126
xususiyatni dielektrik o’tkazuvchanligi bilan belgilanadi. Barcha
о
’simlik moylarning
oddiy sharoitdagi dielektrik doimiylik koeffitsenti 3,0...3,2 atrofida b
о
’ladi.
Organik erituvchilarning dielektrik doimiyligi
о
’simlik moylariga yaqin bo’ladi,
ya’ni erituvchi va
о
‘simlik
moylarining elektr
о
’tkazuvchangligi nihoyatda past
b
о
’lib, ular orasidagi
о
’zaro molekulyar tortishish kuchlari nihoyatda bir-biriga yaqin.
Shuning uchun uzun uglevodorodlar radikaliga ega b
о
’lgan triglitseridlar xuddi
о
’ziga
о
’xshash, ya’ni alifatik t
о
’yingan uglevodorodlar gomolog qatorida yaxshi
eriydi.
Deyarli
barcha uglevodorodlar t
о
’yingan holatda kutbsiz erituvchi turkumiga
kiradi. Spirtlar, ketonlar va boshqa dielektrik doimiyligi yuqori b
о
’lgan erituvchilar
о
’simlik moylarni yuqori haroratda yaxshi eritadi. Suvning dielektrik doimiyligi
yuqori (81ga teng) b
о
‘lganligi sababli moylar suvda yaxshi eritmaydi.
Ekstraktsiya usulida o’simlik moylarni olishda
ishlatiladigan erituvchilar,
ekstraktsiya jarayonining texnika va texnologiyasi talablariga javob berishi kerak. Bu
talablarga xom ashyodagi moyni maksimal miqdorda ajratish, olingan moy va shrotni
sifati talabga javob berishi, erituvchi inson organizmiga zaharli ta’sir etmasligi va
ishlatilganda xavfsiz bo’lishi singari umumiy talablar quyiladi. Bulardan tashqari
sanoatda ishlatiladigan erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-moyni yaxshi va tez eritish va unga hamroh bo’lgan moddalarni eritmasligi,
ekstraktsiyalanayotgan material tarkibidagi boshqa moddalarni eritmasligi;
-kimyoviy jihatdan bir xil, doimiy va yuqori
haroratda qaynamaydigan
moddadan tashkil topgan bo’lishi va bu moddaning issiqlik sig’imi va bug’lanish
issiqligi kichik bo’lishi;
-ekstraktsiya jarayonida va saqlashda uzining tarkibini o’zgartirmasligi;
-suv bilan aralashmasligi va suv bilan bir xil haroratda qaynaydigan azeotrop
aralashma hosil qilmasligi;
-past haroratda moydan va shrotdan to’liq ajralishi, ularga begona hid va maza
hosil qilmasligi;
-sof holda, suv bilan aralashgan holda, suv bug’ bilan aralashgan holda
qurilmalarga yemiruvchi ta‘sir etmasligi;
127
-xizmat ko’rsatuvchi ishchilarga sof holda, suvga, suv bug’i bilan aralashgan
holda zaharli ta’sir etmasligi;
-yong’inga va portlashga xavfsiz bo’lishi;
-sanoat miqyosida ishlatishga yetarli, arzon va kamyob bo’lmasligi kerak.
Yuqoridagi xususiyatlarga va talablarga javob beradigan
erituvchi bu ideal
erituvchidir. Shu sababdan ham sanoatda hozirda ishlatilayotgan erituvchilar
yuqoridagi talablarning ba‘zilariga javob beradi. Shu sababdan ham sanoatda
ishlatiladigan erituvchi tanlashda uning xususiyatlari ideal erituvchi xususiyatlari
bilan solishtirib, xususiyatlari unga yaqin bo’lganlari tanlab olinadi.
Respublikamiz yog’-moy korxonalarida moylarni ekstraktsiyalashda alifatik
uglevodorodlar qatoriga kiradigan ekstraktsion benzinlar kehg qo’llaniladi. Benzin
texnologik uskunalarga ta’sir qilmaydi, moylarni yaxshi eritadi, nisbatan arzon.
Benzinning asosiy kamchiligi:
havo bilan aralashib, portlovchi aralashma hosil
qilishi va tez alangalanishidir. Benzin bug‘lari havoga nisbatan 2,7 marta og’ir, shu
sababli ular chuqurliklarga, burchaklarga va shunga
о
‘xshash joylarga t
о
’planib
qoladi.
Benzin asab tizimiga qattiq ta’sir etadi. Yengil fraksiyasiga qaraganda og’ir
fraksiyasi kuchliroq ta’sir etadi. Benzin bug‘larining havodagi miqdori 0,3 mg/l
b
о
‘lsa, inson salomatligi uchun zarar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: