transport kommunikatsiyalari uyushmasi” tashkil etildi. Uyushma
tarkibiga “0 ‘zbekiston temir yo‘i!ari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi,
“0 ‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, 0 ‘zbekiston
avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtoyo‘1” kompaniyasi,
transport
kommunikatsiyalarini
qurilishi
bilan
shug‘ul!anuvchi
respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.
Temir yo‘llar qurilishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
2001-yilda 341 km bo‘lgan Navoiy-Uchquduq-Sultonzoda yo‘nalishi,
2007-yilda uzunligi 220 km bo‘lgan G‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on
yo‘nalishi
quriiishi
tamomlangan.
0 ‘zbekiston va Afg‘oniston
o'rtasidagi
savdo-sotiq,
tranzit
aloqalarining
rivojlanishi
va
O'zbekistonni dengiz transportiga olib chiqadigan eng yaqin yo‘l
Afg'oniston orqali o‘tishini hisobga olgan
holda bir qator yangi temir
yo‘l qurish loyihalari ishlab chiqildi. 2010-yil 0 ‘zbekiston Afg'oniston
uchun strategik ahamiyatga ega boigan loyihani amalga oshirdi, ya’ni
Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘iining 75 kilometrini qurib berdi. Bu
kabi tranzit loyihalarining amalga oshirilishi 0 ‘zbekiston tashqi savdo
geografiyasining kengayishiga asos bo‘ladi.
2016-yil iyunda Angren-Pop temir y oii va Qamchiq tunneli
ochildi. Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi Angren-Pop tarmog‘ining
qurilishi Farg'ona vodiysini 0 ‘zbekistonning boshqa hududlari bilan
bog‘lashga imkon tug‘dirdi. Bundan tashqari, temir yo‘lning uzunligi
123,1
kilometmi tashkil etib, ushbu loyiha doirasida uzunligi 19,2
kilometrdan iborat bo‘lgan temir yo‘l tunneli qurildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati yo‘lovchi tashish sohasida
yangi texnologiyaiami joriy etish uchun Toshkent-Samarqand yo‘na!ishi
bo‘ylab tezyurar yo‘lovchi tashishni tashkil qildi. 2011 -yilning
oktabridan boshlab undan tijorat maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
0 ‘sha yili ikkinchi poyezd ham keltirilib, 2012-yilning mayidan o‘z
qatnovini boshladi. Ushbu eng zamonaviy tezyurar yo‘nalish 2015-yilda
Qarshi shahrigacha, 2016-yilda esa “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishi,
2018-yili Toshkent-Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. Poyezd maksimal
tezlikni soatiga 250 kilometrgacha oshirishi mumkin.
Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur’atda
o‘sdi. 2001-yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat
birinchi qisrni foydalanishga topshirilib, yo‘lovchi tashish yo‘lga
qo‘yildi. 2016-yil Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilomefr
bo‘!gan Toshkent metropolitenining Sergeli
liniyasi qurilishi olib
borilmoqda. Mazkur qarorga ko‘ra yangi liniyani 2020-yilga qadar qurib
195
foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Sergeli metro liniyasi bugungi
kungacha Markaziy Osiyoda qo‘llanilmagan butunlay yangicha estakada
usulida bunyod etilmoqda. Ya’ni mazkur yo‘l ko‘priksimon tarzda
quriladi, poyezdlar yer ustida harakatlanadi.
O‘zbekiston dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni cheklangan
34 ta davlatdan biri hisoblanadi. Shu sababli havo yo‘ilari transporti
respublika iqtisodiyotida aiohida ahamiyat kasb etadi. 2012-yilga kelib
aviakompaniya
zamonaviy
havo
kemalari
bilan
ta’minlandi,
“0 ‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi dunyoning 25
dan ortiq
mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit
yo‘nalishning havo harakatini boshqarmoqda.
Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan,
so'nggi avlod aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va uiarni
ta’mirlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan
markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga
aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatila boshlandi. 0 ‘zbekiston Milliy
Aviakompaniyasi Boeing-757/767, A-320 samolyotlari,
vatanimizda
ishlab chiqarilgan II-114-100 zamonaviy laynerlari, Boeing-767/300 ER
yuk tashuvchi samolyotlarga ega bo'ldi. 2016-yilda yangi avlod
samolyotlari Boeing-787 Dreamliner keltirildi. Xalqaro parvozlar
xaritasiga e’tibor bersak, 0 ‘zbekiston MDHning barcha yirik shaharlari
va jahonning AQSH, Germaniya,
Buyuk Britaniya,' Shveysariya,
Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur
singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan bevosita havo yo‘llari orqali
bog‘landi.
Do'stlaringiz bilan baham: