Mustaqil nazorat. Sanoati rivojlangan davlatlarda mustaqil nazorat o'tkazilishini ta’minlaydigan firmalar keng tarqaldi. Ta’minotchining korxonalari buyurtmachining korxonalaridan uzoqda joylashganda yoki ta’minotchi korxonalarini tekshirish nazoratchilar shtatini talab qilmaganda bunday firmalar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar buyurtmachiga foyda keltiradi. Ta’minotchining mustaqil nazoratchisi muayyan tarmoqlarda qabul qilingan talablarga javob bermaydigan, yetarlicha aniq bo'lmagan yoki noaniq qoidalarning mavjudligini hisobga olib, hujjatlar va tartiblarning norasmiy tekshiruvini olib boradi.
Agar buyurtmachi nazoratchilarning xizmatlaridan foydalansa, bu hoi nazorat funksiyalarining ta’minotchi qo'lidan ketishini anglatmaydi. Mahsulotning hamma nuqsonlari yoki jarayonni boshqarish tizimidagi barcha kamchiliklarni aniqlash ta’minotchi boshqaruv tizimining funksiyasi hisoblanadi.
Agar nazoratchi nuqsonlarning mavjudligini doimiy ravishda aniqlasa, buyurtmachi qoniqarli sifatga ega mahsulot bilan doimiy ta’minlanishi uchun nazoratchi ta’minotchining korxonasida muntazam ishlashi kerak.