Sertifikatlashtirish darajalari. Sertifikatlashtirish quyidagi uch darajadan iborat:
Alohida olingan mahsulotni sertifikatlashtirish. 2. Ishlab chiqarish texnologik jarayonni sertifikatlashtirish. 3. Sifatning ishlab chiqarish tizimini sertifikatlashtirish. Alohida mahsulot, masalan, chilangarlik ishlarini bajarish uchun bolg'a, egov sertifikatlashtirilishi mumkin. Agar barcha sotiladigan dastalanuvchi buyumlar uchun sertifikatlar mavjud bo'lsa, alohida bog‘lam- lardan va qismlardan yig‘ilgan buyum, masalan, dvigatel uchun sertifikat olishi mumkin. Texnologik jarayon, bu jarayonlaming majmui, mahsulotning sifatini ta’minlash tizimi uchun sertifikat olish mumkin. Oxirgisi sertifikat- lashtirishning yuqori darajasi hisoblanadi. Sertifikatlashtirish turli chizmalarda, ishlab chiqaruvchining turli darajadagi javobgarligida amalga oshirilishi mumkin. Ixtiyoriy va majburiy sertifikatlashtirish farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |