14- mavzu TABIATDAGI OB’YEKTLAR SIFATI VA KVALIMETRIYASI Reja.
1.Tabiatdagi ob’ektlar sifati va kvalimetriya tushunchasi.
2.Kvalimetriyaning rivojlanish davrlari.
3.Kvalimetriya metodlari, ularning turlari va foydalanish istiqbollari.
4.Ob’ekt sifatini miqdoriy baholash va kvalimetrik nazorat.
Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish va me’yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda berilgan vaqtda ѐki berilgan vaqt oraligida erishilishi mumkin bo’lgan mahsulot sifati ko’rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi. Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha berilgan vaqt ichida ѐki berilgan vaqt oralig’ida kerakli sifat ko’rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi.Mahsulot sifatini bir me’ѐrda bo’lishini ta’minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o’rin egallaydi.
Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’ektda o’z ta’sirini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda
uning kerakli sifatini ta’minlash va me’ѐrida bo’lib turish maqsadida
amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi.Mahsulot sifati jaraѐnlarning qanday tashkil etilganligiga ularni qanday me’ѐrda ishlashiga, nazorat - o’lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jaraѐnlarda ishlaѐtgan xodimlarning malakasiga so’zsiz bog’liqdir. Boshqarish ta’siri boshqariluvchi jaraѐnlarni amaldagi holatini saqlash ѐki unga o’zgartmalar kiritishdan iborat.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’ektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy-texnika va axborot vositalari ѐrdamida o’zaro bog’lanishning majmui tushuniladi.
SHuning uchun bu tizim o’zaro bog’langan mahsulot sifatini boshqarishni ta’minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig’indisi sifatida ko’zda tutilgan bo’lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta’minlash hisoblanadi.Mahsulot sifatini boshqarish tizimi o’z tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalarni va kuchli
“Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari”
fanidan foydalanish ishlab chiqarish jaraѐnlaridagi va mahsulot
sifatiga ta’sir etuvchi o’zgaruvchanliklarni tushunishga va binobarin,
muammolarni hal etishda va natijaviylik va samaradorlikni oshirishda
tashkilotlarga ѐrdam beradi. Bu usullar qaror qabul qilishda mavjud
ma’lumotlardan unumli foydalanishga ѐrdam beradi.“Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari” fani bunday o’zgaruvchanlikni, hatto ma’lumotlar soni nisbatan cheklangan bo’lsa ham o’lchash, ta’riflar, tahlil etish, ifodalash va modellashda ѐrdam beradi. Ma’lumotlarni statistik tahlil etish o’zgaruvchanlikning tabiatini, masshtabini va sabablarini yaxshiroq tushunishda ѐrdam berishi, binobarin, o’zgaruvchanlik natijasida paydo bo’ladigan muammolarni hal etish va hatto oldini olishda shuningdek, doimiy yaxshilashda ko’maklashadi.
ISO 10017 xalqaro standarti bo’yicha sifat menejmenti tizimida
statistik usullarni qo’llanilishini o’rganish sifatni boshqarishda
samarali tizim ko’rinishida shakllantiradi.Respublikamizning ichki va tashqi bozorlarida ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va mahsulotlar sifatini oshirish masalalariga taalluqli hukumat Qarorlarining qabul qilinishi, jumladan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.2004 yildagi №349 sonli “Xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini korxonalarga joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorida sifatni boshqarish sohasida mutaxassislarini tayѐrlash ta’kidlangan. SHu asosida 5A310902 – “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (sanoat)” mutaxassisligi bo’yicha magistrlarni tayѐrlash davlat standarti tasdiqlangan. Mazkur ta’lim standartida esa “Kvalimetriya va standartlar asosida sifatni boshqarishning nazariy asoslari” fanini o’qitish ko’zda tutilgan.Fanning maqsad va vazifalari Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
“Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari” fanini o’zlashtirish jaraѐnida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr: MaqSifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjaxon maydoni.
Sifat narxdan muximroq. Ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishi va shaxs extiѐjlarining tasirida sifatning o’rni va axamiyati doimiy ravishda ortib bormoqda. Kun sayin madaniyat va
talim darajasining yuksalib borishi istemolchilarni yanada nozik
didli va talabchan qilmoqda. Raqobatbardoshlikni taminlashda XX asrning 80 – yillarida sifatga talablar xal qiluvchi axamiyat kasb etdi. Jaxon bozorida maxsulotlarni xarid qilaѐtgan istemolchilarning 80% dan ortig’i sifatni narxdan ustun qo’ymoqda. Malumotlar sifat xarajatlarining umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining 15 – 25%
dan kam bo’lmagan qismini tashkil qilganini ko’rsatadi. YUqorida zikr etilganlarni tushungan bo’lsangiz, ushbu savol tug’ilishi tabiiy: Xo’sh, mahsulot sifatini boshqarish haqidagi axborotni qayerdan olinadi?
Dastavval, bunday yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv bozorini aniqlash va uni o’rganish bo’limining xodimlari tomonidan olinadi. Bunda shu mahsulotga nisbatan bozordagi ehtiѐj va halqning shu mahsulotga munosabati inobatga olinadi. Bunday ma’lumotlar esa shu sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash konstruktorlik ishlarini oldindan aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va mahsulotning sifat darajasini rejalashtirish uchun asos bo’ladi.Mahsulotni ishlab chiqarish uchun shunga o’xshash buyumlarning sifatini hamda ularning ishlash usullari ishlatilishi va ta’mirlanishini tavsiflovchi axborot kerak.
Bu ma’lumotlar qaror qabul qilish uchun asos hisoblanib, qaror qabul qilish natijasida boshqaruvchi idoraga o’zining muayyan boshqaruvchilik ta’sirini o’tkazadi. Bu ta’sir mahsulotning har qanday bosqichiga – ishlab chiqishga, ishlatilishiga taaluqlidir.
Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasida avtomatlashtirilgan tizimlar yaratilgan. EHM ѐrdamida mehnat va mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarga hamda me’ѐriy hujjatlarga
nisbatan hisob-kitobiga, mahsulot ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikni hisob-kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishidagi va boshqa bosqichlardagi uni sifatini tahliliga ishlov beradi.Hamma boshqaruvchi tizimlarga umumiylik belgilari bo’lib –sifat darajasiga topshiriq; bu topshirikni yaratish va uni amalga oshirish; vaqti-vaqti bilan sifat holatini rejalashtirilganiga nisbatan bajarilishini qiѐslash; har qanday og’ishlar bo’lgan takdirda o’zgartirishlar kirgizish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog’liq bo’lsa, turli xil muammolar paydo bo’ladi. Bu va shunga o’xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda mahsulot sifatini boshqarish
tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani bajaradi.
Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli kattadir, chunki har qanday texnologik jaraѐnlarni bir me’ѐrda ishlashi, ularni har bir bosqichida me’ѐriy hujjatlarning bajarilishiga qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va texnologik
intizomi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Vazifa sifatli mahsulot ishlab chiqarish, uning sifatini turg’unlashtirish, yangiliklarni tinmay joriy qilish, yangi bozorlarni
izlab topish va uni o’rganish – bularning hammasi mahsulotni dunѐ bozoriga olib chiqishga, uni raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirishga va korxonaning iqtisodiy faoliyatini yaxshilashga imkon beradi, demak korxona o’z navbatida sifatli mahsulot ishlab chikarish kerak.Sifatga bog’liq tashkiliy – iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqot predmetiga, ularni xal qilish yo’llari fan tarmog’iga aylangan. 80 – yillarning yirik urushi. Global iqtisodiѐtda ikkinchi jaxon urushidan so’ng AQSH ning yetakchiligi mustaxkamlandi. Butun dunѐda Amerika tajribasi o’rganildi va amaliѐtda qo’llanildi. 1953 yilda ingliz mutaxassislari AQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan keng qamrovli isloxotlarni o’tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish soxasida ular oqilona statistik nazoratdan foydalanilaѐtganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalari tanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko’ra maxsulotlarning 98%i yaroqli deb topilgan. yaroqsiz maxsulotlar istemolchi talablariga ko’ra bepul almashtirib berilgan