ISO — 9000-4 (MEK 300-1). Ishonchlilik dasturini boshqarish bo'yicha rahbarlik.
ISO — 9000-4. Sifatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv ko'rsatmalari.
ISO — 10005. Sifat dasturi bo'yicha boshqamv ko'rsatmalari.
ISO — 10006. Loyihani boshqarishda sifat bo'yicha boshqamv ko'rsatmalari.
ISO — 10007. Konfiguratsiyani boshqarish bo'yicha boshqamv ko'rsatmalari.
ISO — 10012-1. O'lchash jihozining metrologik yaroqliligini tasdiqlash tizimi.
ISO/PMS — 10012-12. O'lchash jarayonini boshqarish.
ISO — 10013. Sifatga rahbarlikni ishlab chiqish bo'yicha boshqamv ko'rsatmalari.
ISO/PMS - 10014. Sifatning iqtisodiy jihatlarini boshqarish bo'yicha boshqamv ko'rsatmalari.
ISO/PSK— 10015. Xodimlarni uzluksiz o'qitish va tayyorlash bo'yicha boshqamv ko'rsatmalari.
ISO/RP - 10016. Nazorat va sinovlarning bayonnomalari. Natijalarni taqdim etish.
ISO/RP — 10017. ISO — 9000 standartlari oilasida statistik usullardan foydalanish bo'yicha rahbarlik.
Sifat tizimlarining amal qilinishi ishlab chiqarish faoliyatining hamma turlari bilan bir vaqtda yuz beradi va o'zaro munosabatda bo'ladi.
Barcha sifat tizimlarining asosida «sifat halqasi» yotadi. U mahsulot hayot davrining hamma bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
ISO — 9004 standarti. ISO — 9004 standartiga ko‘ra mahsulotning hayoti 11 bosqichga bo‘linadi: 1) marketing, bozomi tadqiq qilish va o'rganish (MRK) (qanday mahsulotning qanday sifatda va qancha narxda iste’molchiga kerakligini aniqlash lozim); 2) texnik talablarni loyihalash va ishlab chiqish, buyumni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash (ICHKT) (konstruktor mahsulot tayyorlash imkoniyatini, materiallar va mo‘ljaldagi narxni belgilaydi); 3) moddiy — texnik ta’minot (MTT); 4) ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash (ICHTT); 5) ishlab chiqarish (ICH); 6) nazorat, sinovlarni o'tkazish va tekshiruv (NSO‘T); 7) butlash va saqlash (BS); 8) mahsulotni sotish va taqsimlash (MST); 9) montaj qilish va ekspluatatsiya (ME); 10) texnik yordam va xizmat ko‘rsatish (TYXK); 11) foydalanishdan so‘ng utilizatsiyalash (UT).
Marketing bosqichida mahsulotni utilizatsiyalashgacha bo‘lgan hamma bosqichlar haqida fikr yuritish zarur. Har bir bosqichda sifat baholanishi lozim.
Moddiy-texnik ta’minot bosqichida sotib oladigan materiallar, dastalanuvchi detallar va bog‘lamlar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qismiga aylanadi va buyumning sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, ta’minotlarning kelishi texnik shartlar, chizmalar, shartnomalar va ta’minlashga buyurtmalarga belgilangan talablar asosida rejalashtirilishi va nazorat qilinishi kerak.
Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida ishlab chiqarish operatsiyalarini rejalashtirish bu operatsiyalaming muayyan tartibda va ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Tanlangan texnologik jarayonlar mahsulotni belgilangan texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqarishi kerak. Butun ishlab chiqarish jarayoni davomida mahsulotning sifat xususiyatlari va o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi tekshirilishi kerak.
Sifatni boshqarish buyumning butun hayot davri davomida ko‘rib chiqiladi. Bunda standartlar inson va atrof-muhit uchun mahsulotning xavfsizlik belgilarini hisobga olishni talab qiladi.
ISO — 9004 standarti «sifat halqasi» ning barcha bosqichlarida — ehtiyojlarning aniqlanishidan iste’molchilar ehtiyojlarining qondirilishigacha mahsulotning sifatiga ta’sir ko'rsatuvchi boshqaruvchi hujijat hisoblanadi. Standartning barcha tavsiyalari samarali sifat tizimini ishlab chiqishda inobatga olinishi kerak.