0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

83


Xiva-Buxoro
munosabatlari
Afsuski,  X iva-B uxoro  munosabatlari  keskin 
kechdi.  Buxoro  xonligi  Xiva  xonligini  o‘z  mul- 
kiga  qo‘shib  olish  ucbun  bir  necha  bor  urinib 
ko‘rdi.  Abulg‘oziy  Bahodirxon  Buxoroning  hujumini  qaytardi.  Keyin- 
chalik  qulay  imkoniyatlar  bo'lganida  o‘zi  ham  bir  necha  bor  Buxoro 
hududlariga  bostirib  kirdi.  Va  nihoyat.  1662-yilda  Buxoro  xonligi  bi­
lan  sulh  tuzdi.  Abulg‘oziy  Bahodirxon  1663-yilda  hokimiyatni  o‘g ‘li 
Anushaxonga  topshirdi.  Uning  davrida  ikki  davlat  munosabatlari  ya- 
nada  keskinlashdi.  Anushaxon  davrida  X iva-Buxoro  munosabatlari 
qanday  kechganligi  haqida  aw algi  mavzularda  bilib  olgan  edingiz. 
Anushaxonni  taxtdan  ag‘dara  olgan  Subhonqulixon  eshikog‘aboshi 
Shohniyozni  Xivaga  noib  etib  tayinladi.  Biroq  tez  orada  Xiva  xon- 
ligida  Buxoro,  Rossiya  va  Eron  manfaatlari  to ‘qnashdi.
Manfaatlar  to‘qnashuvi  Shohniyozning  Subhonqulixonga  xiyonat 
qilishidan  boshlandi.  Shohniyoz  o‘z  hokimiyatini  mustahkamlashga  va 
Buxoroga  qaramlikdan  qutulishga  intilib,  Rossiya  siymosida  kuchli 
homiyga  ega  bo‘lmoqchi  bo‘ldi.  1700-yilda  u  Subhonqulixonga  bil- 
dirmay,  Pyotr  I  huzuriga  elchi  yuborib,  o‘ziga  tobe  bo‘lgan  butun 
xalq  bilan  birga  Rossiya  qaramog'iga  qabul  qilishni  so‘radi.  Pyotr  I 
1700-yilning  30-iyunidagi  farmon  bilan  bu  iltimosga  rozilik  bildirdi. 
Biroq  bu  farmon  amalda  hech  naf  keltirmadi.  Xiva  xonligining 
parokandaligi  Sherg‘oziyxon  davrida  (1715 — 1727),  ayniqsa,  yaqqol 
namoyon  bo‘ldi.  0 ‘zaro  ichki  mojarolar  tufayli  yemirilayotgan 
davlatning  ichki  ahvoli  chet  davlatlarning  aralashuvi  sababli  yanada 
mushkullashdi.  Chunonchi,  1714-yilda  Pyotr  I  uyushtirgan  A.Bekovich- 
Cherkasskiy  boshchiligidagi  ekspeditsiya  o‘sha  paytda  qudratli  Rossiya 
davlatining  Xivani  o‘z  ta ’siriga  bo‘ysundirish  yo‘lidagi  dastlabki  uri- 
nishi  bo‘ldi.  Ammo  bu  ekspeditsiya  fojiali  tugadi.  Shundan  keyin 
Xiva  ancha  vaqtgacha  Rossiya  tomonidan  hujum  bo!lishi  xavfi  ostida 
yashadi.  Biroq  „Shimoliy  urush“  bilan  band  bo‘lgan  Rossiya  harbiy 
harakat  boshlay  olmadi.  Shunday  bo!lsa-da,  Вekovich-Cherkasskiy 
harbiy  ,,ekspeditsiyasi“ning  halokati  X iva-R ossiya  munosabatlarini 
keskinlashtirib  yubordi.  Bunday  sharoitda  Sherg‘oziyxon  Buxoro  bilan 
munosabatlarni  yumshatishga  harakat  qildi.  Lekin  Rossiya  hujumi  xavfi 
saqlanib  turgan  bir  paytda  har  ikki  o‘zbek  xonligi  o‘zaro  hamjihat 
bodishga  intilish  o‘miga  ulaming  munosabatlaridagi  keskinlik  yanada
84


kuchaydi.  Bunga  Buxoro  xoni  Abulfayzxooning  orolliklarni  Xiva  xo- 
niga  qarshi  gijgijlashi  sabab  bo‘ldi,  Natijada,  Orolbo‘yi  aholisi  Xiva 
xonligidan  ajralib  chiqdi.  Xiva  xonligida  boshlangan  o‘zaro  kurash 
goh  u,  goh  bu  tomonning  ustunligi  bilan  to  Sherg‘oziyxonning  va- 
fotiga  qadar  davom  etdi.  Qabilalar  o ‘zaro  kelisholmagach,  endi 
taxtga  Qozoq  xonligidan  chingiziy  sultonlami  o‘tqazish  boshlandi. 
1728-yilda  taxtga  o‘tqazilgan  Elbarsxon  ularning  birinchisi  bo‘ldi 
(1728-1740).  Eron  shohi  Nodirshoh  xonlikdagi  siyosiy  beqarorlikdan 
foydalanib,  1740-yili  Xivani  bosib  oldi  va  Xivaga  o‘z  odamini  ho- 
kim  etib  tayinladi.  Xivada  Eron  boshqaruv  tizimi  o‘rnatildi.  Biroq 
Eronga  qaramlik  davrida  ham  ichki  nizolar  to ‘xtamadi.  Aksincha, 
taxt  uchun  qabilalararo  ayovsiz  kurash  boshlandi.  Taxtga  esa  atayin 
chingiziylar  avlodiga  mansub  xonlarni  o‘tqazish  davom  etdi  va  ular 
tez-tez  almashtirib  turildi.  Bu  hodisa  xonlik  tarixiga  „xonlar  o‘yini“ 
nomi  bilan  kirdi.
Xonlar  esa  amalda  inoqlar  qo‘lida  itoatkor  bo‘lib  qoldilar.  0 ‘zaro 
ichki  kurashlarda  ma'lum  muddat  turkman  yovmutlarining  qoTi  baland 
keldi.  Ular  1764-yilda  hokimiyatni  amalda  o‘z  qoTiga  oldilar.  Biroq 
ular  davlatni  boshqarishni  eplay  olmadilar.  Ularning  zo‘ravonlik  va 
talonchiliklari  xonlik  aholisini,  ulami  qoTlab-quwatlagan  kuchlarni 
bam  o‘zlariga  qarshi  qilib  qo‘ydi.  Xonlikdagi  bu  ichki  boshboshdoqlik 
qo‘ng‘irot  qabilasi  hokimiyat  tepasiga  kelgunga  qadar  davom  etdi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish