0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Shu  tariqa,  1770-yilda  xonlikda  qo‘ng‘irotlar  sulolasining  hukm-



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Shu  tariqa,  1770-yilda  xonlikda  qo‘ng‘irotlar  sulolasining  hukm- 
ronligi  o‘rnatildi.  Biroq  bu  sulola  chingiziylar  avlodiga  mansub 
bo‘lmaganligi  ucbun  taxtda  awalgi  sulola  vakillarini  saqlab  keldilar. 
Ular  aslida  soxta  xonlar  bo‘lib,  amalda  hccli  qanday  hokimiyatga 
ega  bo‘lmaganlar.
8 7


Muhammad  Rahimxon  I 
davrida  Xiva  xonligi
Avaz  Muhammad  inoq  davrida  Xiva  xonligi  iqtisodiy  jihatdan 
ancha  mustahkamlandi.  Muhammad  Amin  (1770-1790)  ham,  uning 
o‘g‘li  Avaz  (1790-1804)  ham  davlat  hokimiyatini  inoq  unvonida 
boshqardilar.  Faqat  Avazning  o‘g‘li  Eltuzar  1804-yilda  o‘zini  xon  deb 
e’lon  qildi.  Bu  sana  xonlik  tarixiga  qo‘ng‘irotlar  sulolasi  hukmronligi 
rasman  o‘rnatilgan  sana  sifatida  kirdi.  Sulola  1920-yilga  qadar  Xiva 
xonligini  idora  qildi.
Eltuzarxon  xonlikda  markazlashgan  davlat  siyosati  yuritish  uchun 
harakat  qildi.  Biroq  u  1806-yilda  X iva-B uxoro  urushida  halok
bo‘ldi.
Eltuzarxon  vafot  etgach,  taxtga  uning 
ukasi  Muhammad  Rahimxon  I  o‘tirdi. 
Muhammad  Rahimxon  I  Xiva  xonligini  siyosiy  jihatdan  birlashtirishga 
kirishdi.  Bu  juda  muhim,  kerak  bo‘lsa,  hayot-mamot  masalasi  edi. 
Chunki  Rossiya  tomonidan  mustahkamlangan  Orenburg  liniyasining 
paydo  bo‘lishi  Xiva  xonligiga  bevosita  tahdid  solmoqda  edi. 
Ikkinchidan,  Buxoro  amirligining  hujumlariga  qarshi  tura  olish  ham 
zarur  edi.  Xonlikni  siyosiy  jihatdan  birlashtirmasdan  va  markaziy 
hokimiyatni  mustahkamlamasdan  turib  chet  el  davlatlari  tahdidining 
kuchini  kamaytirish  qiyin  edi.  Birlashtirish  jarayoni  turkman  qabilala- 
rini  ho‘ysundirishdan  boshlandi.  Turkmanlaming  turli  qabilalari  qan- 
chalik  qattiq  qarshilik  ko‘rsatmasinlar,  birin-ketin  bo‘ysundirib  boril- 
di.  Bo‘ysunishni  istamagan  yovmut  qabilasi  Xurosonga  ko‘chib  ketdi. 
Biroq  Eron  hukumatining  tazyiqi  ostida  hamda  yaylov  maydoni  yo‘q- 
ligi  natijasida  yana  Xiva  xonligi  hududiga  qaytib  keldilar.  Endi  ular 
Xiva  xoni  tomonidan  ajratib  berilgan  hududga  joylashishga  majbur 
bo‘ldilar.  Shu  davrdan  boshlab,  yovmut  qabilasining  taqdiri  Xiva  xon­
ligi  bilan  uzil-kesil  bogMandi  va  xonlik  fuqarolari  tarkibiga  olindi. 
Ularga  ham  soliq  to‘lash  belgilandi.  Shuningdek,  xon  qo‘shiniga  bel- 
gilangan  miqdorda  navkar  yuborish  majburiyati  ham  yuklandi.
Ular  xon  qo‘shinida  sidqidildan  xizmat  qildilar.  Muhammad  Ra­
himxon  I  o‘zbeklar  va  turkmanlardan  tuzilgan  „xon  navkarlari“  deb 
atalgan  muntazam  qo‘shinga  tayanib  yirik  zodagonlar  va  Orolbo‘yi 
o'zbeklari  qarshiligini  sindirdi.  1811- уilda  esa  qoraqalpoqlar  ham 
bo‘ysunishga  majhur  etildi.  Shu  tariqa,  Muhammad  Rahimxon  I  dav­
rida  xonlik  siyosiy  jihatdan  birlashtirildi.  Ayni  paytda,  uning  hudud- 
lari  yanada  kengaytirildi.
88


Muhammad  Rahimxon 
islohotlari
Mamlakatda  nisbiy  barqarorlik  ta’minlandi. 
Ayni  paytda,  davlat  boshqaruvi,  soliq  tizi- 
mida  islohotlar  o‘tkazildi.  Bojxona  xizmati 
va  zarbxona  tashkil  etildi.  1809-yiLda  tilla  tangalar  zarb  etish  yo‘lga 
qo‘yildi.  Davlat  boshqaruvi  sohasida  o‘tkazilgan  islohotga  ko‘ra,  xon 
huzurida  yuqori  boshqaruv  organi  -   Oliy  Kengash  ta ’sis  etildi.
Vakolati  cheklangan  bo‘lsa-da,  Kengash  xon  farmonlarini  tasdiq- 
lovchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyati  vazifasini  bajardi.  Oliy  Kengash- 
ga  xonning  o‘zi  rahbarlik  qildi.  Oliy  Kengash  ishida  xonning  yaqin 
qarindoshlari,  mehtar,  qo’shbegi,  devonbegi,  naqib,  shayxulislom, 
bosh  qozi,  inoq,  otaliq  va  biylar  qatnashganlar.  Oliy  Kengash  majlisi 
haftada  bir  marta  o‘tkazilgan  va  unda  davlatning  ichki  va  tashqi  si- 
yosatiga  oid  eng  muhim  masalalar  muhokama  etilgan.  Ayni  paytda, 
xonlik  hayotiga  oid  kundalik  masalalami  hal  etish  uchun  Kichik 
Kengash  ham  ta’sis  etildi.  Bu  kengash  ishida  xondan  tashqari  mehtar, 
qo‘shbegi,  devonbegi,  naqib  va  shayxulislom  qatnashganlar.
Soliq  tizimida  o‘tkazilgan  islohotga  ko!ra,  soliqlaming  muntazam 
undirilishi  ta’minlandi.  Bunga  yerdan  olinadigan  soliqning  mahalliy 
hokimlar  tomonidan  yig‘ilishiga  chek  qo'yish,  soliqlarning  xon  tomo- 
nidan  tayinlangan  davlat  amaldorlari  tomonidan  yig‘ilishi  tartibining 
o‘rnatilishi  orqali  erishildi.  Ayni  paytda,  yer  solig’ining  ancha  qismi 
pul  shaklida  yig‘iladigan  va  ulaming  hammasi  umumdavlat  xazinasiga 
topshiriladigan  bo‘ldi.  Shuningdek,  bojxona  xizmatining  tashkil  etil- 
ganligi  va  oltin  tangalar  zarb  etilib  muomalaga  chiqarilganligi  dav­
lat  xazinasiga  tushumning  ko‘payishiga  xizmat  qildi.  Muhammad  Ra­
himxon  I  mamlakatda  ichkilikni  taqiqladi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish