O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI
UNIVERSITETI
“Pedagogika va psixalogiya” fanidan
6 – variant
Bajardi: Safarov Samandar
Guruh: 711-18
Qabul qildi : Shohista Azimova
Toshkent 2021
Savollar
Huquqiy tarbiya va uning mohiyati
Muloqotda professional tinglash texnikasi
Pedagogika fanining asosiy tarmoqlari va tushunchalari
Huquqiy ta’lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo'lib, yoshlikdan
boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta ’lim
muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi,
ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g ‘risida boshlangich
tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va
chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi
zarur.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi
ko'nikma va malakalami hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi
huquqiy sifatlami qaror toptirish va huquqiy madaniyatni
shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs
huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya
jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal
etiladi:
- o'quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-
huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi
ahamiyati to'g'risida ma’tumotlar berish;
- o'quvchilarda huquqiy bilimlami egallashga bo'lgan ehtiyojni
yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- o'quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi
ko'nikma va malakalami hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasawur,
huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy
mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy
salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o'quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy m e’yorlar,
qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to'g'ri baholash,
harakat va harakatsizlikning qonuniy bo'lishiga erishish, davlat
Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va
burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni
qaror toptirish, har qanday ko'rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi
murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e ’tiqodlar,
tasavvurlar, baholar, his-tuyg'ular va ma’naviyatning boshqa
tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong
muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan
tasawur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo'lib, ijtimoiy-
psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. M a’lumki,
huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va
huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati,
ahamiyati va talablari to'g'risidagi g‘oyalar, qadriyatlami o'z ichiga
olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, y a’ni
huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog‘liq.
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan
ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi
navbatda, yuridik normalami amalga oshirishning, huquq amal
qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq
«yashaydi», amal qiladi,
Huquqiy faoliyat - huquqiy m e’yorlar, qonunlar talablariga
nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish,
qonunlami hurmat qilish, ulami shaxs erkini himoya qilish kafolati
sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol
ishtirokni tashkil etishga yo'naltirilgan amaliy xatti-harakatlar
majmui.
Huquqiy madaniyat - bu kishilaming huquqiy bilim darajasi,
huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo‘lib, u eng avvalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o ‘zlashtirishni; umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, tarixiy xotira, urfodatlar va an'ana! ami; aholi tomonidan qonunlami bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori
darajasini, ular riufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huquqni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaxslaming qonunga itoatkorligini talab etadi.
Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o`rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o`zini shaxs deb hisoblash bilan bog`liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir.
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
Do'stlaringiz bilan baham: |