Bilim shakllari
-
Inson o’zini qurshagan olamni
anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida o’zlashtiradi.
Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin.
Birinchi
–
moddiy-texnikaviy usul
–
tirikchilik vositalarini
ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi
–
ma
’naviy
(ideal) usul; uning doirasida subyekt va obyektning
bilishga doir munosabatlari ular o’rtasidagi ko’p sonli
munosabatlarning biridir. O’z navbatida, bilish jarayoni va
unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy
rivojlanishi mobaynida ta
baqalanadi va o’zining har xil
shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari,
garchi
o’zaro
bog’liq
bo’lsa
-da,
lekin
bir-biriga
o’xshamaydi va har bir biri o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Bilish, ma’naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyat
paydo bo’lgan davrdan va jamiyat bilan birga ma’lum
rivojlanish
bosqichlaridan
o’tib
kelmoqda.
Bu
bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi
mobaynida yuzaga kelgan rang-
barang va o’zaro
bog’langan ijtimoiy
-madaniy shakllarda amalga oshiriladi.
Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga,
hatto
so’zning
o’z
ma’nosidagi
bilishni
to’liq
«qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog’lash mumkin
emas. Shu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun
faqat bir soha
–
ilmiy bilimdan va hatto yuksak darajada
rivojlangan
tabiatshunoslikdan
material
olib,
o’z
xulosalarini chiqara olmaydi.
11
3
1
6
Bilishning bosqichlari falsafiy muammo sifatida.
12
2
1
3
Rim imperiyasining qulashi va ilk o‘rta asrlar Evropa madaniyati
falsafasi.
O’rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkurning
rivojlanish xususiyatlari. G’arb va Sharq falsafiy tafakkuri
XVI asrgacha har biri o’z yo’lida rivojlangan: arab
musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan
qismida falsafaga dinning ta’siri Yevrop
a va Sharqiy
Osiyodagidan kamroq bo’lgan.
Bu davrda arab musulmon
fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan.
Xitoyda ham fan, garchi din ta’siri ancha kuchli bo’lsa
-da,
Yevropadagidan ilg’orroq bo’lgan. Ayrim
Sharq faylasuflari
o’z asarlarin
i antik davr mutafakkiri Demokritning atomlar
haqidagi ta’limoti, Empedokl elementlari, Pifagor
matematikasi, Platon g’oyalari, Aristotelning falsa
fiy va
tabiiy-
ilmiy merosi, ayniqsa uning mantiq tizimi ta’sirida
vujudga kelgan ilmiy-
falsafiy an’ana ruhida
yaratganlar.
Yevropa falsafasida materializm o’rta asrlarda
Sharqdagidek keng tarqalmagan va madaniyatga kuchli
ta’sir ko’rsatmagan. U sxolastikada realizm bilan bir
qatorda paydo bo’lgan nominalistik falsafa ko’rinishida
rivojlangan va avval ayrim narsa
lar va hodisalar, so’ngra
ularning in’ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin
qilinuvchi umumiy tushunchalarda mavjud, degan
g’oyadan kelib chiqqan. Ammo falsafani ilohiyotga qaram
qilishga harakat qilgan din mafkuraning hukmron shakli
sanalgan.
Ilk
o’rta asrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining
asosiy shakllari apologetika va patristika bo’lgan.
Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning
ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa
diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz
bergan.
Bunda
xristianlikka
qarshi
neoplatonizm
falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda
apologetika
, ya’ni
xristianlikni asoslash va himoya qilish
falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ni
ng falsafiy
ta’limoti –
patristika (lot. pater
–
ota)
paydo bo’lgan.
Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy
Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-
430)dir. U o’rta
asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi
davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb
hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan
topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g’oyalari –
«bu
ijodkor
ijodga
kirishish
oldidan
yuritgan
mulohazalar»
1
dir. Xudo dunyoni yo’qlikdan yaratgan.
Inso
n panoh topishining asosiy yo’li uning xristian
1
Августин \\ Всеминаря энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С. 177.
cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy
shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining
ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi
–
«dunyoviy
shahar», ya’ni «Xudoga nisbatan na
frat darajasiga
ko’tarilgan o’z
-
o’ziga bo’lgan muhabbatga» asoslangan
davlatchilik; ikkinchi
–
«o’z
-
o’ziga nisbatan nafrat
darajasiga ko’tarilgan Xudoga bo’lgan muhabbat»ga
asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur
asarlari: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba».
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va
kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat
qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o’zligini, uning ruhiy
holatlarini o’rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini
uning go’
daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida
shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan
zo’rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda
bolaga zo’rlik ishlatishdan davlat darajasida zo’rlik
ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi
muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar
o’tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida
Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg’onishiga sabab
bo’ldi. Avgustin inson subyektiv tarzda erkin harakat
qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo
bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig’ini insonning
o’zligidan,
inson
tafakkurining
o’z
-
o’zi
uchun
ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs
uchun o’zlikning rolini ko’rsatib berdi. Zero «Men»
-
tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan
«berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o’z
«Meni»ni qanday kashf etadi, degan savolga javob
topishga harakat qiladi.
Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi
atamaning o’zini Volter taklif qilgan bo’lsa
-da, Avliyo
Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik»
tushunchasi mavjud bo’lmagan: yunonlar dunyoni estetik
jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar.
Avgustin esa o’tmish –
hozirgi davr
–
kelajakning o’zaro
aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan.
Hozirgi davr
–
bir lahza, zero u o’tmishga chekinadi va
kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat)
hayoti buni tasdiqlaydi.
Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning
yaratilishiga asos bo’lgan va uzoq v
aqt mobaynida antik
falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar
–
Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o’rganish
manbalaridan biri bo’lib xizmat qilgan. Plotinning
universal triadasi
–
«yagona –
aql
–
jon» sxolast
-
faylasuflar e’tiborini
o’ziga tortgan.
Sxolastika (yunon. schole
–
maktab)
–
maktab
ta’limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to’la bog’liq
bo’lgan o’rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik
falsafa doirasida nominalizm va realizm o’rtasida kurash
avj olgan. Dastavval
: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta:
Xudo-ota, Xudo-
o’g’il va Xudo
-muqaddas ruh, degan fikrni
qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol
o’rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan
bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va
tom ma
’noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakka
va umumiy dialektikasining muhokamasiga aylangan.
Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy
tushunchalar
–
«universaliyalar» mavjudligi to’g’risida so’z
yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan
universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo’ladi va
narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu
ashaddiy realizm zamirida Platonning «g’oyalar dunyosi»
va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi.
Nominalistlar «universaliyalar n
arsalardan keyin
vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar.
Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir,
«umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so’zlar
yoki nomlar bo’lib, ularning yordamida odamlar ayrim
predmetlarni umumlashtira
dilar. Mo’tadil nominalistlar
insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o’xshash
jihatlarning in’ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin
qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo
bo’luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya’ni amalda
umumiy v
a yakkaning aloqasi to’g’risidagi idealistik
konsepsiyani ishlab chiqqan bo’lsa, nominalizm bu
muammoni materialistik yo’l bilan yechishning o’ziga xos
timsoli bo’lgan.
Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o’rtasidagi
bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning
tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda
muhokama qilingan.
Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik teologiyani
yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida
e’tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya
yig’indisi», «Falsafa yig’indisi», «Majusiylarga qarshi
yig’indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga
tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan Sharqqa salb
yurishi chog’ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq
ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi.
Borliq
-
ayrim
narsalarning
mavjudligi,
ya’ni
substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqyelik kabi
kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl
kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya
imkoniyat sifatida, shakl esa
–
voqyelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya
haqidagi asosiy g’oyalaridan foydalanib, din haqidagi
ta’limotni ularga to’la bo’ysundiradi. Materiya shaklsiz
mavjud bo’lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki
«shakllarning shakli»
-
Xudoga bog’liqdir. Xudo esa sof
ma’naviy mavjudot. Shaklning materiya bilan birikuvi
moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya
(Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi.
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o’z
-
o’zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga
qodir bo’lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo
borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham
foydalanuvchi o’z dalil
-isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham
diqqatga sazovor. U shaxs -
«oqilona tabiatdagi eng
olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs
aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-
zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni
Foma Akvinskiy Xudoga bo’lgan muhabb
atdan keyingi
o’ringa qo’yadi, ya’ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga
emas, balki Xudoga qaratilgan bo’lsa, aqldan ustun
bo’lishi mumkin.
Foma Akvinskiy o’zining «Podsholar boshqaruvi
haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida,
davlatga
esa xalq farovonligi haqida g’amxo’rlik qiluvchi
tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u
axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog’laydi va hatto
xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko’tarish
huquqi to’g’risida so’z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va
qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va
fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy
qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi.
Uning fikricha, dunyoviy hayot bo’lg’usi ma’nav
iy hayotga
tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy
–
ma’naviy
hokimiyatga bo’ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda –
Iso Masih, Yerda
–
Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy
siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan,
Aristotel kabi monarxiyani
afzal ko’radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab
dominikan sxolastlari
ning bayrog’iga aylandi, XVI
asrdan
e’tiboran iyezuitlar tomonidan targ’ib qilina boshladi.
Iyezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy
tizimini sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi zamon falsafiy
tafakkurining
qudratli
oqimlaridan
biri
sanalgan
neotomizm negiziga aylandi.
13
1
1
12
Estetika fan sifatida nimalarni o‘rganadi
Har bir fanning muayyan tadqiqot obyekti bo’lib, bu
obyekt tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar
hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni
yangidan idrok etishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lumki,
dialektikaning biror-bir kategoriyasini voqyelikdan ayri
holda tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, bu kategoriyalar
(yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k)
insonni o’rab turgan olamda sodir bo’ladigan voqyea-
hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to’g’ri
tahlil etishga ko’mak beradi. Estetika ham falsafiy fan
sifatida o’zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika
kategoriyalari (go’zallik, hunuklik, ulug’vorlik, tubanlik,
fojiaviylik, kulgililik va h.k.)
inson va tabiat, inson va
jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda
vujudga keladi.
Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab
chiqish muammosi ko’p yillardan buyon olimlar e’tiborini
jalb etib kelmoqda. Bu borada go’zallik, ulug’vorlik,
fojiaviylik, kulgulilik, xunuklik kabi an’anaviy ko’rinish
ko’pgina adabiyotlarda o’z aksini topgan. Biroq,
bizningcha, mazkur kategorial tasnifdagi ketma–ketlik va
ular orasidagi bog’liqlik o’zini to’laqonli ko’rsatib bera
olmaydi. Bugungi kunda
Do'stlaringiz bilan baham: |