0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti


Federatsiyaning oliy va ijroiya organlari



Download 0,88 Mb.
bet259/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   264
Bog'liq
sifat

Federatsiyaning oliy va ijroiya organlari. Federatsiyaning oliy organi Konferensiyadir. U besh yilda bir marta chaqiriladi.

Konferensiyaning vakolatiga quyidagilar kiradi:

  • Federatsiyaning Nizomini tasdiqlash, zarurat tug'ilganda unga qo'shim- cha va o‘zgartirishlar kiritish;

  • Federatsiyaning tarkibiga kiruvchilaming asosiy faoliyat yo'nalishlarini belgilash;

  • Federatsiyaning Kengashini, nazorat-taftish qo'mitasini saylash, hiso- botlarini eshitish, muhokama qilish va tasdiqlash;

  • Konferensiyaning muhokamasiga Federatsiya Kengashining tashabbusi bilan boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.

Konferensiyaning qarorlari qatnashchilarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Konferensiyalar oralig‘i davrida kamida 22 kishilik federatsiya kenga­shi federatsiyaning ijroiya organi hisoblanadi. Qoraqalpog'iston Respub­likasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy birlashmalaming rahbarlari va federatsiya raisining o'rinbosari — ijrochi direktor lavozimiga ko‘ra kengash tarkibiga kiradilar. Kengash a’zolarining besh nafar nomzodi iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish bo'yicha idoralararo kengash tomonidan tavsiya etiladi va kengash a’zoligiga kiritiladi. Federatsiya kengashining vakolatlari:

  • Federatsiyaning raisini saylash, Konferensiyalar oralig'ida zarurat tug'ilganda, kengash a’zolarini o'zining tarkibiga kiritish va tarkibidan chiqarish;

  • Federatsiya raisining o'rinbosari — ijrochi direktorini tasdiqlash;

  • Federatsiyaning faoliyatini asosiy yo'nalishlar bo'yicha muvofiqlash- tirish;

  • Konferensiyalarda qabul qilingan qarorlarni ijro etish;

  • Federatsiyaning faoliyatiga rahbarlik qilish;

  • Nizomning talablarini amalga oshirish, o'z a’zolarining ishlarini tako­millashtirish uchun tavsiyaviy, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;

  • hududiy birlashmalaming ish yuritish va boshqarish tartibini tasdiqlash;

  • davlat va nodavlat tashkilotlar bilan uzviy aloqani ta’minlash;

  • kengashning yillik sarf-xarajatlari, ishchi apparati va shtat birliklarini tasdiqlash;

  • kengash a’zolarining hisobotlarini eshitish;

  • Federatsiyaning jamoat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligini amalga oshirish;

  • Federatsiyaning tarkibiy bo'linmalari va hududiy birlashmalarining ish yuritish va boshqarish tartibini tasdiqlash;

  • tarkibiy bo‘linmalar va hududiy birlashmalarning moliyaviy, statistik va boshqa turdagi hisobotlarini ko‘rib chiqish;

  • Federatsiyaning faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va moddiy texnika bazasini yaratish;

  • Federatsiya kengashining a’zolariga vazifalami taqsimlash va h.k.

Federatsiya kengashi raisining vakolatlari:

  • Federatsiyaning asosiy vazifalari, faoliyat yo'nalishlari, huquq va majburiyatlarining bajarilishini tashkil qilish;

  • Federatsiya apparati xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish, vazifalarning taqsimotini tasdiqlash;

  • Federatsiya kengashining majlislarini tayyorlash va olib borish;

  • Federatsiyaning hududiy birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Federatsiya qoshidagi korxona, tashkilot yoki muassasalarning faoliyatini uyushtirish;

  • banklarda hisob raqamlarini ochish;

  • Federatsiya manfaatlaridan kelib chiqqan holda respublika hududida yoki chet ellarda faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro manfaatli shartnomalarni tuzish;

  • Federatsiya kengashining qarorlarini imzolash;

  • Federatsiya kengashining faoliyatiga oid buyruq va farmoyishlar chiqarish;

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu jumladan, chet ellarda iste’molchilarni va federatsiya manfaatlarini himoya qilish;

  • kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va boshqalar.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish