Savol va topshiriqlar
9 1. Son deb qanday so‘zlarga aytiladi?
Miqdor va tartib sonlarga misoUar keltiring va ulaming o‘zaro farqini ayting.
niashq. Uyga topshiriq. «Bizning sinfimiz» mavzusida matn tuzing. Unda miqdor va tartib sonlar ishtirok etsin.
dars. SONLARNING YOZIL1SH1
topshiriq. Beshinchi sinf, yigirmanchi dekabr, ikkinchi qavat birik- malaridagi sonlami raqam bilan yozib, ko‘chiring.
topshiriq. Besh va olti so‘zlariga -ov yoki -ala qo‘shimchalaridan birini qo‘shib ko‘chiring. Qaysi so‘zning o‘zagida o‘zgarish yuz beryapti?
y Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bikiiruvchi -ov, -ala
* qo‘shimchalari qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov.
Tartib sonlar raqam bilan yozilganda -tichi, -inchi qo‘sliimchalari o‘rniga chiziqcha qo‘yiladi: 2002-yil, 22- dekabr, 5-sinf, 3-qavat.
Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilganda bu qo‘shim- chalar o‘rniga chiziqcha qo‘yilmaydi: IX sinf, XXI asr. '
Bir so‘ziga -ta qoShimchasi qo‘shilsa, bitta deb aytiladi va yoziladi. ^
mashq. Tartib sonlarni toping, ularni raqamlar bilan yozing.
Birinchi iyun-Xalqaro bolalami himoya qilish kuni. 2. Alisher Navoiy bir ming to‘rt yuz qirq birinchi yil to‘qqizinchi fevralda Hirot shahrida tug‘ildi. 3. Choi bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar ekanlar. (Ertakdan)
*258-mashq. Tez aytishni aytib ko‘ring. 0‘zingiz ham sonlar ishtirok etgan tez aytishlarni topib, o‘rtoqlaringiz bUan musobaqa o‘ynang.
Tyan-shan tog‘ining tagida Toshtemir tog‘aning traktori to‘qson tonna temimi tortolmay tirillab turibdi.
89
259-mashq. Uyga topshiriq. Sonlarga qavs ichidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘chiring. Tartib sonlarni raqamlar bilan yozing.
Zulfiqorovning xotini bir (ta) qiyiqchada uch-to‘rt (ta) anor olib keldi. (Abdulla Qahhor) 2, Pahlavonning ikki (nchi) kun madori qolmadi. (Navoiy) 3. Hilola qirq (inchi) uy, yigirma (nchi) xonadonda yashaydi.
Ota-onasining ikki (ala)si, yoxud bir (ta)si keksayib qolganda ulami rozi qilmagan kishi ikki dunyoda xor bo‘ladi. (Hadis)
dars. OLMOSH
Topshiriq. Quyida berilgan gapda u so‘zi qaysi so‘z o‘mida almashinib kelayotganini ayting.
Uyga qaytayotganimizda u mendan xafa boidi. (N. Fozilov)
} Ot, sifat, son va boshqa so‘zlar o‘rnida qoilanib, ularga
ishora qiluvchi so‘zlar olmosh hisoblanadi. y
dP Olmoshlar qaysi so‘z o‘rnida qo‘llansa, o‘sha so‘zning so‘rog‘iga javob boMadi.
* 260-mashq. Gaplardan awal ot, keyin sifat, so‘ng son o‘rnida qoilangan olmoshlarni aniqlang.
U o‘ymakor eshikni qiya. ochib ichkari kirdi. (X. Sultonov)
0‘rtog‘ing yugurishda birinchi ekan, sen-chi, nechanchi o‘rindasan?
Cholning chapdast, chaqqon o‘g‘li bor ekan, mening ham shunday farzandim bo‘lsa edi. (Ertakdan) 4. Men ham shunday o‘ydaman, fikr-u yodim undadir, gar o‘zim har joydaman. (Yo'ldosh Sulaymon) 5. Bu ish uchun senga qancha vaqt kerak?
mashq. Nuqtalar o‘rniga oldingi gap mazmunidan kelib chiqib, mos keladigan olmoshlarni qo‘ying. Bu olmoshlar qaysi so‘z turkumi o'rnida qoilanganini aniqlang.
Namuna: Uning beshta kitobi bor. Yana... bo‘lsa o‘nta boiadi.
Uning beshta kitobi bor. Yana shuncha boisa o‘nta boiadi.
90
l.Men, Bahodir, Elbek, Hilola bog‘ga bordik. ... u yerdan kech qaytdik. 2. Uning ko‘ylagi yashil ekan. ... rang menga ham yoqadi. 3. Ziyoda bilan «Durdona» -yaqin dugona. ... - beshinchi sinf o‘quvchilari.
mashq. Berilgan so‘roq olmoshlarini boshqa so‘zlarga almashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing. So‘z turkumini aniqlang.
Namuna: Kim?- Tikuvchi. Opam atelyeda tikuvchi bo'lib ishlaydi. Kim?, qanday?, nechanchi?, nirna?, nechta?, qancha?, qaysi?
f Men, sen kishilik olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari hamda -niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, bir n undoshi tushib qoladi: Men+ning-mening, sen+niki-
seniki.
U, bu, shu, o‘sha olmoshlariga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari hamda -ga, -dek, -day qo‘shimchalari qo‘shilsa, n undoshi orttiriladi: unga,
I I shunda, bunda, shunday.
i
Savol va topshiriqlar
? 1. Qancha, necha, o‘shancha olmoshlari qanday so‘zlar o‘mida qo‘llanadi?
0*sha, u, men, sen olmoshlari qanday so‘zlar o‘mida qo‘llanadi?
Shunday, o‘shanday olmoshlari ishtirokida gap tuzing. Bu olmoshlaming qaysi so‘z o‘mida qo‘llanayotganini ayting.
mashq. Uyga topshiriq. Gaplami ko‘chiring. Olmoshlarni topib, ularning yozilishini tushuntiring.
Meniki va seniki shu aziz tuproq, ko‘z qorachig‘iday asraylik o‘rtoq! 2. Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon. (Uyg'un)
Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda, bunchalar muhtaram bo‘lmasdi ayol. (A. Oripov) 4. Otang seni ko‘rmadi, chog‘i. 5. Sen qancha kitob oigan bo‘lsang, men ham o‘shancha miqdorda olib keldim.
91
d a r s. MUSTAHKAMLASH DARSI
topshiriq. T. Adashboyev ijodidan keltirilgan she’rlami o‘qing. She’rlardagi ot, sifat, son, olmoshga oid so‘zlami topib, daftaringizga guruhlab ko‘chiring.
OQ SHAFTOLI
Bog‘ ko‘chada 0‘ta shirin,
Oq shafitoli. Xushbo‘y edi.
Ellik uchta Yettovini
Toq shafitoli. Norboy yedi.
Sobir uni 0‘n to‘rttasin
Qoqdi kecha, Bog‘bon oldi!
Solijonga Xo‘sh, chelakda
Tegdi beshta. Nechta qoldi?
BOBO, QANCHA YOSHINGIZ?
-Bobo, kenja nabirangiz Necha yoshga chiqdi hozir?
Kenjam Nazir,
Men qanchaga chiqqan boisam,
Shuncha oylik bo‘ldi, bo‘tam.
-Siz qanchaga chiqdingiz?- Qaytib-qaytib so‘rar Javlon.
Yetmish sakkiz yoshga chiqdik,
Nabiramiz ikkovlon.
-Voy, qizig‘-a, xo‘sh qanday?
Mening yoshim unikiga qo‘shganda...
Kim topadi Ro‘zmat bobo
Qancha yoshga to‘lganligin?
Nabirasi Nazir esa Necha oylik boiganligin?
*2-topshiriq. Matematik qobiliyatingiziii sinab, she’rlardagi masalani yeching. Miqdor sonlami tartib sonlarga aylantirib, ular ishtirokida og‘zaki gaplar tuzing.
topshiriq. Berilgan qoliplar asosida gaplar tuzing.
Namuna: Ega (ot) + aniqlovchi (sifat) + toidiruvchi (ot) + kesim (fe’l). - Bolalar qiziqarli hikoyani o‘qidilar.
92
So‘z turkumlari
|
Ot
|
Sifat
|
Son
|
Olmosh
|
So‘roqlari
|
|
|
|
|
Nimani bildiradi
|
|
|
|
|
Gapdagivazifasi
|
|
|
|
|
76-77-darslarda yozma ish va uning tahlili oikaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |