0‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («0‘zstandart» agentligi) 0‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir.
«O'zstandart» agentligi:
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o'tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to‘g‘risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyiha- larini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek, sertifikatlashtirish natijalarini o'zaro e’tirof etish to‘g‘risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda 0‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro'yxatini belgilaydi va uni 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig'iga kiritadi;
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini, sinov laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini, shuningdek, sifat bo'yicha ekspert-auditorlami akkreditatsiya qiladi;
sertifikatlangan mahsulotlarning, sifatni boshqarish tizimlarining, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarining, sinov laborato- riyalarining (markazlarining), sifat bo'yicha ekspert-auditorlarning Davlat reyestrini yuritadi;
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishi ustidan va sertifikatlangan mahsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi;
qonun hujjatlarining normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilarini bekor qiladi hamda amal qilishini to'xtatib qo'yadi, sertifikatlashtirish organlarining akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini bekor qiladi, sinov laboratoriyalarining (markazlarining) faoliyatini tugatadi.
«0‘zstandart» agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini moliyaviy ta’minlash manbayi — davlat budjeti mablag'i, shuningdek, «0‘zstandart» agentligi ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan haqdan iborat.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar.
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal qilishini ta’minlaydilar;
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o'tkazadilar;
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar;
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va sertifikatlashtirish organlarini
akkreditatsiya qilish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni arizachi qoplaydi.
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
«0‘zstandart» agentligi o‘z vazifalarining bir qismini bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) o'tkazishga haqlidir.