15.7. 0 ‘zbekiston Respublikasi va xalqaro tashkilotlar
«‘rtasida aloqlar
0 ‘zbekiston va BMT. 0 ‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda
BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng
huquqli a’zosi bo‘ldi. 0 ‘zbekiston BMTning bir qator ixtisoslashtirilgan
muassasalari, jumladan Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF),
Jahon savdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa bo‘yicha iqtisodiy
komissiyasi (EIK), BMT savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi
guruhi kabilar bilan keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi BMT doirasidagi ixtisosiashgan
muassasalar — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat
tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YUN1SEF), Xalqaro Olimpiya
qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning
ham a’zosi hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan
2 0 3
BMTning Yoshlar huquqlari to‘g ‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishiab
chiqish va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb
nomiangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv
resurslaridan oqilona foydalanish, Orol dengizi qurishi muammosi,
qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini
mustahkamlash masalalari, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning
ma’rifi у yo‘llari masalalariga alohida to‘xta!di.
0 ‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat
bilan shug‘ul!anuvchi xalqaro tashkilot - YUNESKO bilan aloqalari
tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda YUNESKO
ning Pafijdagi qarorgohida 0 ‘zbekistonni YUNESKOga a’zolikka qabul
qilish marosimi bo‘ldi. 0 ‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini
nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktabrida Parijda
Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro YUNESKOning
jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta
obyekt bor. YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo
tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori
Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog'ida, 1995-yil
iyul oyida mazkur institut ochildi.
YUNESKO buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 660
yilligini xalqaro miqyosda nishoniashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda
Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib
o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning
madaniy
qadriyatlar
ro‘yxatiga
kiritildi.
1997-yilda
jahon
madaniyatining
durdonalaridan
hisoblangan
Buxoro
va
Xiva
shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi,
xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu
hamkorlik doirasi yanada kengayib bordi. Jumladan, YUNESKO
xalqimizning Shashmaqom, Katta Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming
yillik qadriyatlarini saqlab qolish va targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish
olib bormoqda.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti - submintaqaviy xalqaro tashkilot
bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ni egallaydi. ShHTning rasmiy tili
rus va xitoy tashkilotning gerbi joylashgan. Tashkilotning shtab -
kvartirasi Pekinda joylashgan. 1996-yil Shanxayda Xitoy, Rossiya,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida
chegara
hududlari
bo‘yicha
harbiy
sohada
o‘zaro
ishonchni
mustahkamlash bilan bog‘liq shartnoma (1996-yil 26-aprel) imzolanishi
natijasida “Shanxay beshligi” vujudga kelgan edi. 1997—1999-yillarda
2 0 4
Moskva, Almati, Bishkekda bo‘lib o‘tgan sammitlarda «Shanxay
beshligi»ning holati yanada mustahkamlanib, o‘zaro ishonch va
hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko'tarildi.
2000-yil Dushanbeda O'zbekiston Respublikasi birinchi marta
kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2001-yilda Xitoyda navbatdagi
Shanxay sammiti bo‘ldi. Unda 0 ‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi
ishtirok etib, O'zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo
bo'lishi to‘g‘risida»gi Bayonotni imzoladi. O'zbekistonning “Shanxay
forumi”ga kirishi munosabati bilan uning nomi “Shanxay Hamkorlik
Tashkiloti - ShHT”, deb o'zgartirildi. Sammit yakunida “ShHTni tuzish
to‘g‘risida”gi dekiaratsiya hamda “Terrorchilik, ayrimachilik va
ekstremizrnga qarshi kurash to'g'risida Shanxay konvensiyasi”
imzolandi.
2002-yil ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi
Sankt-Peterburg sammitida uchta hujjat: ShHTga a’zo davlatlar
rahbarlarining deklaratsiyasi, ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlar
o'rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) haqidagi Bitim
imzolangan. 2003-yil Moskvada bo‘lib o'tgan sammitda ShHT oliy
organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi va tashkilotning gerbi, bayrog'i
qabul qilinadi. 2003-yil ShHTning Pekin sammitida “ShHTga a’zo
davlatlarning 20 yilga moTjallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi”
qabul qilindi.
2004-yil
ShHTning
Toshkent
sammitida
savdo-iqtisodiy
hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. 2005-yil
mamlakat rahbarlari kengashib, uchta Osiyo mamlakati Hindiston, Eron
va Pokistonga kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul
qilindi. Tashkilot geografik jihatdan kengaydi va bu ShHTning xalqaro
mavqeyini yanada yuksaltirdi. Bundan tashqari Afg'oniston va
Mo‘g‘uliston mamlakatlari ham kuzatuvchi maqomiga ega bo'lishdi,
Turkiya esa muloqot bo'yicha sherikka aylandi. Tashkilotning 2016-
yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning ShHTga a‘zo
davlat
maqomini
olish
yo'lidagi
majburiyatlari
to‘g‘risidagi
memorandumlar imzolandi hamda 2017-yil Ostonadagi sammitda
Hindiston va Pokiston tashkilotga a‘zo sifatida qabul qilindi.
2017-yilning iyun oyida tashkilotga a‘zo davlat rahbarlarining
Ostonada bo'lgan sammitida O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutq
so'zlab, unda sammit ishtirokchilari e’tiborini Afg'onistondagi vaziyatni
yaxshilash, yoshlarni turli yot g'oyalardan asrash, ularning zamonaviy
2 0 5
taTim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida davlatlararo
hamkorlikka qaratdi.
2018-
yilning novabr oyida 0 ‘zbekiston Xalqaro migratsiya
tashkilotining to'laqonli a’zosiga aylandi, Xalqaro mehnat tashkiloti
bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2018-yil 23-24-noyabr
kunlari Samarqandda Inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ulianuvchi
deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan Inson
huquqlari bo'yicha birinchi Osiyo forumi xalqaro maydonda katta ijobiy
qiziqish uyg‘otdi.
2019-
yil 2-noyabrda Toshkent shahrida ShHTga a’zo davlatlar
Hukumat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi rnajlisi bo‘lib o‘tdi.
Hukumat rahbarlari ShHTga a’zo davlatlar ishbilarmon doiralarining
yuqori texnologiyalari va innovatsion qo’shma ishlab chiqarishlami
tashkil etish, iqtisodiyotning turli tarmoqiarida loyihalarni amalga
oshirish, ko‘rgazma-yarmarka faoliyati va multimodal trahsport-
logistika
komplekslarini
rivojlantirishga
qaratilgan
amaliy
tashabbuslarining muhim ahamiyatga ega ekaniga alohida e’tibor
qaratdi. Hukumat rahbarlari ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama
savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi ijrosinii ko‘rib chiqdilar va yangi
dasturni ma’qulladilar. Tadbirdajami 14 ta hujjat imzolandi.
2020-
yil 1-yanvardan boshlab MDHning Ashxabod sammiti
qaroriga binoan Hamdo’stlikka raislik O’zbekistonga o‘tdi.
MDH doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari va
0 ‘zbekiston raisligining ustuvor yo’nalishlari Shavkat Mirziyoyevning
11-oktabr kuni Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tgan Hamdo’stlik Davlat
rahbarlari kengashining majlisidagi nutqida bayon etilgan.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ko‘p tomonlama hamkorlikni,
avvalambor, savdo-iqtisodiy aloqalami rivojlantirish, turli sohalardagi
qo‘shma loyihalarni ilgari surish, transport-logistika va tranzit
salohiyatini ochish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar
almashinuvni faollashtirish sohalarida kengayish zarurligini ta’kidladi.
Mamlakatimiz bir vaqtning o‘zida Davlat rahbarlari kengashiga,
Hukumat rahbarlari kengashiga, Tashqi ishlar vazirlari kengashiga,
Iqtisodiy
kengashga,
a’zo
davlatlarning
Ustav
va
boshqa
hamdo’stlikdagi doimiy vakolatli vakillariga, iqtisodiy kengash
huzuridagi iqtisodiy ishlar bo’yicha komissiyaga raislik qiladi.
Raislik doirasida turli darajadagi va formatdagi 70 ga yaqin
tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Raislik davomida 0 ‘zbekiston ko‘p
206-
tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘na!tiriladigan 10 dan
ortiq konseptual hujjatni tayyorlash va qabul qilishni rejalashtirmoqda.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Iqtisodiy islohotlaming nazariy - hududiy asoslari nimalarda
tushunasiz?
2. Iqtisodiy islohotlaming bosqichlari.nin tushuntarib bering.
3. Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda qanday ma’naviy-ma’rlKy
ishlar amalga oshirildi?
4.
Hozirgi davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasi qanday
rivojlanmoqda?
5. O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan munosabati qanday?
'
6. 0 ‘zbekiston qaysi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lgan?
7. 0 ‘zbekiston chet davlatlari bilan qanday hamkorlik qilmoqda?
8. Mustaqillik yillarida kommunikasiya texnologiyalari rivojlanishi
qaysi yo‘na!ishlarda amalga oshirilmoqda?
2 0 7
GLOSSARIY
■ A
- Abbosiylar (ar.) - Arab xalifalari sulolasi bo‘lib (750-1258), bu
sulolaga Muhammad Payg‘ambarning amakivachchasi Abu-ul Abbos
as-Saffoh (750-754) asos solgan.
- Absolyutizm (lot.) - shartsiz, cheklanmagan, to‘la: mutloq yakka
hokimlik, cheklanmagan hukmdorlik. Davlat boshqaruv shakli oliy
hokimlikningbirshaxs (podsho, xon, amir, qirol) qo‘lida bo'lishi.
-A bsolyut monarxiya (yun.) - yakka hokimlik, zo‘ravonlik shaklidagi
davlat boshqaruv shakli. Odatda, davlat boshida yagona bir shaxs turgan,
uning hukmdorligi abadiy va vorisiy bo‘lgan.
- Aborigenlar (lot.) - ma’lum mamlakat yoki hududda qadimdan yashab
kelgan tub aholi, xayvonlar, o‘simliklar.
-A b u (fors.) - ota ma’nosini bildiruvchi arabcha so‘z. Masalan, Abu
Ali Alining otasi, Abu Odil - Odilning otasi va hok&zo.
- Avesto - diniy kitpbning nomi. Zardushtiylaming muqaddas kitobi.
- Avtoritarizm (lot.) - siyosiy hukmronlik qilishda o‘ta reaksion davlatlar.
Masalan, Germaniya va Italiyadagi fashistik tartib, SSSR dagi kommunistlar
rejimi.
- Admiral (ar.) - dengiz hukmdori degan ma’noda. Harbiy dengiz flotida
Oliy qo‘mondonlik tartibidagi unvon (kontr-admiral, vitse-admiral, flot
admirali).
- Ajam (ar.) - arablar o‘zlari bosib olgan hududlardagi boshqa
xalqlami, jumladan, Yaqin va 0 ‘rta Sharq hamda 0 !rta Osiyo xalqlarini
shunday ataganlar.
- Akobir (fors.) - 0 ‘rta Osiyo hududida o‘rta asrlarda yuqori martabali,
davlatmand kishi, ulug‘ zotga nisbatan qo‘llanilgan atama.
- A m ir (ar.) - Islom dini qabul qilingunga qadar arablarda amir so‘zi
qabila boshlig‘i, harbiy boshliq degan ma’nolarni bildirgan.
- Amr (ar.) - buyruq, hukm, farmon.
- Amlok yerlar - Markaziy Osiyoda o‘rta asrlarda paydo bolgan yerga
egalikning bir shakli davlatga qarashli yerlar-amirlar, sultonlaryeri.
-A lternativa (ff.) - bir-biriga mos kelmaydigan imkoniyatning biri.
Hozirgi o‘zbek tilida muqobil degan ibora ham shu ma’noni beradi.
- Alayhissalom (ar.) - “unga salom” ma’nosini anglatadi. Musulmonlarda
payg‘ambarlar nomiga qo‘shib aytiladigan so‘z.
2 0 8
-
Do'stlaringiz bilan baham: |