish, qayta ortish punkti vazifasini 0‘taydi.
0‘zbekiston temir yo‘llaridagi bekatlar yo‘llarining umu- miy uzunligi magistral temir уоЧ tarmoqlarining foydalanuvli uzunligining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Temir yo‘llarning joriy holatini yuqori darajada ta’minlash, ularni o‘z vaqtida ta’fnirlab texnik jihozlash, yo‘l ishlarini bajarishda zamonaviy texnikalarni va texnologiyalarni qoilash, temir yoilarda belgi- langan tezliklarda harakat xavfsizligini ta’minlash o‘ta mas’uliyatli vazifadir. Chunki bekat yoilari bir yoki ikki bosh yo‘lli ucha- stka yo'llaridan farqlanishi sababli bekat yo‘llarining asosi boigan yer polotnosi katta uzunlikda keng maydonlami egallaydi. Bekat yo‘llarining joriy holatini talab darajasida tutish yer (grunt) to‘kmasining yoyilmasiga, uning puxtaligiga, nishabliklarining loyihaviy darajada ta’minlanishiga katta talablar qo‘yadi. Shun- ing uchun ham bekatlar va tugunlar yo‘nalishi bo‘yicha bilim oluvchi talabalar temir yo‘llarning tuzilishi, bekat yo'llarining xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablar haqida keng tasav- vurga ega bo‘lishlari kerak.
Bekatlar va tugunlarning rivojlanishida mukammallik, ular- ning zamonaviy talablar darajasida texnik jihozlanishi hamda bekat­lar ishining aniq va puxta tashkil etilishi yuk va yo‘lovchilar tashish- ni muvaffaqiyatli bajarishga, vagonlar aylanishini tezlatishga va yuklarning saqlanishiga ijobiy ta’sir etib, tashish tannarxini kamaytirishga yo‘l ochadi.
Darslikni yozib tayyorlashda Rossiya temir yo‘l oliy o‘quv yurtlarida amalda bo‘lgan, G.V.Shubko va N.V. Pravdinlar tahriri ostida chop etilgan «Железнодорожные станции и узлы», T.G Yakovleva tahriri ostida chop etilgan «Железнодорожный путь» va boshqa adabiyotlar asos qilib olindi va ushbu soha bo‘yicha ustoz olimlar maslahatlaridan foydalanildi. Mualliflar darslikni yozib tayyorlashda maslahatlarini ayamagan ustozlarga o‘z min- natdorchiliklarini bildiradilar.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish