Jamoa-xizmatchilar va ishchilarning ishtiroki. Boshqaruv jamoasi faoliyatni yaxshilash jarayoniga to‘liq jalb qilinganidan so‘ng mazkur tamoyilga amal qilinadi. Bunday vazifa har bir bo'linmaning boshlig‘i tomonidan amalga oshirilib, u o‘ziga tegishli bo'linmaning tarkibida «ishni yaxshilash guruhi» ni tashkil qiladi. Bo'linma boshlig‘i ayni paytda ushbu guruhning rahbari hisoblanib, guruh a’zolari tomonidan ishni yaxshilash usullaridan foydalanishning о zlashtirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Ishni yaxshilash guruhining vazifalari o‘z bo'linmasi faoliyatining natijalarini tahlil qilish va faoliyatni uzluksiz takomillashtiruvchi tizimni ishlab chiqish undan unumli foydalanishdir. ’