0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi


  Aksiyadorlik shaklidagi sug'urta  tashkilotlari



Download 16,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/252
Sana25.01.2022
Hajmi16,54 Mb.
#409857
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   252
Bog'liq
Sug\'urta nazariyasi va amaliyoti

10.3.  Aksiyadorlik shaklidagi sug'urta  tashkilotlari

Aksiyadorlik  shaklidagi  sug'urta  tashkilotlarining  faoliyati  «Sug'urta  faoliyati 

to ‘g'risida»gi  Qonun  bilan  bir  qatorda  «Aksiyadorlik jamiyatlari  va aksiyadorlaming 

huquqlarini  himoya  qilish  to ‘g'risida»gi  Qonunga  muvofiq  huquqiy  tartibga  solinadi. 

Aksiyadorlik sug'urta tashkilotlari yopiq va ochiq turda tashkil etilishi  mumkin.

Bugungi  kunda  O'zbekiston  Respublikasi  sug'urta  bozorida  boshqa  mulk 

shaklidagi  sug'urta  tashkilotlari  bilan  bir  qatorda  aksiyadorlik  sug'urta  tashkilotlari 

ham  muvafTaqiyatli  faoliyat  ko'rsatishmoqda.  Ular  jumlasiga  ochiq  aksiyadorlik 

jamiyati  shaklida  tashkil  etilgan  «0'zagrosug'urta»  va  «Kafolat»  davlat  aksiyadorlik 

sug'urta  kompaniyalarini,  «Kapital  sug'urta»  aksiyadorlik jamiyatlarini  ntisol  sifatida 

keltirish mumkin.

Aksiyadorlik  jamiyatlarini  tuzish,  ulaming  faoliyati  va  ulami  tugatish, 

aksiyadorlaming  huquqlarini  himoya  qilish  bilan  bog'liq  munosabatlar  O'zbekiston 

Respublikasining  ''Aksiyadorlik jamiyatlari  va  aksiyadorlaming  huquqlarini  himoya 

qilish  to'g 'risid a‘’gi  qonuni  hamda  O'zbekiston  Respublikasining  boshqa  qonunlari 

bilan tartibga solinadi.

Qishloq  xo'jaligi,  bank,  investitsiva  va  sug'urta  faoliyati  sohalarida, 

shuningdek  davlat  korxonalarini  xususiylashtirish  chog'ida aksiyadorlik jamiyatlarini 

tuzish  va  ular  huquqiy  holatining  o'ziga  xos  xususiyatlari  qonun  hujjatlari  bilan 

belgilanadi.

Aksiyadorlik  jam iyati  -  Ustav  fondi  jamivaming  aksivadorlarga  nisbatan 

majburiyatlarini  tasdiqlovchi  m uaw an  miqdordagi  aksiyalarga  taqsimlangan  xo'jalik 

yurituvchi  subyekt  aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.

Jamiyat  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  faoliyatning  har  qanday  turlarini 

amalga  oshirish  chog'ida  huquqlarga  ega  bo'ladi  va  majburiyatlami  o‘z  zimmasiga 

oladi.


Jamiyat  yuridik  shaxs  hisoblanadi  va  o'zining  mustaqil  balansida  hisobga 

olinadigan  alohida  mol-mulkiga  ega  bo'ladi.  o 'z   nomidan  mulkiy  va  shaxsiy

113



nomulkiy  huquqlami  olishi  hamda  amalga  oshirishi,  zimmasiga  majburiyatlar  olishi, 

sudda da’vogar vajavobgar bodishi mumkin.

Jamiyat  davlat  ro'yxatidan  o'tkaziigan  paytdan  boshlab  yuridik  shaxs 

huquqlarini  qo'lga  kiritadi.  Jamiyat,  agar  uning  ustavida  boshqacha  qoida 

belgilanmagan bodsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.

Jamiyat  belgilangan  tartibda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududi  va  undan 

tashqarida  bankda  hisobvaraqlar  ochishga  haqlidir.  Jamiyat  o'/.ining  firma  nomi 

davlat tilida to'liq  yozilgan  hamda joylashgan  manzili  ko’rsatilgan  vumaloq  muhriga 

ega bodishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida  firmaning nomi  boshqa istalgan  tilda 

ham ko‘rsatilishi mumkin.

Jamiyat  o‘z  firma  nomiga  ega  bodadi.  bu  nom  firmaning  tashkiliy-huquqiy 

shakli  va  turini  (ochiq  yoki  yopiq)  aks  ettirishi  kerak.  Jamiyat  davlat  tilida  va  ayni 

paytning  o‘zida jamiyat  xohishiga  ko‘ra  boshqa  tillarda  o'zining  to'liq  va  qisqartma 

nomlariga  ega  bodishga  haqlidir.  Jamiyatning  manzili  u  davlat  ro'yxatidan 

o‘tkazilgan joyga ko‘ra belgilanadi.  Jamiyat  u bilan  aloqa  o'rnatib  turiladigan  pochta 

manziliga  ega  bodishi  lozim  va  o'z  pochta  manzili  o'zgarganligi  to'g'risida  yuridik 

shaxslami davlat ro'vxatidan odkazuvchi organlami  xabardor qilishi  shait.

Aksiyadorlik jamiyati  ochiq  yoki  yopiq  bodishi  mumkin.  Ochiq  aksiyadorlik 

jamiyatining muassislari  tarkibiga kiruvchilaming  eng kam  soni  chcklanmaydi,  yopiq 

aksiyadorlik  jamiyatining  muassislari  esa  kamida  uch  shaxsdan  iborat  qilib 

belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori  bodishi  lozim.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati. Qatnashchilari  o'zlariga tegishli  aksiyularini  o'zga 

aksiyadorlaming  roziligisiz  boshqa  shaxslarga  berishi  mumkin  bodgan  aksiyadorlik 

jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati  deb hisoblanadi.  Ochiq aksiyadorlik jamiyati  o'zi 

chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna odkazishga va qonun  hujjatlarining talablarini 

hisobga  olgan  holda  ulami  erkin  sotishga  haqlidir.  Ochiq  aksiyadorlik jamiyati  o'zi 

chiqarayotgan  aksiyalarga yopiq  obuna  odkazishga  haqli, jamiyat  ustavida  va  qonun 

hujjatlarida  yopiq  obunani  odkazish  imkoniyati  cheklab  qo'yilgan  hollar  bundan 

mustasno.

Yopiq  aksiyadorlik  jamiyati.  Aksiyalari  faqat  o‘z  muassislari  yoki  oldindan 

belgilangan  doiradagi  shaxslar  orasida  taqsimlanadigan  aksiyadorlik  jamiyati  yopiq 

aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.

Bunday jamiyat o'zi  chiqarayotgan  aksiyalarga ochiq obuna odkazishga yoxud 

ulami  cheklanmagan  doiradagi  shaxslarga  sotib  olish  uchun  boshqacha  tarzda  taklif 

etishga haqli  emas.  Yopiq  aksiyadorlik jamiyati  aksiyadorlarining  soni  ellik  nafardan 

ziyod  bodishi  mumkin  emas.  Belgilangan  chegaradan  ortib  ketgan  taqdirda  u  yopiq 

aksiyadorlik jamiyatlari  uchun miqdori aksiyadorlaming chegaralangan  limitidan ortib 

ketgan  shaxslar  aksiyadorlar  reestrida  ro'yxatga  olingan  kundan  ediboran  olti  oy 

ichida  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatiga  aylantirilishi.  ushbu  muddat  tugagach  sud 

tartibida tugatilishi lozim.



114


Yopiq 

aksiyadorlik  jamiyati 

aksiyadorlari 

ushbu  jamiyatning  boshqa 

aksivadorlari  sotavotgan  aksivalami  uchinchi  shaxsga  taklif  etilayotgan  narxda  va 

shartlarda.  ulaming  har  biriga  tegishli  aksiyalar  soniga  mutanosib  ravishda  imtiyozli 

d ish   huquqiga,  agar jamiyat ustavida  mazkur huquqni  amalga oshirishning  boshqacha 

tartibi  nazarda tutilmagan bo'lsa,  ega bo’ladi.

Agar  aksiyadorlar  aksivalami  sotib  olishda  o ‘z  imtiyozli  huquqlaridan 

foydalanmasalar. jam ivat  aksiyadorlar  tomonidan  sotiladigan  aksivalami  sotib  d ish  

uchun  imtiyozli huquqqa ega bo‘Iishi uning ustavida ko’zda tutilishi  mumkin.

Aksiyadorlar  sotavotgan  aksivalami  sotib  olishda  imtiyozli  huquqdan 

foydalanish  tartibi.  muddati  jamiyat  ustavida  belgilab  qo'yiladi.  Imtiyozli  huquqdan 

foydalanish  muddati  aksiyalar  savdoga qo’yilgan  paytdan  boshlab  30 kundan  kam  va 

60 kundan  ko‘p bo'lishi  mumkin emas.

Jamiyatni  yangidan  ta’sis  etish  va (yoki)  mavjud  yuridik  shaxsni  qayta  tashkil 

etish  (qo‘shib  yuborish,  birlashtirish.  bo'lish.  ajratib  chiqarish,  qayta  tuzish)  yo ’li 

bilan tuzilishi  mumkin.

Jamiyatni  ta’sis  etish  yo‘li  bilan  tuzish  muassislaming  (muassisning)  qaroriga 

muvofiq  amalga  oshiriladi.  Jamiyatni  ta’sis  etish  to’g ’risidagi  qaror  ta’sis  yig’ilishi 

tomonidan  qabul  qilinadi.  Jamiyat  bir  shaxs  tomonidan  ta’sis  etilgan  taqdirda 

jamiyatni  ta’sis etish haqidagi qaromi  shu shaxsning yolg’iz o ‘zi qabul qiladi.

Jamiyat  muassislari  uni  tuzish  to 'g ’risida  o’zaro  ta’sis  shartnomasini 

imzolaydilar,  shartnomada  ulaming jamiyatni  ta’sis  etish  borasida  birgalikda  faoliyat 

ko'rsatish  tartibi. jamiyat  ustav  fondining miqdori,  muassislar o ’rtasida jovlashtirilishi 

kerak  bo’lgan  aksiyalaming  turlari,  ular uchun  to‘lanadigan  haq  miqdori  va bu  haqni 

to‘lash  tartibi.  muassislaming  jamiyatni  tuzishga  doir  huquq  va  majburiyatlari 

belgilab  qo’yiladi.

Jamiyatni  ta’sis  etish  to‘g ‘risidagi  qaror muassislaming  ovoz berish  natijalarini 

hamda  jamiyatni  ta’sis  etish,  jamiy'at  ustavini  tasdiqlash,  jamiyami  boshqarish 

organlarini  saydash  masalalari  y'uzasidan  ular  qabul  qilgan  qarorlami  aks  ettirishi 

kerak.


Jamiyatni  ta’sis  etish,  uning  ustavini  tasdiqlash  to'g'risidagi  va  muassis 

tomonidan  jamiyat  aksiyalari  haqini  to’lash  uchun  topshirilayotgan  qimmatli 

qog’ozlar,  boshqa mulkiv huquqlar yoki  pul bilan baholanadigan boshqa huquqlanting 

pulda  baholanishini  tasdiqlash  to’g ’risidagi  qarorlar  muassislar  tomonidan  bir 

ovozdan  qabul  qilinadi.

Chet 


ellik 

investorlar 

ishtirokidagi 

jamiyatni 

tuzish 

O ’zbekiston 

Respublikasining  qonun 


Download 16,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish