Sug‘urtalash muammolari. Kichik ta’minotchi — korxonalar sifat muammolari bilan bog'liq da’volarning qo‘zg‘atilishidan sug'urtalanishiga zarurat sezadilar. Aks holda ular xonavayron bo'ladilar. Bunday vaziyat sug‘urta ishi sohasida yangi vazifalarni hal qilishni keltirib chiqardi.
Ta’minotchining uzoq vaqt mobaynida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan bogMiq tavakkalchiliklami sug‘urtalayotganiga sug'urta firmasi ishonch hosil qilishi kerak. Ta’minotchining ishonchli boshqaruv tizimiga egaligiga guvoh bo'lgach, sug'urta firmasi uni vaqti-vaqti bilan taftish qiladi. Bu buyurtmachi uchun ta’minotchi ishlab chiqarish imkoniyatlarining holati haqida xolis axborot hisoblanadi. Bundan tashqari, sug‘urta firmasi ta’minotchiga ishlab chiqarish jarayonining imkoniyatlarini oshirishda katta mukofotni taqdim qiladi.