0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

55


Amir  Nasrullo 
hukmronligi
hasini  suv  bilan  ta’minlab  turgan  Sultonbandi  to ‘g‘oni  buzib  tash- 
landi.  Suvsiz  qolgan  marvliklar  o‘zlari  yashab  turgan  joylardan 
boshqa  yurtlarga  ketishga  majbur  bo‘ldi.  Dinnosirbek  esa  Erondan 
boshpana  topdi.  Harbiy  harakatlar  oddiy  mehnatkashlaming  bnningsiz 
ham  og‘ir  ahvolini  yanada  og‘irlashtirdi.  Bu  ham  yetmaganidek,  har- 
biy  harakatlar  uchun  qoracherikka  safarbarlik  va  yer  solig‘ining  mud- 
datidan  oldin  yig'ib  olinishi  1821-yili  Miyonqolda  qo‘zg‘olon  ko‘- 
tarilishiga  olib  keldi.  Uni  bostirishga  qanchalik  urinilmasin,  amir 
qo‘shini  qo!zg‘olonchilarning  kuchini  sindirolmadi.  Amir  oxir-oqibat 
qo‘zg‘olonchilarga  yon  bosishga,  ularning  mulki  va  shaxsiy  daxlsizligi 
xususida  yorliq  berishga  majbur  bo‘ldi.
Amir  Haydar  vafot  etgach,  qisqa  vaqt  oralig'ida 
lining  ikki  o‘g‘li  taxtga  o‘tirdi.  Biroq  ular  fitna 
qurboni  bo‘lishdi.  NLhoyat,  taxtni  uning  uchinchi 
o‘g‘li  Nasrullo  egalladi  (1826-1860).
Amir  Nasrullo  amirlik  tarkibiga  rasmangina  kirgan  bekliklami  ya- 
gona  davlatga  birlashtirish  yo‘lida  qat’iyat  bilan  kurash  olib  bordi. 
Shahrisabz  va  Kitob  bekliklarini  to ‘la  bo‘ysundirish  uchun  kurash 
30  yil  davom  etdi.  Nihoyat,  1856-yildagina  u  Shahrisabz  va  Kitobni 
bo!ysundirishga  muvaffaq  bo!ldi.
Bundan  tashqari,  mang‘it  amirlari  o‘zlarining  mutlaq  hokimiyatini 
qaror  toptirishni  bosh  vazifalaridan  biri  deb  hisobladilar.  Shu  maq- 
sadda  ular  amir  shaxsiga  sig‘inish  siyosatini  yuritdilar.  Natijada,  fu- 
qarolar  jazoga  tortilishdan  qo‘rqqanlaridan  uning  nomini  baland  ovoz 
bilan  ayta  olmaydigan  bo‘lib  qoldilar.  Hukmron  tabaqalar  amirga 
xushomadgo‘ylik  qilardilar.  Amaldorlar  amirdan  ko‘rsatma  kutib  o‘tir- 
masdan  uning  xohish-istagini  topa  bilishga  intilardilar.  Har  bir  amal- 
dor  amiming,  kichik  amaldor  o‘zidan  katta  amaldoming  qahriga  uch- 
rab  qolishdan  qo‘rqib  yashardi.  0 ‘zining  bugungi  mavqcyi,  mulki, 
hayoti,  oilasining  omonligi  uchun  shunday  bir  qo'rquv  muhiti  vujudga 
keltirildiki,  natijada  hech  kim  ishonch  bilan  ertangi  kunidan  umidvor 
bo‘la  olmaydigan  bo‘lib  qoldi.
Qo‘shni  o‘zbek 
Buxoro  amirligining  o‘z  qo‘shnilari  Qo'qon  va
xonliklari  bilan 
Xiva  xonliklari  bilan  munosabatida  o'zaro  to- 
munosabat 
qatsizlik  ustun  edi.  Bu  toqatsizlikning  asosida 
Buxoro  amirligining  mintaqada  yetakchilikka  erishish  va  bu  ikki  xon- 
lik  hisobiga  mustahkamlanib  olish  maqsadi  yotardi.
56


Shuning  uchun  ham  Buxoro  amirligi  1842-yilda  hatto  Qo‘qoo 
xonligini  ham  bosib  oldi,  Biroq  Qo‘qon  xonligining  Buxoro  amirligiga 
qaramligi  uzoqqa  cho‘zilmadi.  Shu  yilning  o‘zidayoq  Qo‘qonda  Bu­
xoro  bosqiniga  qarshi  ko‘tarilgan  qo‘zg‘olon  natijasida  Qo‘qon  xon­
ligining  mustaqilligi  tiklandi.
Tez  orada  bu  ikki  davlat  o ‘rtasida  у ana  urush  kelib  chiqdi. 
1843-yilda  amir  Nasrullo  Xo‘jand  va  0 ‘ratepani  qo‘lga  kiritish  uchun 
Qo!qon  xonligiga  qarshi  kurash  hoshladi.  Bu  ikki  shahar  o‘n  yillar 
davomida  qo‘ldan  qo‘lga  o‘tib  kelardi.  Nihoyat  bu  safar  Buxoroning 
qo‘li  baland  keldi.
1843-yilda  Marv  viloyati  uchun  talashayotgan  Buxoro  va  Xiva 
o‘rtasida  urush  harakatlari  kelib  chiqdi.  Xiva  qo‘shini  Hazorasp  ya- 
qinida  Buxoro  qo‘shinini  mag‘lubiyatga  uchratdi.  Lekin  Marv  Buxoro 
amirligi  tarkibida  qoldi.  Faqat  1845-yildagina  Xiva  xonligi  Marvni 
egalladi.
1.  Amir  Haydar  markaziy  hokimiyatni  mustahkamlash  borasida  qanday 
tadbirlarni  amalga  oshirdi?
2.  Amir  Nasrullo  davrida  qanday  omillar  amirlik  hokimiyatining  ku- 
chayishini  ta’minladi?
3.  Nega  mang‘itlar  davrida  ham  o‘zbek  davlatlari  o'rtasida  keskinlik 
davom  etdi7

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish