Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari. Mahsulotlar (shu jumladan, dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar, shuningdek, sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi.
«0‘zstandart» agentligining o‘zi, uning tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki e’tirof etilgan sertifikatlashtirish oiganlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv oiganlari, sifat bo'yicha ekspert-auditorlar, shuningdek, mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir.
Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. yuridik shaxslaming sertifikatlashtirish tizimlari «0‘zstandart» agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |