Seminarlarning tuzilishi shartnomalar va muhandislik hisoblarida yetarli darajada ifodalanmagan ishga bog'liq va texnik axborotlarning hammasini o'zida aks ettirishi kerak. Tijorat shartlari va ishlab chiqarish rejalarining o'zgarishi, yangi texnik shartlar, o'lchash usullaridagi yutuqlar, kirish materialini nazorat qilish tamoyillari yoki zaxiralarni boshqarish usullarining o'zgarishi, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishning yangi tamoyillari va ta’minotchilarning muvaffaqiyatli faoliyati bilan bog'liq masalalar seminarlaming kun tartibidan o'rin olishi mumkin. Shu kabi masalalarni muhokama qilish buyurtmachi va ta’minotchining o'zaro munosabatlarini yo'lga qo'yish uchun katta ahamiyatga ega, chunki ularning oz qismi buyurtmachi va ta’minotchining huquqlari va majburiyatlari ifodalangan hujjatlarda to'liq aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |