011 adabiyot 1-qism djvu


BELGILARINING ISHLATILISHI



Download 1,45 Mb.
bet52/99
Sana11.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#339887
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Bog'liq
0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’liml vazirligi

BELGILARINING ISHLATILISHI

  1. topshiriq. Uyingizda qanday o‘quv qurollari borligini ayting.

  2. topshiriq. Maktabingiz hovlisida gulning qanday turlari borligini ayting.



f Bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil vazifada keladigan

  • so‘zlarga uyushiq bo‘laklar deyiladi.

v Masalan : Dadam, oyim va men (him) hayvonot bog'iga bordik. y


r"' 1 ”1 ¡KIT Sanash ohangi yordamida bog‘Iangan uyushiq boMaklar


1 bir-biridan vergul bilan ajratiladi.

  1. mashq. Matnni o‘qing va uyushiq boiaklarning o‘qilish ohangiga e’tibor qarating.

Igna-bigiz sotuvchi, Jayraga qon tortuvchi,

0‘lja poylab yotuvchi Tipratikanga salom.

Jirafa-yu Bo‘taloq, Zebra, Maymun, Ot, Uloq,

To‘q Yo‘lbars-u och Timsoh, ayyor Qoplonga salom.

Bulbul kabi izillar, tog‘-toshlarda g‘izillar,

Yirtqichlardan bezillar do‘stim Jayronga salom. (Anvar Obidjon)

  1. topshiriq. Jayra, Tipratikan, Jirafa, Bo ‘taloq, Zebra, Maymun, Ot, Uloq, YoHbars, Timsoh, Qoplon, Bulbul, Jayron so‘zlarini izohlab bering.

  2. topshiriq. Uyushiq bo‘laklarini o‘zlari bog‘langan so‘zlar bilan birga ko‘chiring. Har biriga so‘roq bering. Tinish belgilarini izohlang.

>/ 165-mashq. Qavs ichidagi so‘roqlarga uyushiq bo‘laklari bilan javob berib, tinish belgilarini qo‘ying. Qaysi boiaklar uyushib kelayotganini aniqlang.


55



1. (Nimalar?) barg yozsin deb suv quydi. (Ilyos Muslim) 2. Qo‘shni bog‘dagi (qanday?) gul tepasida bulbul sayrab turibdi. (Hakim Nazir)

  1. (qayerlarda?) bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 4. Vatan obro‘sini ko‘targan (kimlarni?) olqishlaymiz. (Matbuotdan)

*166-mashq. Nuqtalar o‘rniga bilan, va, -u, -yu bog‘lovchilarini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring, uyushiq boiaklarining tagiga chizing.

  1. Shijoat deb botir... yurakli bo‘lmakni aytilur. (Abdulla Avloniy)

  2. Sabr... bardosh Tangridan, shoshqaloqlik esa shaytondandir. (Hadisdan)

  3. Safar qilinglar, sog‘lom, rizq... nasibali bo‘lasiz. (Hadisdan) 4. Yashnagay to abad ilm... fan, ijod. (A. Oripov)

Savol va topshiriqlar

9 1. Qanday bo‘laklar uyushiq bo‘laklar sanaladi?

  1. Uyushiq bo‘laklar bir-biri bilan qanday bogianadi?

  2. Uyushiq bo‘laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo‘yiladi?

  1. mashq. Uyga topshiriq. O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasidagi uyushiq boiakli misralarni topib, daftaringizga ko‘chiring.

  1. dars. UYUSHIQ BO‘LAKLf GAPUARDA UMUMLASHT1RUVCHI SO‘ZLAR VA UUARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI

  1. topshiriq. 0‘zbekistondagi yirik shaharlami sanab, gap ichida keltiring. Sanalayotgan bo‘laklar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yganingizni ayting.

  2. topshiriq. Sizda qanday qishki liboslar borligini sanab, gap tuzing.

? Sanalayotgan bo‘laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so‘zga umumlashtiruvchi so*z deyiladi. J


Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, i


i umumlashtiruvchi so‘z bilan uyushiq bo‘laklar o‘rtasiga , ikki nuqta (:) qo‘yiladi.

Masalan: Bog‘imizda mevalar: olma, o‘rik, shaftolilar bor. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq boiakdan keyin kelsa, uyushiq bo‘lak va umumlashtiruvchi so‘z o‘rtasiga tire (-) qo‘yiladi. j


56



| Masalan: Kutubxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Usnwn Azimov - barcha taniqli shoirlarning asarían bor.

  1. mashq. Matnni o‘qib, mazmunini sharhiab bering. Uyushiq boiaklar va umumlashtiruvchi so‘zni topib, izohlang.

Bir g‘oz suvda suzib yurib, o‘ziga o‘zi maqtandi:

  • Olamda men kabi iqtidorli boimasa kerak. Menda uch hunar: yugurish, suzish, uchish bor. Shuning uchun yer, suv, havo-uch makon mening izmimda. Bir o‘zimda uch qobiliyat mujassam!

G‘ozning bu so‘zlarini eshitib turgan Qurbaqa dedi:

  • Birodar, muncha maqtanmasang ham bo‘lar edi. Sen aytayotgan qobiliyat uch jonivoming: kiyikning, baliqning, lochinning ishidir. Yerda kiyikdek yugurolmaysan, suvda baliqdek suzolmaysan, havoda lochindek ucholmaysan, chala-chulpa uch hunami bilguncha, birini yaxshilab bilganing yaxshi edi. (Abdulla Avloniy)

/ 169-mashq. Umumlashtiruvchi bo‘laklarni topib, tinish belgilarining ishlatilishini tushuntiring.

1. Yaxshi xulqlar: diyonat, qanoat, shijoat, vijdon, Vatanni suymak va boshqalar insonni ulug‘laydi. (Abdulla Avloniy) 2. G‘azab, jaholat, adovat, g‘iybat, tama, zulm-yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. (Abdulla Avloniy) 3. Quyosh, havo, suv-hammasi bizning eng qadrli do‘stimiz.

  1. mashq. Uyushiq boiaklardan awal yoki keyin umumlashtiruvchi so‘z qo‘yib gaplarni ko‘chiring.


1. Hademay, o‘rik, shaftolilar gulga kirdi. (Hakim Nazir) 2.Mehnatda, ijodda, san’atda, fanda kattadir yoshlaming qo‘shgan hissasi. (Uyg'un)

  1. Kishilar, xotinlar, bolalar vagon bo‘ylab chopdilar. (G'afur Gulom)

  2. Qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar bor. (G'afur G'ulom)

Savol va topshiriqlar

9 1. Umumlashtiruvchi so‘z deganda nimani tushunasiz?


2. Umumlashtiruvchi so‘zlar bilan uyushiq boiaklar o‘rtasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?


57




  1. mashq. Uyga topshiriq. 0‘zingiz qatnashgan bayram, to‘y yoki kechalarni tasvirlab hikoyacha tuzing. Unda uyushiq bo‘laklar va umumlashtiruvchi so‘z ishtirok etsin.

  1. dars. UNDALMALI GAPLAR

  1. topshiriq. Quyida berilgan gaplami o‘qing. Ulaming bir-biridan farqini aytib bering.

1. Sizqanchalar go‘zalsiz! 2.Tog‘lar, siz qanchalar go‘zalsiz!

  1. topshiriq. Suhbatdoshingiz diqqatini o‘zingizga jalb qilish uchun qanday so‘zlardan foydalanganingizni ayting. Yozuvdabu so‘zlardan so‘ng qaysi tinish belgisi qo‘yilishini tushuntiring.

( ^

I f So‘zlovchining flkri qaratilgan shaxs yoki narsalarni

  • bildiruvchi so‘z va so‘zlar birikmasiga undalma deyiladi.

v Masalan: Yurtim, senga she’r hitdim bugutt. (A.Orjpov)

KIP Undalmalar bitta yoki bir nechta so‘zdan iborat bo‘Iadi. 1 Masalan: Qizim, yalpiz terib kelsang-chi. (H. Raimova) Qadrli | bolalar, kelajak siznikidir.

/ 172-mashq. Dialogni o‘qing. Undalmalarning ohangiga e’tibor bering. Birinchi undalmadan keyin ifodalangan egani qo‘yib, gapniko‘chiring.

Bir bola qo‘shnining uyiga o‘ralgan bir idishda taom olib borar edi. Bir kishi uchrab:

-Ey o‘g‘lim, idishda nima olib borursan? - dedi.

-Ey otajon! Idish ichidagi narsani birovga aytmoq va ko‘rsatmoq mumkin bo‘lsa edi, usti o‘ralmagan, ochiq bo‘lar edi,-deb javob berdi aqlli bola. (Abdulla Avloniy)

17^oiaslH£ 0‘qing. Awal undalmasiz ega ishtirok etgan gaplarni, so‘ngra ham ega, ham undalma mavjud boigan gaplarni ko‘chiring.

  1. Quyosh, nuring to‘kaver mo‘l-mo‘l! (Oybek) 2. Bobo, to‘qayda arslon bo‘ladimi? (Yusuf Shomansur) 3. Soliyaxon qayerlik o‘zi? (S. Zunnunova) 4. Go‘zal Bahor! Sen munchalar maftunkorsan!


58



  1. mashq. Berilgan gaplardagi egalarni undalmaga aylantirib ko‘chiring. Ega bilan undalmaning farqini tushuntiring.

  1. Bolalar atrofni to‘yib-to‘yib tomosha qilishar edi. (N. Fozilov)

  2. Buvam bo‘lsa qari tutni sira-sira kestirmaydilar. (S. Bamoyev)

  3. Choi yo‘l boshladi. (L. Mahmudov) 4. Ona - uyimiz obodligidir. (Zafar Diyor)


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish