0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsuis ta’lim vazirligi g‘. Hojiahmedov, I. Yaxyayeva, M. Umarova, A. Usmonov sifat menejmenti


Ta’minotchi mahsulotining sifati haqida hisobotlar



Download 0,88 Mb.
bet174/264
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#203486
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   264
Bog'liq
sifat

Ta’minotchi mahsulotining sifati haqida hisobotlar. Buyurtmachi ta’minotchini ular ishining sifati haqida axborot bilan uzluksiz ta’minlashga mas’ul. Bunday axborot o‘z vaqtida yetkaziladigan, aniq, ketma-ket bo'lishi va ta’minotchining unga qiziqqan mutaxassislariga yuborilishi kerak.

Axborotning o'z vaqtida taqdim etilishi uning muhimlik darajasiga bog'liq. Nuqsonli mahsulotning aniqlanishi haqidagi xabar darhol yoki kamida nuqson aniqlanganidan bir necha soatdan keyin jo'natilishi kerak. Buyurtmachi tomonidan jiddiylik darajasi belgilanmagan muammoning yuzaga kelish

ehtimoli haqida ta’minotchini oldindan ogohlantirishdan nomunosib ishning o‘zi yo‘q. Shunga o'xshash ogohlantirish ta’minotchining oldindan jarayonni tekshirishni va muammo haqiqatan ham jiddiy bo‘lsa, ishlab chiqarishini to'xtatishiga olib keladi. Bundan tashqari, muammolar yuzaga kelishining yuqori ehtimolli sabablarini aniqlash va tuzatish ta’sirlarining butun jarayonini tezlashtirishi uchun ta’minotchining fikri katta ahamiyatga ega.

Muammo bo‘lmaganda ta’minotchi ishining sifati haqidagi axborotni muntazam taqdim etishning ahamiyati katta. Hattoki mahsuloti qo'yilgan talablarga 100% javob beradigan ta’minotchilar ham o'zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotning qoniqarli sifat darajasini tasdiqlovchi axborotni muntazam olishlari kerak. Bunday axborotni o‘z ichiga olgan hisobotlar kamida har oyda nashrdan chiqarilishi kerak.

Hisobotlar, ayniqsa, nuqsonlar aniqlanganda, aniq ma’lumot berishi kerak. Bunday axborotda ta’minotlar raqami singari ta’minotlar hajmi va nuqsonlarning xususiyatini aniq ko'rsatish ta’minotchi uchun tegishli choralarni ko‘rishda nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Buyurtmachi uchun muammoni aniqlovchi yoki boshlang‘ich o'lchashlarni amalga oshiruvchi nazoratchining familiyasi, foydalaniladigan uskunalar yoki nazorat usullari va buyumlarni yakuniy taqsimlashga tavsifni o‘z ichiga olgan muhim axborot taqdim etiladi. Shunga o'xshash axborot qaytariladigan muammolarni hal qilish, ta’minotchining ishlab chiqarish faoliyatini uzoq muddatli boshqarish va tayyor mahsulotdan foydalanishda yuzaga keladigan muammolarni ko‘rib chiqishda o‘ta muhim boMishi mumkin.

Buyurtmachining turli vakillari ta’minotchi bilan doimiy aloqada bo‘lishmas ekan, ta’minotchi mahsulotining xususiyatlari haqidagi axborotni taqdim qilish ketma-ketligini belgilovchi talablar jiddiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Qarama-qarshi bo‘lgan yoki ma’lum ketma-ketlikda berilmagan axborot ta’minotchi uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Axborotning ketma-ketlikda taqdim qilinishini ta’minlash xaridorning majburiyati hisoblanadi.

Uzoq muddat davomida axborotlarni ketma-ketlikda taqdim qilish ta’minotchining faoliyati haqidagi hisobotlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Buyurtmachilar kirish materiallarining sifatini boshqarishni ta’minlovchi o‘zlarining tizimlarini takomillashtirishga intilishar ekan, namunalarni tanlash tamoyillari, yaroqsiz mahsulotni bartaraf qilish tartiblari, nazorat usullarida zarur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu o'zgarishlarning ko'pchiligi ishlab chiqarish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritib, ta’minotchi mahsulotining sifatini baholashda o‘zgartirish!arni keltirib chiqaradi.

Ko'p hollarda buyurtmachi ta’minotchining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni bu masalalar bilan bevosita shug'ullanadigan odamga taqdim eta olmaydi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati haqidagi hisobotlar, odatda, sifat masalalari bilan shug‘ullanadigan ta’minotchining mutaxas- sislariga yuboriladi. Lekin mahsulotni sotish bilan shug ullanuvchi ishlab chiqaruvchilar va mutaxassislar bunday hisobotlarga qiziqadilar. Hisobotlar yuqori pog‘ona rahbariyatiga ham yuborilishi kerak, chunki u sifatni ta’minlash sohasida butun tashkilotning siyosatini belgilashga eng samarali ta’sir ko‘rsatadi. Buyurtmachilaming uzoq davom etadigan sifat muammosini jon- jahdi bilan hal qilishda yuqori pog‘ona rahbariga so'nggi instantsiya sifatida yordam so‘rab murojaat qilgan va ularning bu muammo haqida birinchi marta eshitayotganlarini bilgan hollari kam emas. Bunday vaziyat uchun javobgarlikni buyurtmachi va ta’minotchi o‘rtasida teng taqsimlash mumkin.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish