0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/133
Sana31.12.2021
Hajmi7,26 Mb.
#269232
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133
Bog'liq
8-sinf.O'zbekiston tarixi (2019) [uzsmart.uz]

Hududi  va  aholisi
5 - O ‘zbekiston  tarixi,  8-sinf
65


Chorvachilik  ham  juda  rivojlangan.  Uning  asosini  qo‘ychilik  tash- 
kil  etgan.  Mamlakat  yaylovlarida  12  million  bosh  qo‘y  boqilardi. 
Ayniqsa,  husndor  jingalak,  qimmatbaho  teri  beradigan  qorako‘l  qo‘y- 
chiligi  nihoyatda  rivojlangan  edi.  ,,Qorako‘l  qo‘ylari“  deb  ataladigan 
qo‘yning  vatani  Qorako‘l  bekligi  bo‘lgan.  Shuning  uchun  qo‘yning 
bu  nasli  qorako‘l  deb  atalgan.  Qo‘zilarining  terisi  jahon  bozorlarida 
ham  juda  xaridorgir  bo‘lgan.
0 ‘rta  Osiyo  sharoitida  hamma  zamonlarda  sun’iy  sug‘orishsiz 
qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirib  bo'lmagan.
Mehnatkashlaming  matonatli  mehnati,  sabr-toqati,  sug‘orish  in- 
shootlarining  muqim  ishlashini  ta ’minlar  edi.  Dehqonlar  suvdan  foy- 
dalanishda  asrlar  davomida  juda  katta  tajriba  to!plagan  edilar.  Ular 
shunday  sug‘orish  inshootlarini  bunyod  eta  olganlarki,  unga  tan  ber- 
maslikning  iloji  yo‘q  edi.  Xususan,  suv  ayirg‘ich  to‘g‘oni  qurishdagi 
mohirlik  buning  isbotidir.
Daryo  va  kanallarga  o‘rnatilgan  chig‘ir  eng  ko‘p  ishlatiladigan 
suv  ayirg‘ich  edi.  Shunday  chig‘irlar  ham  yaratilganki,  ular  suvni 
hatto  4  metr  va  undan  ham  balandga  chiqarib  bera  olardi.  Suvni 
chuqur  ariqlardan  chiqarib  olish  uchun  tutqichli  suv  ayirg‘ichlar  ish- 
latilar,  bunda  ot,  tuya,  eshak  va  ho‘kiz  kuchidan  foydalanilar  edi.
Dehqonchilik  mehnat  qurollari  nihoyatda  sodda  edi.  Oddiy  dehqon 
so‘qasi  (omoch)  asosiy  dehqonchilik  quroli  edi.  Ot,  ho‘kiz,  tuya, 
eshak  dehqonning  suyanchig‘i  hisoblangan.
Yer  e  ali  i 
Amirlikda  avvalgidek  yer  egaligining  davlat  (hu 
amlok  yerlar  deb  ham  atalgan),  mulk  (xususiy)  va 
vaqf  shakllari  saqlanib  qoldi.  Davlat  yerlarining  suvsiz  dasht,  to‘- 
qayzor  qismi  ko‘chmanchi  jamoalarga  bo‘lib  berildi.  Ular  bu  yer- 
lardan  foydalanganliklari  uchun  davlatga  belgilangan  tartibda  soliq 
to‘lashgan.  Bunday  yerlar  sotilmasdi  va  ayirboshlanmasdi.  Davlat 
yerlarining  boshqa  bir  qismi  hukmron  sulola  a’zolariga,  yirik  davlat 
mansabdorlariga  davlat  oldidagi  xizmatlari  evaziga  suyurg'ol  shakli- 
da  in’om  etilgan  edi.  Lekin  mang‘itlar  hukmronligi  davrida  suyur- 
g‘ol  egalari  ashtarxoniylar  davridagidek  mavqedan  mahrum  etildi. 
Suyurg‘ol  egasi  davlat  xazinasiga  xiroj  to‘lashi  hamda  oliy  hukm- 
doming  chaqirig'iga  ko‘ra,  zarur  holatlarda  o‘z  qora  cherigi  bilan 
harbiy  yurishlarda  ishtirok  etishi  lozim  edi.
66


Mangritlar  davrida  tanho  in’om  etish  kuchaydi.  Tanhodor  yerga 
etnas,  mansabining  darajasiga  qarab  shu  yerdan  olinadigan  soliqning 
ma’lum  qismiga  egalik  qilardi.  Eng  kichik  tanho  yeri  3 6 -6 0   tanob 
(3 -5   gektarjni  tashkil  etgan.  Xazinaga  eng  ko‘p  soliq  ham  ana  shu 
yerlardan  tusha  boshladi.  Shuningdek,  mang'itlar  davrida  dehqon  ja- 
moalari  tugatildi.  Uning  o ‘rnida  ijarachi  dehqon  shakllana  bordi.  Yer- 
mulk  egaligining  bir  qismi  davlat  xizmati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan. 
Bunday  yerlar,  asosan,  amirlikda  asrlar  osha  yashab  kelayotgan  arab- 
lar  jamoasiga  qarashli  bo‘lgan.  Bu  yerlardan  1/10  qismi  miqdorida 
soliq  olingan.  Mulk  yerlarining  ikkinchi  qismi  (mulki  hur)  davlat 
xizmati  bilan  bog'liq  edi.  Bunday  yerlar  urushlarda  jasorat  ko‘rsatgan 
yoki  hukmdorning  alohida  topshiriqlarini  bajarishda  namuna  ko‘rsatgan 
shaxslarga  berish  natijasida  vujudga  kelgan.
Bunday  yerga  ega  bo‘lgan  shaxslarga  maxsus  yorliqlar  berilgan 
hamda  ular  barcha  soliqlardan  ozod  etilgan.
Vaqf yerlari  —  bu  masjid,  mozor,  xonaqoh,  maktabxona,  madrasa 
va  maqbaralar  uchun  ajratilgan  yerlar  edi.  Bu  yerlar  musodara  etilgan, 
davlat  hamda  yirik  yer  egalari  tomonidan  hadya  etilgan  yerlar  hisobiga 
vujudga  keltirilar  edi.  Masjid,  madrasa,  qabristonlarning  asosiy  sarf- 
xarajatlari,  shuningdek,  talaba,  mudarris  hamda  mutavallilarga  beri- 
ladigan  nafaqa  va  maoshlar  vaqf  yerlaridan  olinadigan  daromad  hiso- 
bidan  qoplanar  edi.  Vaqf  mulkini  mutavalli  tasarruf  etishi  belgilab 
qo‘yilgan.


Xiroj  amirlik  davrida  ham  davlatning  asosiy  so-
lig‘i  bo‘lib  qolaverdi.  Uning  miqdori  hosilning 
2/5  qismini  tashkil  etgan.  XIX  asrda  xirojning  bir  qismi  pul  bilan 
bam  yig‘ila  boshlandi.  Bog‘,  poliz,  sabzavot  ekilgan  yerlardan  esa 
tanobona  deb  atalgan  soliq  olingan.  Bu  soliqning  miqdori  ekinzorning 
bozorga  uzoq-yaqinligiga  bog‘liq  edi.
Keyinchalik  polizlarga  yangi  soliq  -   qo'sh  puli  solinadigan  bo:ldi. 
Uning  miqdori  yer  haydashga  yaroqli  har  bir  juft  ho‘kiz  hisobidan 
kelib  chiqib  belgilangan.  Zakot  deb  ataluvchi  soliqning  hajmi  soliq 
solinadigan  mol-mulk  miqdorining  va  qiymatining  2,5  foizini  tashkil 
etgan.  Zakotga,  asosan,  chorva  mollari  egalari  va  savdogarlar  tortil- 
gan.  Tanobona,  zakot,  qo‘sh  puli  soliqlari  esa  faqat  pul  shaklida 
olingan.  Harbiy  harakatlar  chog‘ida  aholi  uchun  favqulodda  soliq  -  
to ‘la  joriy  etilgan.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish