Boshqaruv tizimlarining sifatli ish yuritishini ta’minlash guruhining faoliyati. Ushbu guruh korxonadagi butun tizim uchun javob bermaydi, balki faqat tizimning boshqarilishini ta’minlaydi va uning samaradorlik darajasini baholaydi. Bundan tashqari, tizimlar nisbatan barqaror bo'lib, tez-tez o‘zgarishlarga uchramaydi. Shuning uchun bunday guruhning a’zolari ko‘p bo'lmaydi.
Tizimlar ish yuritishining sifatini ta’minlash xizmatining asosiy vazifalari: Bir necha faoliyat turlarini o‘z ichiga olgan tizimlarni tekshirish.
Bo‘limlar doirasida tekshiruvlarni o'tkazish.
0‘z-o‘zini baholash o‘tkazish dasturlarini o‘zaro muvofiqlashtirish.
Tizimlarni boshqarish sohasida xodimlarni o'qitish va tayyorlash.
Tizimlarni boshqarish masalalari yuzasidan rahbariyatga tavsiyalar