0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti


Ta’minotchining faoliyatini miqdoriy baholash



Download 0,88 Mb.
bet175/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   264
Bog'liq
sifat

Ta’minotchining faoliyatini miqdoriy baholash. Mahsulot yetkazib berishning o‘z vaqtidaligi va xarajatlar bilan bir qatorda sifat ta’minotchi faoliyatini baholashning uch mezonidan biri hisoblanadi. Ta’minotchi sifatini har tomonlama baholash tizimi barcha bu uch mezonni o‘z ichiga olishi kerak.

Ta’minotchi faoliyatini baholashning ko‘p usullari mavjud. Sifat, mahsulot yetkazib berishning o‘z vaqtidaligi va xarajatlar darajasining alohida ko‘rsatkichlarini umumiy baholashga imkon beruvchi oddiy usuldan foydalanish afzaldir.

Bu ko'rsatkichlaming har biri o‘ziga xos murakkabligi bilan farq qilishi mumkin. Avvallari sifatni baholash partiyalarda yo‘l qo'yiladigan nuqson me’yoriga qisman asoslangan. Biroq nuqsonning mavjud bo‘lmasligini mo‘ljallashda bir necha birlikdan milliongacha bo'lgan hisoblarda yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan nuqson me’yoriga amal qilish ko'proq maqsadga muvofiq. Bunday me’yorni aniq belgilash uchun zarur bo‘lgan mahsulotni yoppasiga nazorat qilish tejamkorlikka olib kelmaydi. Shuning uchun, ta’minotchining ishlab chiqarish jarayonini boshqarish tizimini doimiy tekshirish natijalariga asoslangan sifat ko‘rsatkichlarini tavsiya qilish mumkin. Ta’minotchining sifat ko'rsatkichlari ham ishlab chiqarish liniyasi, ham ekspluatatsiya sharoitlarida buyum qabul qilinganidan keyin yuzaga keladigan istalgan muammolarni ifodalashi kerak.

Sifatning baholariga ko‘ra turli nuqsonlar turhcha aniqlanishi mumkin: o‘ta muhimlari, muhimlari va muhim bo‘lmaganlari yoki ikkinchi darajalilari. Biroq noto‘g‘ri yoki sifatsiz butlash singari ikkinchi darajali nuqsonlar, «nofunksional» o'lchamlardan sezilarsiz chetlanishlar avtomatning ishini to'xtatib qo'yishi, transportlash tizimiga salbiy ta’sir qilishi, jihozlarni qayta ishlashning sababiga aylanishi mumkin. Shu tarzda, nuqsonlarning turkum- lanishi haqqoniy hisoblanmaydi. Barcha nuqsonlar teng darajada yuqori samarali ishlab chiqarish sharoitlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, mavjud bo‘lmagan nuqson tushunchasi nuqson bo'lmasligini mo‘ljallash degani emas.

Ko‘rsatkichlarning eng soddasi ta’ininot sifatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ta’minotning o‘z vaqtidaligini ifodalovchi yo‘l qo'yiladigan chegaralarni aniq belgilash zarur. Eng sodda tizim ta’minotlarni o‘z vaqti va o‘z vaqtida bo‘lmagan turlarga ajratishni nazarda tutadi. Murakkabroq tizim ta’minotning

vaqtdan ilgari yoki kechikib kelgani bilan bogiiqlikda turli jarimalarni belgilashni ko‘zda tutadi. Muddatdan awal bo'lgan ta’minot o‘z vaqtida boimagan ta’minotlar kategoryasiga kiradi, chunki yetkazib berilgan mahsulotni joylashtirish bilan bog'liq ortiqcha zaxira va qiyinchiliklami ifodalaydi.

Ta’minotchining xarajatlari ko'rsatkichini aniqlash ham haddan tashqari murakkab, ham qisman o‘z-o‘zidan topiladigan boiishi mumkin. Bir necha ta’minotchilarning narxlarini eng past xarajatlar bilan solishtiruvchi ko‘rsatkichga e’tibor beriladi, ammo bu ta’minotchi haqidagi maxfly axborotning tasodifan oshkora tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ta’minotchilarning kam soniga e’tiborni qaratish bunday ko'rsatkichning ahamiyatini pasaytiradi. Agar ma’lum qoida uzoq muddatli shartnomada mustahkamlangan bo'lsa, boshqacha yondashuvning asosida ta’minotchi faoliyati samaradorligining xarajatlarning rejalashtirilgan qisqarishiga munosabatini aniqlash yotadi. Biroq ta’minotchi xarajatlarining ko'rsatkichlarini aniqlashda eng yaxshi yechim haqiqiy narxlami baholash qiymati bilan taqqoslash hisoblanadi.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish