0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti


Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik



Download 0,88 Mb.
bet255/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   264
Bog'liq
sifat

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi.

0‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkor- likni qo'llab-quwatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ga:

  • qonun hujjatlarida yaroqlilik muddati ko'rsatilishi shart ekanligi belgilanganiga qaramay, yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan tovarlami realizatsiya qilish uchun qabul qilinganlik va sotganlik uchun tovar (ish, xizmat) laming xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi olinganda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi va ushbu tovarlarning istc’mol (foydalanish) uchun yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi olinganda realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda:

  • yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun — realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

  • iste’molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarma- ganlik uchun:

  • yuridik shaxslarga — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;

  • jismoniy shaxslarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega.

0‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbir- korlikni qo'llab-quwatlash davlat qo'mitasi, «0‘zstandart» agentligi, 0‘zbekis­ton Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, 0‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, 0‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari:

  • tovar (ish, xizmat)larni majburiy sertifikatlash qoidalari ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan buzilsa;

  • o'zlarining ko‘rsatmalarini ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bajarishdan bo'yin tovlasa, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasa;

  • normativ hujjat talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazilsa, jarimalar solishga haqlidir.

Jarima solish sud tomonidan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo'lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘laganda, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun huijatlarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) ning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida oyma-oy bo'lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.

Jarima solish ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) ni yo‘l qo'yilgan qonunbuzarliklami bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi.

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko'rsatmasini to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir. Ariza berish, agar sud ko'rsatmalarning ijro etilishini to'xtatib turish to'g'risida ajrim chiqarmagan bo'lsa, uni sudda ko'rib chiqish davrida bu hujjatlaming bajarilishini to'xtatib qo'ymaydi.

Tovar (ish, xizmat) laming xavfsiz bo'lishi haqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat)lar tufayh iste’molchilarga zarar yetkazilsa, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo'lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarming mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar.

Moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish. Mohyaviy xizmatlar ko'rsatadigan ijrochi o'zining tugatihshi yoki bankrot bo'lishi ehtimolini nazarda tutgan holda iste’molchilaming talablarini qondirish maqsadida o‘z javobgarligini sug'urta qildirishi shart. Moliyaviy xizmatlar ijrochisi iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun o'zining javobgarligi to'g'risida sug'urta shartnomasi borligi haqida iste’molchiga axborot berishi shart.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish