0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Mustaqillik yillarida axborot-texnologiya



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

15.2. Mustaqillik yillarida axborot-texnologiya
texnogiyalarinmg rivojlanishi
Axborot texnologiyalari hozirgi kunda butun dunyoni qamrab oldi. 
U ilmiy-texnik rivojlanishning harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lib, xalq 
xo‘jaligining turli sohalarining rivojlanishiga, aholiga xizmat ko‘rsatish 
sifatini kengaytirishga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Bugungi kunda Axborot 
Texnologiya (AT)larining yutuqlarisiz dunyoni tasavviir etib boTmaydi. 
ATI yutuqlarini qoTIashning chek chegarasi amaliy jihatdan mavjud 
emas. U ham meditsinada (telemediesina), ta’limda (masofaviy o‘qitish 
texnologiyalari), gidrometeorologiyada, aloqada, transport tizimida, 
bank va boshqa xalq xo‘jaligining tarmoqlarida keng iste'molda. Bir 
necha o‘n- yiilar oldin bir korxonadan ikkinchi korxonaga, bir 
viloyatdan boshqasiga pul o‘tkazish bimecha kunni taiab etgan bo‘lsa, 
hozirda bu muomala bir necha daqiqalarda amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АКТ) 
sohasi jahon iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan sohalardan biri 
hisoblanadi. Bu iqtisodiy o‘sish mexanizmi, hamda boshqa sohalarda 
iqtisodiy jarayonlami sezilarli darajada o‘zgartirib va intellektuai inson 
mehnat 
mahsuloti, 
ma’lumotlaridan 
foydalanish va bilimlarga 
asoslangan yangi turdagi iqtisodiyotni shakllantirishga ta’sir ko’rsatishni 
davom etmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 - fevraldagi 
PF-4947-sonli 
Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda 
0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi” 
bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiyotni rivojlantirish 
va 
liberallashtirishning 
ustuvor 
yo’nalishlaridan 
biri, 
tarkibiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
yo‘li 
bilan 
milliy 
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirish xizmat ko‘rsatish sohasining jadal 
rivojlanishi, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning roli va 
ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatiar tarkibida tub o‘zgarishlarni,
1 8 9


birinchi 
navbatda 
zamonaviy 
yuqori 
texnologiyali 
xizmatlar, 
shuningdek, yo‘ 1-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiya 
qilish 
va 
diversifikatsiya 
qilish, 
iqtisodiyotda, 
ijtimoiy 
sohada, 
boshqaruv 
tizimida 
axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish beigilab borildi.
0 ‘zbekistonda 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, hayotning barcha jabhalarida innovatsion 
usutlar bilan bog‘liq bo‘lgan yuksak salohiyatli loyihalami amalga 
oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. 
Bugungi 
kunda 
respublikamiz 
АКТ 
sohasidagi 
eng 
jadal 
rivojlanayotgan mamlakat sifatida tan olingan. 2017-yilda Xalqaro 
elektraloqa ittifoqi (“Axborot jamiyati oMchovi”) ma’lumotlariga ko‘ra, 
2016- yil bilan taqqoslanganda mamlakatimiz AKTni rivojlanish indeksi 
bo‘yicha sakkiz pog‘onaga ko‘tarilib, 95 o‘rinni egalladi. 2016-yilda 
respublika YalMda АКТ sektorining ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. АКТ 
tarkibida yuqori ulush xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaqtda respublikada aloqa xizmatlariga, moliya xizmatlari, 
transport, savdo va ovqatlanish xizmatlari bilan bir qatorda talab katta. 
Barcha magistral, hududiy va interstaktik aloqa turlarida tolali-optik 
liniyalari qo‘llaniladi, bu zamonaviy kengpolosali texnologiyalarning 
telekommunikatsiya tizimiga kirishning natijasi hisoblanadi. Bunday 
aloqa liniyalarining qamrov zonasini kengaytirish bozorda taqdim 
etilayotgan АКТ xizmatlarining doirasini kengaytirish, videotelefoniya 
servisi, Intemet-televidenie, yuqori tezlikdagi internet, ND-kanallami 
efirga uzatish bo‘yicha xizmatlar sifatini oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, bugungi kunda rivojlanish darajasi bizning zamon 
talablariga javob beradigan, hamma shaharlararo va xalqaro miqyosida, 
shuningdek, mahalliy telefon stansiyalarida raqamli texnologiyalar joriy 
etildi, telekommunikatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilindi. Internetga 
kirish kanallari tubdan kengaytirildi. Bu, o‘z navbatida, so‘nggi besh yil 
davomida operatorlar va provayderlar tomonidan taqdim etilgan 
xizmatlar sifatini oshirishga imkon berdi.
AKTdan faol foydalanish keng tarqalgan, uskunalar va texnologiya 
infratuzilmasining eng yangi turlari bilan jihozlangan, yuqori kadrlar 
potensiali bilan asoslangan. Bu ish insoniarning turmush darajasi sifatini 
yaxshilashga asoslangan, ularning kundalik hayotini yaxshilash, davlat 
boshqaruvida eng yangi texnologiyalardan samarali foydalanishni 
ta’minlashga qaratilgan.
190


Rdspublikada rhobil aloqa tarmbqlarining dinamik kengayishi 
kuzatilmoqda. Agar yaqinda undan faqat so‘zlashuvlar uchun 
foydalanilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu zamonaviy aloqa turi ommaviy 
axborot vositalarida dolzarb ma’lumotlarrii olish, ma'lumot almashish, 
moliyaviy bitimlar tuzushni amalga oshirishga yordam bermoqda. Ayni 
paytda 0 ‘zbekiston bozorida mobil aloqa xizmatlarini, "Unitel" MChJ 
(“Beeline” savdo belgisi), “Universal Mobile Systems” (“Mobi” savdo 
belgisi), “RWC” (“Perfectum Mobile” savdo belgisi), “Coscom “XK 
MChJ (“Ucell” savdo belgisi) va “UzMobile” filiali “0 ‘zbektelekom” 
AJ kompaniyalari tomonidan ko‘rsatiladi. Mobil aloqa xizmatlari 
CDMA, GSM-900, GSM-1800, UMTS 2100, 4G LTE standartlarida 
taqdim etiladi. Mobil aloqa operatorlari tomonidan mobil aloqa 
foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha, xususan, mobil internet, SMS- 
informer, internet-banking va boshqa xizmatlarni faol ravishda taqdim 
etmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy insonning hayotini internetsiz tasavvur 
qilib 
bo‘lmaydi. 
Yaqin 
kelajakda 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining topshirig‘iga binoan, 2018-yilda Intemetga ulanish 
tezligi kamida to‘rt martaga oshirish uni 2020 yiigacha MDH 
mamlakatlari darajasiga etkazish, shuningdek internet tarmog‘iga 
chiqish narxini pasaytirish rejalashtirilgan. 2017-yilda yuridik shaxslar 
Veb-saytlari soni umumiy Internet tarmog‘i Veb-saytlar (8029 bir.) 
soniga nisbatan 83,3% ni tashkil etadi. Jismoniy shaxslar Veb- 
saytlarining ulushi 16,7% ni tashkil etdi.
Bugungi kunda axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari sogdiqni 
saqlash, ijtimoiy muhofaza, ta’lim, davlat xizmatlari va turjzm 
sohalariga bosqichma-bosqich joriy qilinmokda. Viloyatlarda “aqlli” va 
“xavfsiz” shaharlar yaratish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmokda. 
Xususan, tarmoqli axborot texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim 
sohasining yangi istiqbollarini ochib berdi. Zamonoviy ta’iim usullari va 
axborot texnologiyalarining birlashtirilishi yangi integratsiyalashgan 
ta’lim texnologiyalarini xususan, Intemet-texnologiyalari asosida 
shakllantirish imkonini berdi. Masofaviy ta’lim elektron o‘quv 
qo‘llanmalari yordamida olingan nazariyani mustahkamlash uchun 
qo’shimcha ma’lumotlarni deyarli har qanday joydan yuklab olish, 
bajarilgan 
vazifani 
uzatish, 
o‘qituvchi 
bilan 
maslahatlashish 
imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
191


Pochta aloqasi sohasi ham 0 ‘zbekiston davlatining xo‘jalik va 
ijtimoiy infrastrukturasining ajralmas qismi hisoblanadi. 1991-yilda 
Q‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingan kundan boshlab, 
aloqa sohasida ham korxonalarni mustaqil xo‘jalik subyektlariga 
o‘tkazish ishlari boshlandi. Pochta aloqasi va soyuzpechat korxonalari 
negizida pochta aloqasi mustaqil korxonasi (birlashmasi) tashkil etildi.
1992- yilda pochta aloqasi korxonasi ta’sischilarining yig‘ilishi 
qarori bilan “0 ‘zbekiston pochtasi” konserni tashkil etildi. 1994-yil 24- 
fevralda 0 ‘zbekiston Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) a’zoligiga qabul 
qilindi. Hozirgi kunda jahonning 96 ta mamlakatlari bilan pochta 
ayirboshlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda sodir boiayotgan katta yangilanishlar aloqa 
sohasida ham o‘zgarishlar qilish zarurligini ko‘rsatdi. Pochta aloqasini, 
axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni boshqarishni yanada 
takomillashtirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va sohaga xorijiy 
sarmoyalarni 
jalb 
etish 
maqsadida 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 1997-yil 2 3 -iyuldagi 1823-sonli “Axborot tizimlari 
sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi 
Farmoni 
va 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“0 ‘zbekiston 
pochta 
va 
telekommunikatsiyalar 
agentligi faoliyatini tashkil etish haqida”gi 1997- yil 31-iyuldagi 
qaroriga muvofiq, 
“0 ‘zbekiston pochtasi” 
Davlat aksiyadorlik 
kompaniyasi tashkil etilib, unda aksiyalarning 75 foizi davlat mulki, 10 
foizi fnehnat jamoasi va 15 foizi erkin sotuv uchun etib belgilandi.
2000-yil 31-avgustda 0 ‘zbekiston Respublikasining “Pochta 
aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. “0 ‘zbekiston> pochtasi” 
Davlat aksiyadorlik kompaniyasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2004- yil 19-iyuldagi 339-sonli qaroriga muvofiq, 
“0 ‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga va uning 
tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari esa filiallarga aylantirildi. Jamiyat 
tarkibida 15 ta filial, 174 ta tuman va shahar pochta aloqasi tarmoqlari, 
2986 ta statsionar va 20 ta ko‘chma pochta aloqa boMimlari bo‘lib, ular 
orqali pochta jo'natmalarini o‘z vaqtida yetkazib berish maqsadida, 32 ta 
avia, 2 ta temir yo‘l hamda 486 ta avtomobil pochta tashish yo‘nalishlari 
faoliyat ko‘rsatmoqda.
d ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 19- 
iyuldagi “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi 339-son qaroriga muvofiq, “2010- yilgacha pochta aloqasi
192


shoxobchalarini 
zamonaviylashtirish, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va 
rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»”gi 128-son qarori qabul qilingan. 
Ushbu qaroming asosiy maqsadi zamonaviy axborot-komrnunikatsiya 
texnologilarini joriy etish asosida xizmatlarning yangi turlarini 
rivojlantirish, 0 ‘zbekistonning barcha hududida pochta aloqasi universal 
xizmatlarining kafolatli va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘lib 
hisoblanadi.
“0 ‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan 2005- yildan boshlab 
mahalliy “Elektron pul o‘tkazmalari” (EPO‘) tizimi ishga tushirildi va 
2007-yildan Xalqaro elektron pul o‘tkazmalari xizmati ko‘rsatila 
boshlandi hamda Butunjahon pochta ittifoqining (IFS Light) elektron pul 
o‘tkazmalari tizimi orqali Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Qozog‘iston 
davlatlari bilan hamkorlikda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Elektron pul o‘tkazmalari tizimini yanada takomillashtirish, 
iste’molchilarga yaqinlashtirish maqsadida, tizimga bosqichma-bosqich 
pochta aloqasi obyektlarini bog‘lash ishlari olib borildi va ularning soni 
841 taga (190ta PAT, ishlab chiqarish uchastkalari va 651 ta aloqa 
bo‘limlari)ga yetkazildi. 2011-yil 4 - fevraldan boshlab, “0 ‘zbekiston 
pochtasi” OAJ Butunjahon pochta ittifoqining IFS tizimiga bog'land! va 
xalqaro EPQ‘ almashinuvini ushbu tizim orqali amalga oshirilishi yo'lga 
qo‘yildi.
2010-yiIda Bernda BPI tomonidan tashkil etilgan sifat xizmatini 
yaxshilash Fondi (FUKS) Ko‘mak Kengashining qaroriga muvofiq, 
“0 ‘zbekiston pochtasi” OAJ Respublika ichki magistral avtomobil 
yo‘nalishida xat-xabarlaming o‘tishini yaxshilash bo'yicha loyihasini 
tatbiq etishda eng yaxshi amalga kiritganligi uchun mukofotlandi.
2010-yilda “0 ‘zbekiston 
pochtasi” OAJ tomonidan 
ISO 
9001:2008 xalqaro standartlar talabiga muvofiq, Sifatni boshqarish 
tizimini joriy etilganligi va qo'llanilayotganligi to‘g‘risidagi DQS 
xalqaro sertifikattsiya tarmogi hamda 0 ‘zstandart agentligining milliy 
sertifikatlari topshirildi.
2018-yil 19-fevraldagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. 
Mirziyoyevning 5349-sonli farmonida 0 ‘zbekistonda zamonaviy 
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron 
davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat 
organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy 
etish yuzasidan izchil ish olib borilishi ta’kidlandi. Shuningdek,
193


sohadagi ba’zi kamchilik ko'rsatilib o‘tilib, ularning yechimlari, soha 
oldidagi istiqbolli vazifaiar sifatida belgilab berildi.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish