0 ‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatisiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/112
Sana14.07.2022
Hajmi8,08 Mb.
#799841
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi

NAZORAT SAVOLLARI
1. 0 ‘zbekistonda davlat mustaqilligining huquqiy asoslarini yaratishda 
qanday asosiy hujjatlar qabul qilindi?
2. Mustaqillik yillarida qonun ustivorligini ta’minlashda qanday ijobiy 
o'zgarishlar amalga oshirildi?
3. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini shakllantirish 
jarayonini tushuntirib bering.
4. lkki palatali parlamentning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan 
iborat?
5. Mustaqillik yillarida qanday yangi davlat organlari tashkil topdi?
6. Boshqaruv sohasidagi islohotlar nimalarda aks etdi?
184


7. 
2017-2021-yillarda 
0 ‘zbekistonni 
rivojlantirish 
harakatlar 
strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot bering?
8. Prezident Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
qanday muhim masalalar ilgari surildi?
185


15- MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA 0 ‘ZBEKISTONBAGI
IJT1MOIY-1QTISODIY, MA’NAVIY-MADANIY TARAQQ1YOT.
0 ‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI.
Asosiy 
tushuncha 
va 
iboralar: 
bozor 
iqtisodiyoti;
liberallashtirish; modemizatsiya; infrastruktura; axborot texnologiyalari; 
Internet; axborot tahdidi; mobil aloqa; telekommunikatsiya; electron 
hukumat; ma’naviy qadriyatlar; tarixiy meros; diniy qadriyatlar; xalqaro 
hamjamiyat; geosiyosat.
15.1. Q ‘zbekistonda iqtisodiy islohotiarnmg boshlanishi va
bozor iqtisodiyoti asoslarining yaratilishi
O'zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ij'timoiy-iqtisodiy ahvol 
o‘ta murakkab edi. Mustaqilligini qo‘lga kiritgan 0 ‘zbekiston sovet 
tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi 
siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi. Jahon 
tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul 
bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. 
Har bir davlat o‘zining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab 
chiqishi lozim. 0 ‘zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy 
qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga 
imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi.
Bozor munosabatlariga o'tishning dastlabki davridan respublika 
hukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul 
qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga 
qaratilgan nogironlami ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, 
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolaming sog‘lig‘ini 
saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari, hukumat 
qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi.
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi 0 ‘zbekistonni tadrijiy taraqqiyot 
yo‘liga qaytishiga imkoniyat yaratdi. “0 ‘zbek modeli” konsepsiyasi 
asosida boshlangan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada 
tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichlarda 
olib borildi.
Birinchi bosqich- 1991-1996-yillar. Bu bosqichda mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini 
barpo 
etishning 
asosi 
bo‘lgan 
kichik 
mulkdorlar 
sinfining
186


shakliantirilishidan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni 
himoya 
qilishning 
konstitutsiyaviy 
huquqlari 
va 
kafolatlarini 
ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi.
Iqtisodiyothi isloh qilishning asosiy strategik maqsadi avvalo, 
kishilar 
turmushi 
va 
faoliyati 
uchun 
zarur 
shart-sharoitlami 
ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvehi iqtisodiy 
tizimni barpo etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining birinchi 
bosqichi mustaqillik kunidan milliy valyutani muomalaga kiritishgacha 
bo'lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal qilindi. Birinchidan, 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlari ycngib o‘tildi, 
tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlaShtirildi. Ikkinchidan, 
bozor 
munosabatlarining 
huquqiy 
negizlari 
shakllantirildi. 
0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiy- 
iqtisodiy negizlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o ‘z 
ifodasini topdi.
Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan 
iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga 
xususiylashtirish 
chog‘ida 
imtiyozlar 
tizimi 
yaratildi. 
Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga 
aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. 
Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi 
mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo'jaligi davlat xo‘jaliklarining 
mol-mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida 
xususiylashtirildi.
Ikkinchi bosqich - 1996-2000-yiliar. Ushbu bosqichda keng 
qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga 
xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki 
xususiy tijorat banklari va bankdan tashqari moliya institutlari (kredit 
uyushmalari) o‘z faoliyatlarini boshladi. 1996- yilda xalqaro iqtisodiy 
makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxini pasayib ketishiga, ayni 
vaqtda respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta’minlab turgan ushbu 
xomashyoning eksportidan tushadigan daromad shu- yilning o‘zida 15% 
qisqarishiga sabab bo‘ldi.
1998-1999-yillardagi 
noqulay 
ob-havo 
sharoiti 
paxta 
hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25% ga 
qisqardi. Bunga javoban mamlakat hukumati e’tibori import o‘rnini 
bosuvchi ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va bu davrda katta
1 87


qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zaxirasini saqlab turishga, undan 
unumliroq foydalanishga qaratildi.
Uchinchi bosqich - 2000-2016-yillar. Mazkur bosqichda xususiy 
tadbirkorlikni keng koiamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar 
yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar 
qabul qilindi. Jumladan, 2000-yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tadbirkorlik 
faoliyati subyektlarini 
davlat ro‘yxatidan 
o'tkazish 
mexanizmi 
soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok 
etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar taqdim etildi, 
tadbirkorlaming imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi.
2008- yilda 
jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozining 
salbiy 
oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan kichik biznes subyektlarining tijorat 
banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, 
ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona 
soliq to‘lovi stavkasi yanada pasaytirildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “2011-2015- yillarda CPzbekistonda iqtisodiy islohotlami 
yanada chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida”gi va “Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofi 
iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va modernizatsiyalash hamda 
mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishning 
ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
To‘rtinchi bosqich - 2016-уildan boshlandi. Prezident Shavkat 
Mirziyoyevning 2016-yil 5 -oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining 
jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama hirnoya 
qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir 
qo‘shimcha 
chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi 
farmoniga 
muvofi 
tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018- 
yil 
tasdiqlangan 
“Faol 
tadbirkorlik, 
innovatsion 
g‘oyalar va 
texnologiyalami qo‘llab-quvvatlash y ili- davlat dasturi”da tadbirkorlik 
subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil 
muddatga moratoriy (to‘xtab turish) e’lon qilindi.
2019-yilda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da 
mamlakatimiz salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida yangi 
qadamlar qo‘yildi. Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal 
rivojlandi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, 
yangi transport tizimlari ishga tushirildi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikka 
keng 
yo‘1 
ochildi. 
2019-yilda 
ming-minglab
188


yurtdoshlarimiz, jumladan, kam ta’minlangan oilalar shinam uy-joylarga 
ega bo‘ldilar.
Ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasida tub burilish davri boshlandi. 
Yangi-yangi bog'cha va maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yetakchi xorijiy 
universitetlarning fiiiallari, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari 
bunyod etildi. Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan 
taqdiriga 
daxldorlik 
tuyg'usi, 
ertangi 
kunga 
ishonchi 
tobora 
kuchaymoqda. Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va 
erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish