Mahsulot sifatini oshirishning qisqa muddatli rejasi. Har bir korxona navbatdagi yil uchun ishchi rejani ishlab chiqadi. Bunday
reja ishlab chiqarish tartibi, kapital qo'yilmalar dasturi,
bozor strategiyasi,
rejalashtirilgan xarajatlar, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va yangi mahsulotni ishlab chiqarish rejalarini o‘z ichiga oladi. Strategik ishchi dastur hamma bo'linmalarda tahlil qilinadi. Unga zarur tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilgandan so‘ng, barcha bo'hnmalarning kelishuvi asosida reja tasdiqlanadi. Har bir bo‘linma tomonidan yillik strategik rejada mustahkamlangan talablaming
bajarilishiga asoslanilib, korxonaning erishgan yutuqlari va yo‘l qo'ygan kamchiliklari tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish rejalari navbatdagi yil uchun korxona strategiyasining ajralmas qismiga aylanishi zarur. Bu muhim ahamiyatga ega, chunki bir qator omillar (xarajatlar, mehnat resurslari, jihozlarga narxlar va sotish hajmi) ga qo‘yilgan talablar mahsulot sifati bilan chambarchas bog‘liq. Bunday rejalarsiz ishlab chiqarish samaradorligini oshirish rejalari foydaJanuvchilarga shubhali tuyuladi.
Har bir bo‘linma mahsulot sifatini oshirish rejasini ishlab chiqishda qatnashishi va unga kerakli takliflar, tuzatishlarni kiritishi zarur. Rejalar faoliyat sohasi va kiritilgan mablag‘lardan kutilayotgan foydani aniq tavsiflashi kerak. Faoliyatni yaxshilash masalalari bilan shug'ullanadigan boshqaruv kengashi va sifatni ta’minlash bo‘limi barcha taqdim qilingan rejalar asosida sifatni oshirish sohasida korxonaning strategiyasini ishlab chiqishadi.
Nazorat savollari:
Faoliyatning asosiy yo ‘nalishlarini tushuntirib bering.
Rahbariyatning qanday kamchiliklari tashkilotning faoliyatida muvaffaqiyatsizliklami keltirib chiqaradi?
Faoliyatni yaxshilash jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida J. Xarringtonning bergan tavsiyalarini sanab о‘ting.
Rahbarlarga o‘z korxonasining imkoniyatlarini aniqlash uchun qanday savollar bergan bo ‘lardingiz?
Nima uchun rahbarlar faoliyatni yaxshilash jarayonining tashab- buskorlari sifatida namoyon bo'ladilar?
Nima uchun liderni faoliyatni yaxshilash jarayonining rahbari etib tayinlash lozim?
J. Xarrington taklif qilgan namuna asosida tasawuringizdagi firmaning sifat sohasidagi siyosatini ishlab chiqing. Navbatdagi namuna orqali uning faoliyatni takomillashtirish jarayonini amalga oshirishga mos kelishini tahlil qiling.
Rejalashtirish ishlari qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
IBM korporatsiyasi misolida keltirilgan namuna asosida, o‘zingiz tasavvur qilgan korxona misolida rejalashtirish majmuini ishlab chiqing.
Nima sababdan rejalashtirish tartibi har bir xodimning rejalashtirishda qatnashishini talab qiladi?