Rag‘batlantiruvchi shartnomalar yordamida muammolarni hal qilish. Rag‘batlantiruvchi shartnomaJarni imzolash bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolar yuqorida ko‘rib chiqilgan. Bunday muammolardan biri shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda va ularga amal qilinmaganda, jarima sanksiyalari qo'llanilishini ko'zlovchi shartnomalarni imzolashda vujudga keladi. Bu buyurtmachi va ta’minotchi aloqalarining rivojlanish yo'lidagi asosiy to‘siq hisoblanadi.
Ko‘p muammolarning paydo bo'lishi shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish darajasiga bog‘liq. Bunday yondashuv ko‘plab muammolarni hal qilishga yordam beradi. Yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarish yo‘lida buyurtmachilar, odatda, ta’minotchilardan ishlab chiqarish jarayoni va boshqaruv tizimini tavsiflovchi puxta tayyorlangan hujjatlar taqdim etilishini talab qiladilar.
Bunday hujjatlarda quyidagi ma’lumotlarning bo‘lishi talab qilinadi: Xodimlarni tayyorlash va o‘qitish.
Attestatsiyalashning dastlabki bosqichi va vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan qayta o'tkazish tizimi.
Nazorat jihozlarini tekshirishni ta’minlovchi tizim.
Tshlab chiqarish jarayonining amal qilishiga oid ma’lumotlarni to'plash.
Hisobotni olib borish tizimi.
Jarayonni statistik nazorat qilish tizimi haqida.
Bunday hujjatlarga asoslanib buyurtmachi nazorat ro‘yxatini tuzadi va ta’minotchining ishlab chiqarish jarayonining muayyan shartlarga moslik darajasini aniqlaydi. Ta’minotchi mahsulotning sifatini pasaytirmagan holda hujjatlarda jarayonga qo'yilgan talablardan biroz chetga chiqishi mumkin. Masalan, nazorat ro‘yxatida ko‘rsatilganidek, ishchi olti oy emas, balki yetti oydan so‘ng qayta attestatsiyalashdan o'tishi mumkin. Talablardan bunday chetlanishga ruxsat beriladi. Bunda shartnomaviy majburiyatlar vaqt bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishlar jarayonida ta’minotchining faqat sifatli mahsulotni ishlab chiqarishga yaqinlashishi uchun mukofotlar to‘lanishini nazarda tutadi.
Buyurtmachi tomonidan nuqsonga nisbatan qat’iy turish ta’minotchini sifatli mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantirishi mumkin. Nuqson aniqlanganda buyurtmachi nazorat o‘tkazishni to‘xtatishi va ta’minotchidan uning nazoratchisini partiyadagi qolgan mahsulotlarni tekshirishga yuborishini talab qilishi, yetkazib berilmagan mahsulot qabul qilinmaguncha pul to‘lashni to'xtatib turishi, qaytarib yuborilgan materialni transportirovkalash, qayta ishlash xarajatlarining hisobotini ta’minotchiga topshirishi yoki beburd hamkoming xizmatlaridan voz kechishi kerak.