dars. MUSTAHKAMLASH DARS1
topshiriq. «Ikkinchi qismini toping!» o‘yinini tashkil qiling. Navbat bilan quyida berilgan so‘zlaming ikkinchi qismini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Uzoq..., onda..., to‘y..., kiyim..., qora..., yakka..., dam..., istar..., quva..., achchiq..., o‘g‘il...
topshiriq. Qo‘shma, juft, takroriy otlami topib, ularni izohlang.
topshiriq. Bitta so‘zni, masalan, qora so‘zini asos qilib, qo‘shma, juft va takroriy so‘z yasay olasizmi? Shu asosida o‘yin tashkil qiling.
Namuna: Qorabuloq, oq-qora, qora-qura.
topshiriq. Uch guruhga bo‘lining. Birinchi guruh ko‘kat, ikkinchi guruh gul, uchinchi guruh poliz ekinlari nomiga 10 tadan qo‘shma ot yozsin. Qaysi guruh birinchi boiib bajarsa, shu guruh g‘olib sanaladi. Sinf taxtasiga har bir guruhdan bittadan vakil chiqariladi, qolganlar daftariga yozib boradi.
Namuna: 1-guruh 2-guruh 3-guruh
g‘ozpanja gulbeor shakarpalak
topshiriq. Uyda «Yaxshilik nima?» mavzusida matn tuzing. Unda qo‘shma, juft, takroriy so‘zlardan foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |