0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


"Metod" va "metodologiya" tushunchalari



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/61
Sana18.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#383709
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Bog'liq
falsafa javoblar

"Metod" va "metodologiya" tushunchalari
. Metod 
(yunon.  metods 

 
usul)  keng  ma’noda  yo’l,  ijodiy 
faoliyatning  har  qanday  shakli  kabi  ma’nolarni  anglatadi. 


Metodologiya  tushunchasi  ikki  asosiy  mazmunga  ega 

 
faoliyatda  qo
’llaniladigan  ma’lum  usullar  tizimi  (fanda, 
siyosatda,  san’atda  va  h.k.);  tizim  haqidagi  ta’limot  yoki 
metod nazariyasi. 
Fan  metodologiyasi  uning  strukturasi,  taraqqiyoti, 
ilmiy  tadqiqot  vositalari  va  usullari,  uning  natijalarini 
asoslash 
yo’llari, 
bilimni 
tajribaga 
tatbiq 
qilish 
mexanizmlari  va  shakllarini  o’rganadi.  Shuningdek, 
metodologiya  metodlar  yigindisi  va  faoliyat  turi  haqidagi 
ta’limotdir.
 
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, 
harakat  va  bilim  mezonlarining  yig’indis
i  hamdir.  U 
tamoyillar,  talablar  tizimi  bo’lib,  subyektni  aniq  vazifani 
bajarishga,  faoliyatning  shu  sohasida  ma’lum  natijalarga 
erishish sari yo’naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni 
tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo’l bilan yetishishga 
yordam beradi. 
Metodning  asosiy  vazifasi  faoliyatning  bilish  va 
boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq: 
-birinchidan, 
metod 
va 
metodologik 
muammolarning 
rolini 
inkor 
qilish 
yoki 
to’g’ri 
baholamaslik ("metodologik negavizm"); 
-ikkinchidan,  metodning  ahamiy
atini  bo’rttirish, 
mutlaqlashtirish,  uni  barcha  masalalarning  kaliti,  ilmiy 
yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik 
eyforiya), deb tushunish noto’g’ridir.
 
Har  qanday  metod  ma’lum  nazariya  asosida 
yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon 
bo’ladi.  Har  bir  metodning  samaradorligi  uning  chuqur 
mazmun 
va 
mohiyatga 
egaligi, 
nazariyaning 
fundamentalligi  bilan  asoslanadi.  O’z  navbatida,  metod 
mazmuni  kengayib  boradi,  ya’ni  bilimning  chuqurlashishi 
va  kengayishi,  tajribaga  tatbiq  etilishi  bilan  metodning 
ko’lami ham o’zgaradi.
 
 
40 



Ijtimoiy bilish metodlari va metodologik muammolari. 
,  ijtimoiy  bilishda  inson  o’z  faoliyatining  mahsuli, 
amaliy faol jonzot bo’lgan o’zi bilan ham ish ko’radi. Bilish 
subyekti  bo’lgan  inson  shu  tariqa  uning  obyektiga  ham 
aylanadi.  Shu  ma’noda  ijtimoiy  bilish  insonning  ijtimoiy 
o’zlikni anglash jarayonidir. 
Bunda inson tarixiy rivojlanish 


jarayonida  yaratiladigan  o’zining  ijtimoiy  mohiyatini  o’zi 
uchun kashf etadi va o’rganadi.
 
Shu sababli ijtimoiy bilishda subyekt va obyektning 
o’zaro  aloqasi  murakkablashadi,  bu  yerda  obyekt  bir 
vaqtning o’zida tarixiy ijod 
subyekti hamdir.  
Ijtimoiy  bilishda  hamma  narsa  va  hodisalar  inson 
sohasida  aylanadi:  bilish  obyekti 

 
odamlarning  o’zi  va 
ular  faoliyatining  natijalari,  bilish  subyekti  ham  insondir. 
Bilish  jarayoni  shohidlarning  guvohliklari,  hujjatlar, 
so’rovlar,  so’rov
nomalarsiz,  odamlar  yaratgan  mehnat 
qurollari  va  madaniy  yodgorliklarisiz  bo’lishi  mumkin 
emas.  
Bularning  barchasi  ijtimoiy  bilishga  ma’lum 
darajada  o’z  ta’sirini  o’tkazadi  va  uning  o’ziga  xos 
xususiyatlarini  shakllantiradi.  Ayni  shu  sababli  ijtimoiy 
bili
shda  olimning  grajdanlik  pozisiyasi,  uning  ma’naviy 
qiyofasi, haqiqat ideallariga sodiqligi juda muhimdir.  
 
41 



Strukturalizmning mohiyati nima ? 
Strukturalizm  (lot.  structuma 

  tuzilish,  joylashish, 
tartib) - 
G’arb falsafasining yangi yo’nalishlaridan biri. 
 
Strukturalizm, 
umumiy 
falsafiy-epistemologik 
tasavvurlar,  metodologik  mo’ljallar  va  o’ziga  xos  tahlil 
birlashtiruvchi ayrim fanlar (lingvistika, adabiyotshunoslik, 
etnografiya,  tarix,  estetika,  san’atshunoslik,  psixologiya, 
sosiologi
ya,  falsafa)dagi  yo’nalishlar  majmui  sifatida,  XX 
asr boshidan 40-yillargacha shakllandi.  
Strukturalizmning 
ko’pgina 
g’oyalari 
yuzaga 
kelishiga turtki bergan mutafakkirlar qatoriga V.Gumboldt 
(inson  ongi  dunyosini  modellashtirishda  tilning  dinamik 
roli),  Ch.Pirs  (semiotika  asoschisi),  E.Kassirer  (inson  xulq-
atvori  va  ongining  shakllanishida  til,  mifologiya  va  san’at 
simvolik tizimlarining roli)ni kiritish mumkin.  
Strukturalizmning 
asosiy 
xususiyati 
shundan 
iboratki,  uning  tarafdorlari  inson  hissiy  idrok  etishi 
mumkin  bo’lgan  barcha  hodisalarga  «fenomenlar»,  ya’ni 
ichki,  teran  va  shu  sababli  «noaniq»  strukturalarning 
sirtda 
namoyon 
bo’lishi 
(manifestasiya) 
sifatida 
qaraganlar  va  ularni  yoritishni  o’z  vazifasi  deb 
hisoblaganlar.  


Bu vazifani hal qilishda strukturalizm pafosi ijtimoiy 
fanlarga aniq fanlar maqomini berishga qaratildi.  
Struktura  tushunchasi  strukturalizmning  bosh 
tushunchasi  hisoblanadi.  Struktura  deganda  turli  ichki  va 
tashqi  o’zgarishlarda  har  xil,  ko’p  variantli  tushunchalar 
majmui  yoki,  str
ukturalistlar  ta’biri  bilan  aytganda,  har 
qanday  diaxronik  rivojlanuvchi  tizimning  sinxron  qayd 
etilishi  tushuniladi.  Strukturalizmda  ko’pincha  model 
sifatida  belgilanuvchi  har  qanday  struktura  uch  zaruriy 
shart:  elementlar  mustaqil  butunga  yaxlit  bo’ysuni
shi; 
transformasiya 

  bir  kichik  struktura  boshqa  kichik 
strukturaga  yuzaga  kelish  qoidalariga  muvofiq  tartibli 
o’tishi; o’zini o’zi tartibga solish –
 mazkur tizimi doirasida 
qoidalarning  ichki  tartibga  solinishini  qanoatlantirishi 
lozim.  Shunday  qilib,  struktura  nafaqat  obyektning 
barqaror  skeleti  tarzida,  balki  rioya  qilish  bir  obyektdan 
ikkinchi,  uchinchi  va  hokazo  obyektlarni  olish  imkonini 
beruvchi qoidalar majmui sifatida amal qiladi.  
 
42 



I Kantning falsafiy qarashlarini izohlab bering ? 
Kant  konsepsiyasi:  «Sof  aql  tanqidi»  (1781), 
«Amaliy  aql  tanqidi»  (1788),  «Mulohaza  yuritish 
qobiliyatining  tanqidi»  (1790)da,  shuningdek  faylasuf 
ijodining  o’ziga  xos  sarhisobi  sanaluvchi  asar  –
 
«Sof  aql 
chegaralarida  din»  (1793)  kabi  kitoblarida  bayon  et
ilgan.  
Kant  bilish  nazariyasining  asosiy  qoidalari  quyidagilardan 
iborat. Kant fikricha bilish jarayoni uch bosqich: 1) sezgilar 
darajasida bilish, 2) idrok, 3) aqldan o’tadi. 
 
Bilishning  birinchi  bosqichi  -sezgilar  darajasida 
inson  narsaning  mavjudligini  biladi,  idrok  yordamida  uni 
fikrlaydi.  Narsani  haqiqiy  bilish  aynan  shu  ikki  bosqichni 
sintez  qilishni  talab  etadi.  Idrok  darajasidagi  bilishning 
quroli 

  kategoriyalar.  Ular  idrokka  ichdan  xos.  Hodisalar 
rang-barangligi 
kategoriyalar 
tizimida 
aks 
etadi. 
Kategoriyalar  yordamida  inson  bilimi  tasodifiy  empirik 
emas, balki umumiy zarur, ya’ni ilmiy xususiyat kasb etadi. 
Ilmiy  bilim  kategorial  bilimdir.  Biroq  shundan  so’ng  Kant 
subyektiv  idealist  sifatida  mulohaza  yuritadi:  idrok  tabiat 
qonunlarini ochmaydi, balki ularni tabiat uchun belgilaydi. 
Kant  fikriga  ko’ra,  kategoriyalar  birligi  va  ularning  bilish 
(sintez  qilish)  qobiliyati  zamirida  dunyoning  obyektiv 
moddiy 
birligi 
emas, 
balki 
o’zlikni 
anglashning 
transsendental birligi yotadi.  


Idrok  etish 

  bilishning  ikkinchi  bosqichi.  Idrokning 
kuchi  uning  sintez  qilish  qobiliyatida  namoyon  bo’ladi. 
Biroq  bu  to’liq,  cheksiz  qobiliyat  emas.  Idrok  tajriba 
chegarasidan  tashqariga  chiqa  olmaydi.  Biroq  idrok  o’z 
chegaralarini  o’zi  bilmaydi.  U  doim 
bu  chegaralardan 
chetga  chiqadi,  ya’ni  hodisalar  dunyosidan  o’zidagi 
narsalar  dunyosiga  kirishga  harakat  qiladi.  Biroq  tajriba 
chegaralarini  tark  etgach  (shu  tariqa  idrok  emas,  balki 
aqlga  aylangach),  u  yechib  bo’lmas  ziddiyatlar  sohasiga 
tushib  qoladi,  uning  mulohazalari  esa  muqarrar  tarzda 
xom xayolga aylanadi.   
Aql 

  bilish  jarayonining  uchinchi,  oliy  bosqichi.  U 
hissiyot bilan bevosita emas, balki bilvosita 

 idrok orqali 
bog’lanadi.  Aql  bilishning  oliy  bosqichi  bo’lsa
-da,  idrokka 
ko’p  jihatdan  yutqiza
di.  U  tajribaning  mustahkam 
zaminidan 
ajralgach, 
dunyoqarash 
darajasidagi 
savollarning  birortasiga  ham  uzil-kesil 

 
ha  yoki yo’q  deb 
javob  bera  olmaydi.  Dunyo  vaqtda  va  makonda 
boshlanadimi  yoki  u  cheksiz  va  boqiymi?  Inson  joni 
boqiymi  yoki  foniymi?  Iroda  erkinligi  mavjudmi  yoki 
dunyoda  hyech  qanday  erkinlik  mavjud  emas,  hamma 
narsa  tabiiy  zarurat  qonuniga  ko’ra  yuz  beradimi?  Xudo 
bormi yoki yo’qmi? Idrok bunday savollarni bera olmagan 
bo’lardi.  Aql  esa  bunday  savollarni  beradi,  biroq  ularga 
javob  topa  olma
ydi.  Uning  da’volari  imkoniyat  darajasida 
emas.  Sof  nazariy  aql  o’z  mag’lubiyatini  tan  olishi  lozim, 
chunki u o’zidagi narsalarni bila olmaydi.
 
 
43 



Antik dunyo falsafasi  
Qadimgi antik dunyo falsafasi to’g’risida fikr yuritar 
ekanmiz,  uning  eramizdan  oldingi  birinchi  ming  yillikda 
Qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunonistonda vujudga kelgan 
sivilizasiya  bilan  bog’liq  zkanligini  aytib  o’tish  kerak. 
Eramizdan  oldingi  VI  asrlarda  eski  ijtimoiy  hayotning 
buzilib,  yangicha  yashashning  boshlanishi,  iqtisodiy, 
ijtimoiy, 
siyosiy 
zamin, 
shuningdek 
ma’naviy 
imkoniyatlarning  vujudga  kelishi  bilan  Qadimgi  davr 
sivilizasiyasi  natijasi  o’laroq  dunyoni  chuqurroq  va 
atroflicha  o’rganishni  o’z  maqsadi  qilib  qo’ygan  falsafiy 
dunyoqarash paydo bo’ldi.
 
Falsafa  jamiyatdagi  quyidagi  ehtiyojlar  tufayli 
shakllana boshladi: 
a)  taraqqiy  etayotgan  olamga,  insonga,  uning 


ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati;  
 
b)  olamning  boshlag’ich  asoslari  va  rivojlanish 
qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi; 
v)  olam  haqidagi  tafakkurning  oqilona  uslubiga 
mantiqiy  fikrlashga  va  bilish  nazariyasiga  tug’ilgan 
ehtiyojlar paydo bo’lganligi;
 
g)  afsonaviy  va  diniy  tasavvurlardagi  xayoliy 
fikrlarga  asoslangan  odamlarning  ilmiy  bilishdagi  falsafiy 
tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati. 
Falsafaning  rivojlanib  borishi  jarayonida  undan 
dastlab  matematika,  geometriya,  astronomiya(yer.av  I-II 
asr  va  er.  I-II  asrlari),  keyinchalik  fizika,  ximiya,biologiya 
fiziologiya,  so’ngra  ijtimoiy  va  gumanitar  fanlar  ajralib 
c
hiqdi. Bu fanlar avval dalillar to’plash, ularni bir, tizimga 
solish  va  umumlashtirish  bilan  shug’ullandilar.  Qadimgi 
Sharq  falsafasida  ham,  antik  dunyo  falsafasida  ham 
dunyoning  ayrim  tomonlarini  alohida  o’rganayotgan 
fanlar  o’rtasidagi  aloqadorlik  va  bog’lanishlarni  tahlil  eta 
boshlagani uchun fanlar go’yo falsafaning qismlari sifatida 
tasavvur  etildi  vafalsafani  «fanlar  fani»  deb  e’lon  qilindi. 
Qadimgi  Misr  adabiyotining  nodir  asari  «Arfist  qo’shig’i» 
da dinni rad etuvchi fikrlar bor.Unda: «O’lganlardan 
hyech 
biri  qaytib  kelgan  emas  va  oxirat  haqida  so’zlab  bergan 
emas,  demak,  oxirat  yo’q.  Oxiratga  ishonguncha,  shu 
dunyoda harakat qiling»,
- deyiladi. 

44 



Fenomenologiya falsafasi  va uning nazariy manbalari ? 
 
45 



Ijtimoiy  ongning  shaklari,  ular  o‘rtasidagi  farqlar  va  o‘zaro 
bog‘liqligi. 
46 



Jamiyat taraqqiyotida kasbiy ahloq qanday rol uynaydi ? 
Ҳар  қандай  касбий  маҳоратга  оид 
ахлоқшунослик 
таркиби 
умумий 
ва 
хусусий  ҳолатлар  асосида  қарор  топади. 
Касбий маҳоратга оид ахлоқшуносликнинг 
умумий  тамойиллари  умуминсоний  ахлоқ 
қоидаларига  асосланиб,  қуйидагиларни  ўз 
ичига олади: 
а)  Касбий  маҳорат  нуқтаи  назаридан 


ҳамфикрлилик  (айрим  ҳолатларда  алоҳида 
манфаатлар 
асосидаги 
чекланишлар 
кўринишида ифодаланади); 
б)  Бурч  ва  ор  –  номус  тушунчаларининг 
алоҳида даражада ифодаланиши; 
в)  Фаолият  предмети  ва  турига  боғлиқ 
ҳолатда, 
жавобгарликнинг 
алоҳида 
даражадаги шакли. 
Хусусий  тамойиллар  у  ёки  бу  турдаги 
касблар 
таркиби 
ва 
ўзига 
хос 
хусусиятлари,  маълум  бир  аниқ  шарт  – 
шароитлар  асосида  келиб  чиқади  ва 
асосан, 
мутахасисларга 
нисбатан 
қўйилувчи  талаблар  бўйича  ахлоқий 
кодексларда ўз ифодасини топади.  
Ўз  навбатида,  касбий  маҳоратга  оид 
ахлоқшунослик  фақат  касбий  маҳоратга 
эга ходимларнинг фаолияти турли хилдаги 
одамларга  боғлиқлиги  кузатилувчи,  яъни 
ушбу  амалга  оширилувчи  фаолиятнинг 
якуний  натижаси  ёки  ушбу  ҳаракатлар 
жараёни  бошқа  одамлар  ёки  инсоният 
ҳаётига 
алоҳида 
даражада 
муҳим 
аҳамиятга  эга  бўлган  таъсир  кўрсатиши 
қайд  қилинувчи  касб  соҳаларига  тегишли 
ҳолат  сифатида  қайд  қилинади.  Ушбу 
ҳолатга  боғлиқ  равишда,  педагогик, 
тиббий,  ҳуқуқий,  шунингдек  олимнинг 
ахлоқшунослиги  каби  анъанавий  тарзда 
касбий  маҳоратга  оид  ахлоқшунослик 
турлари  ўзаро  ажратиб  кўрсатилади, 
бундан 
ташқари 
нисбатан 
янги 
ҳисобланган,  «инсон  омили»нинг  роли 
ортиб  бориши  билан  боғлиқ  бўлган, 
фаолият  турлари  асосидаги  (инженерик 
ахлоқшунослиги)  ёки  ушбу  омилнинг 
жамиятдаги  таъсири  кучайиши  билан 


боғлиқ бўлган ҳолатлар асосидаги турлари 
(журналист  ахлоқшунослиги,  биоэтика) 
қайд қилинади.  
 
47 



Inson “ komplekslari “ nima? 
Kompleks - bu shaxsning o'zini tutishi, 
uning xulq-atvoriga, uning rivojlanishi va 
psixikasining ishlashiga sezilarli ta'sir 
ko'rsatadigan munosabat, motivlar va 
g'oyalarning emotsional rangli to'plamidir. 
Kompleks - bu odamning ma'lum bir xulq-
atvor modeliga nisbatan ongsiz 
munosabati. Insonning o'zi haqidagi bu 
g'oyalari (uning jismoniy va psixologik 
kamchiliklari to'g'risida) ko'pincha bo'rttirib 
ko'rsatiladi va chuqur his-tuyg'ular bilan 
birga keladi, qoida tariqasida boshqa 
odamlardan yashirinadi. Psixologik majmua 
tushunchasini mashhur shveytsariyalik 
psixolog va psixiatr, analitik psixologiyaning 
asoschisi Zigmund Freydning izdoshi Karl 
Gustav Yung kiritgan.
 
Inson psixologiyasi sohasidagi 
mutaxassislarning fikriga ko'ra, 
komplekslarning ikkita asosiy turini ajratish 
mumkin: 
Kamlik majmuasi. 
Ustuvorlik kompleksi. 
Bu ikkita qarama-qarshilik va qaysi biri 
yaxshiroq yoki yomonligini tanlash mumkin 
emas. Ikkala kompleks ham har qanday 
odam uchun muammo bo'lib, uning 
jamiyatdagi uyg'un hayotiga xalaqit beradi. 
Kamchilik kompleksi 
Kambag'allik majmuasi shuni anglatadiki, 
odam o'zini o'zi haqida o'zini yomonroq deb 
biladi va deyarli har doim o'zining jismoniy 
va tashqi ma'lumotlaridan yoki qilayotgan 
ishlaridan norozi bo'ladi. Kamchilik 
majmuasi bo'lgan odamning psixologiyasi 
har doim o'zini kamsitishga qaratilgan (men 


eng yomoni, nega yashashim kerak, hech 
kim men bilan qiziqmaydi). Bunday 
odamlar o'zlarini qattiq tutishadi, biron bir 
sababdan tashvishlanadilar va tanqidni 
kutib yashashadi. 
Ustuvorlik kompleksi 
Insonda ustunlik majmuasi uni 
boshqalardan ustun va ustunlik huquqiga 
ega degan fikr ongda hukmronlik qilishi 
bilan namoyon bo'ladi. Bunday odamlarni 
nutq uslubi, boshqalarga ustunlik bilan 
qarash orqali tanib olish mumkin. Mumkin 
bo'lgan taqdirda, ular suhbatdoshga uning 
ikkinchi sinf ekanligini tushuntirishadi. Bu 
odamlar yaxshi ko'rinishga, o'zlarini yaxshi 
narsalar bilan o'rab olishga intilishadi. 
Bular sof shaklda komplekslarning 
namunalari, garchi kundalik hayotda ular 
shunchalik aniq va ravshan ifoda etilmasligi 
mumkin. Ammo bular inson majmualarining 
yagona turlari emas, balki faqat ikkita 
asosiy guruh bo'lib, ularda hali ko'p navlar 
mavjud. 
Masalan, birinchi guruhga quyidagi taniqli 
komplekslar kiradi: 
ayb majmuasi, qachonki odam hamma 
narsada va hamma oldida o'zini aybdor his 
qilsa; 
jismoniy nogironlar to'plami (kichik ko'krak, 
katta burun, qisqa oyoq, katta o'sish, 
ortiqcha vazn); 
adolatsiz muomala kompleksi (butun dunyo 
menga nisbatan adolatsiz, hech kim meni 
qadrlamaydi); 
Zolushka kompleksi (shahzodani kutish 
paytida shaxsiy hayotingizga passiv 
munosabat); 
yolg'onlarning majmuasi (odamga nima 
deyishidan qat'iy nazar, u xafa qilmaslik 
uchun uni yolg'on gapiryapti deb o'ylaydi). 
Ikkinchi guruh komplekslariga misollar: 
a'lo darajadagi talabalar majmuasi (men 
eng zo'rman, hamma narsani boshqalardan 


yaxshiroq qilishim kerak, barcha mukofotlar 
meniki); 
Napoleon majmuasi (ular butun dunyoni 
zabt etishni, o'zlarining haqiqiy qiymatlari 
bilan mukofotlash uchun muvaffaqiyatlarga 
erishishni xohlashadi); 
boshqalarga yordam berish majmuasi 
(mening taqdirim shunday, men hammaga, 
hatto o'z zararimga ham yordam berishim 
kerak); 
go'zallik majmuasi (men juda chiroyli yoki 
chiroyli, men eng zo'rman, hech kim menga 
loyiq emas, mening yonimda hamma o'zini 
past his qiladi). 
Komplekslar ro'yxati juda uzun va, ehtimol, 
hech qachon to'liq bo'lmaydi, chunki 
odamlar o'zlarining majmualarida ham 
ixtirochilikka moyil. 
Komplekslardan qanday qutulish mumkin? 
Komplekslar to'liq hayotga to'sqinlik 
qilganligi sababli, ulardan qanday qutulish 
kerakligi haqida savol tug'iladi. 
Psixologiyada muammoni tanib olish va 
uning ustida ishlashni boshlashning juda 
maqbul va sodda usuli mavjud. O'zingizni 
tushuning, o'z qadringizni oshiring, 
atrofdagi dunyoga bo'lgan nuqtai 
nazaringizni qayta ko'rib chiqing. Va agar 
vaziyat haqiqatan ham jiddiy bo'lsa va u 
o'zini uydan deyarli chiqmasligiga olib 
kelgan bo'lsa, siz mutaxassisdan yordam 
so'rab, davolanish kursidan o'tishingiz 
kerak. 
Shuni unutmangki, er yuzidagi har bir inson 
individual, betakror va go'zaldir 
 
48 



Falsafaning  siyosiy-huquqiy  sohadagi  islohotlari  bilan  bog‘liq 
qanday vazifalarini bilasiz ? 
 
49 


10 
Fikrdagi izchillik deganda nimani tushunasiz ? 


50 



Dialektik  va metafizika metodlarining mohiyati va mazmuni. 
51 



Bilish jarayoni qanday amalga oshadi ? 
52 


11 
Etika kategoriyalarini sanab bering ? 
53 


12 
Induktiv hulosa chiqarishga ta’rif bering ? 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish